Britaniyalik og‘ir vazn toifasidagi bokschi Tayson Fyuri ukrainalik Oleksandr Usikka qarshi uchinchi jangga tayyor ekanini bildirdi.

U hozirda WBC, WBA va WBO kamarlariga egalik qilayotgan ukrainalik sportchiga ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qildi:
Men bu yaramasni ikki marta mag‘lubiyatga uchratdim, buni butun dunyo ko‘rdi. Lekin hakamlar menga g‘alabani berishni istamadi. Istalgan joyda, istalgan vaqtda yana jangga tayyorman. Bu safar — Britaniyada, 100 ming muxlis qarshisida, dedi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Usik o‘rtasidagi ilk jang o‘tgan yilning may oyida bo‘lib o‘tgan va unda hakamlar qarori bilan Usik g‘alaba qozongan edi. Oradan yetti oy o‘tib, dekabrda o‘tkazilgan revansh jangida ham Usik ustunlik qildi. Bu gal ham barcha hakam bir ovozdan Oleksandrning g‘alabasini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, yaqinda OAVda Usik yana ikki jangdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)