“SSKA” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Spartak” ustidan (2:1) qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin davomida hakam bilan bog‘liq vaziyatlar haqida fikr bildirdi.

O‘zbekistonlik futbolchining fikricha, derbilarda hakamlar bilan bo‘ladigan tortishuvlar normal holat:
Albatta, men ham maydonda his-tuyg‘ularimni namoyon qilib turaman. Bunday derbi o‘yinlarida hakam bilan bahslashish — normal holat. Buni faqat men emas, balki hamma qilishi mumkin. Bu darajadagi bellashuvlarda hissiyotlar bo‘lib turadi. Agar kimdir mutlaqo noto‘g‘ri xatti-harakat qilsa, buning uchun hakam bor, dedi Fayzullayev Championat muxbiri Vladimir Chetverik bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premyer Ligasi 26-turida “SSKA” safarda “Spartak” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvning 16-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi va bir qancha vaziyatlarda u bilan tortishib qoldi.
Ma’lumot uchun, hozirda “armiyachilar” Rossiya chempionati turnir jadvalida 51 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “Spartak” esa 50 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)