Daryo

“Galatasaroy” Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda — manba

Turk klubi hozirda o‘zbekistonlik futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi

1 daqiqa o‘qish18 394 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga Turkiyaning grand jamoasi – “Galatasaroy” qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Markaj News nashri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”Madina Nurman

Manbaga ko‘ra, “Galatasaray” Fayzullayev transferi bo‘yicha jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turk klubi hozirda o‘zbekistonlik futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi.

21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda “SSKA”ning muhim futbolchilaridan biri bo‘lish barobarida, O‘zbekiston terma jamoasi safida ham asosiy o‘yinchilardan biri sanaladi. 

Avvalroq futbolchiga Germaniyaning “Bavariya” klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsum Abbosbek Rossiya Premyer Ligasida 19 o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 3 assist muallifiga aylangan. Uning “SSKA” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Fayzullayev O‘zbekistonning Jahon chempionati saralashidagi uchrashuvlarida 4 gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar