• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Prezident bilan suhbat, “Monako”dan qiziqish, ota-onasining orzusi. Qanday qilib 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev RPL yulduziga aylandi?

    Abbosbek Fayzullayev — RPLning oxirgi paytlardagi eng yorqin futbolchilaridan biri. 21 yoshida allaqachon “SSKA” va O‘zbekiston terma jamoasining yetakchilaridan biriga aylandi. Deyarli har oy Abbosning Yevropaga ketishi haqida xabarlar yangramoqda. Sport24 nashri o‘zbekistonlik futbolchi bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatni o‘zbek tilida o‘qish mumkin.

    Foto: Getty Images
    So‘nggi 2 yil davomida atigi ikki hafta dam oldim. Ba’zida mashg‘ulotlarga borgim ham kelmay qolardi.

    — Abbos, ishlaring qanday?

    — Yaxshi. Mavsumning qiyin bo‘lgan birinchi qismi yakunlandi, nihoyat ta’tilga chiqish vaqti keldi. Ham jismoniy, ham psixologik jihatdan dam olish kerak, chunki so‘nggi 2 yil mobaynida ikki haftagina dam olgandim.

    — Terma jamoa tufaylimi?

    — Ha. 2022 va 2023-yillarda yoshlar terma jamoasida to‘p surdim. 23-yilning may oyida esa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdim, bir haftadan so‘ng Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. 2024-yilning qishida milliy terma jamoa bilan Osiyo Kubogiga bordim, bahorda yana yoshlar termasiga qaytdim. Ular bilan turnirda 2-o‘rinni egallab, Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Xullas, taqvim aqlbovar qilmas darajada tig‘iz. Shunday paytlar bo‘lardiki, uyg‘onganimda butun tanam og‘rirdi va hech qanday mashg‘ulotga borgim kelmasdi. O‘zimni majbur qilishimga to‘g‘ri kelardi.

    Foto: Sport24

    — Bu bosqichlarni qanday qilib jarohatlarsiz o‘tkazayotganingni aytib bera olasanmi?

    — Avvalo, Allohdan meni jarohatlardan asrashini so‘rayman. Albatta, tiklanish bilan jiddiy shug‘ullanaman — massaj, sovuq suv, kriosauna. Har doim bazadan eng oxirgi bo‘lib ketaman. Uyimda ham turli foydali narsalar bor: limfodrenaj shimlari, massaj pistoleti va Holandniki singari ko‘k nurni filtrlaydigan ko‘zoynak.

    — Ular qanday yordam beradi?

    — Ularni uxlashdan bir necha soat oldin taqish kerak. Taqish bilanoq tanada melatonin ishlab chiqarila boshlaydi, bu esa uyqu yaxshilanishiga olib keladi — natijada organizm yaxshiroq tiklanadi. Bundan tashqari, bu ko‘zoynak ko‘zlarni dam olishiga yordam beradi. Ammo bitta shart bor: ularni taqqandan keyin dastlabki 45 daqiqa davomida hech qanday gadjetga qarash mumkin emas. Bu juda muhim.

    — Bu ko‘zoynak haqida qayerdan xabar topding?

    — Ularni birinchi marta Viktor Davilada ko‘rganman. Sinab ko‘rdim va ta’siri menga yoqdi. Ularni qanday sotib olish mumkinligini so‘raganimda, u Rossiyaga bunday narsalar yetkazib berilmasligini aytdi. Oxir-oqibat, u menga bu ko‘zoynaklarni Janubiy Amerikadan, terma jamoa safiga borganida, olib keldi.

    — Qiziq.

    — Undan tashqari menda Whoop bor — uyqu yaxshiligini aniqlaydigan va tananing necha foizga tiklanishini hisoblaydigan braslet bor. Bu ham ajoyib narsa.

    “Zenit” yoki “Jirona”ga o‘tish varianti bo‘lsa, ikkinchisini tanlayman. Rossiya ichida nimanidir o‘zgartirish nima uchun kerak?

    — Bir necha hafta oldin ommaviy axborot vositalarida “Monako” seni o‘z safiga qo‘shib olishni juda xohlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. U yerda o‘zingga uy topib qo‘ydingmi?

    — Ha-ha, yo‘q. Bu yangilik paydo bo‘lishi bilanoq Musayev va Diveyev darhol meni mazax qila boshlashdi, ota-onam esa barcha qarindoshlar ularni tabriklashni boshlaganini aytishdi. Lekin men hammani tinchlantirish uchun shoshildim — barcha yangiliklarni o‘zim ham internetdan eshitdim. “Monako”ning menga qiziqayotgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman.

    Foto: Sport24

    — Umuman olganda, so‘nggi paytlarda seni tez-tez Yevropaga jo‘natishmoqda: “Bavariya”, “Vilyarreal”, “Real Sosyedad”, “Jirona” va “Parma” haqida mish-mishlar tarqaldi. Shunday shov-shuv senga bosim o‘tkazmaydimi?

    — Bunga xotirjamlik bilan qarаyman. Albatta, bunday klublarning qiziqishi yoqimli — demak, men hamma narsani to‘g‘ri qilayotgan ekanman. Lekin bu haqda ko‘p o‘ylasangiz, o‘yin sifati aniq pasayadi. Shuning uchun turli transfer mish-mishlariga e’tibor bermaslikka harakat qilaman. O‘z agentlarimdan ham mavsum davom etayotganda, menga boshqa jamoalarning qiziqishlari haqida hech narsa aytmaslikni so‘radim. Natijada men hech narsa so‘ramayman va menga hech narsa aytishmaydi. Bu ideal vaziyat. Hozir men “SSKA” futbolchisiman, meni hamma narsa qoniqtiradi. Keyinchalik nima bo‘lishini esa o‘shanda ko‘ramiz.

    — O‘zing ham Yevropaga bormoqchimisan?

    — Albatta. Bu mening maqsadim. Lekin hamma narsaning o‘z vaqti bor. Hozircha “SSKA”ga birorta Yevropa jamoasidan rasmiy taklif kelib tushmagan. Borlari ham shunchaki og‘zaki so‘rov darajasida.

    — Qayerda o‘ynamoqchisan?

    — Ispaniyada. Xudo xohlasa — “Barselona”da. Lekin men top-klubdan boshlamayman — balki o‘rtamiyona jamoaga ham borishga rozi bo‘larman.

    — Seningcha hozir transfer narxing qancha?

    — “Transfermarket”da mening narxim 8 million yevro ekanini ko‘rdim.

    — Nima deb o‘ylaysan, “SSKA” seni qanchaga sotishi mumkin?

    — Bilmayman. Men bu savolga javob berishim kerak deb hisoblamayman. “SSKA” menga ishondi, imkoniyat berdi. Men bu klubni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman, agar taklif “SSKA”ga ma’qul bo‘lsa, ketaman.

    — Sen RPLdagi boshqa klubga o‘tishing mumkinmi?

    — Menimcha, yo‘q. “SSKA”da menga hammasi qulay. Rossiya ichida nimanidir o‘zgartirishning nima keragi bor?

    — Agar “Zenit” senga ko‘p pul bersa-chi?

    — Xo‘sh?

    — Uni tanlaysanmi yoki o‘rtacha maoshli “Jirona”ni?

    — “Jirona”ni.

    — Futbol tomondan Yevropada o‘ynashga tayyormisan?

    — Yozda tayyor bo‘lmaganim aniq. Hozir esa bilmayman. Jismoniy jihatdan yana qo‘shishim kerak, buning ustida ishlayapman — yozdan boshlab qo‘shimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan shug‘ullanaman. U har oy menga shaxsiy rejani yuborib turadi. O‘zimni baquvvat qilib yuborishni xohlayman, chunki tezlik va texnika yo‘qoladi. Lekin men kuchliroq bo‘lishim kerak. Shaxsiy mashg‘ulotlar menga yordam berayotganini his qilaman, men kuchliroq bo‘ldim. Buni maydonda ham ko‘rish mumkin — deyarli barcha yakkakurashlarga dadil boraman.

    Foto: Sport24

    — Raqiblaringdan qaysi biri bilan jiddiyroq to‘qnashuvda ishtirok etding?

    — “Rubin”dagi Kabutov bilan. U bilan ishimiz yaxshi ketyapti — doim bir-birimizga qarab uchamiz.

    Onam doimo o‘z uyi bo‘lishini orzu qilardi. Imkoniyat tug‘ilishi bilanoq sotib oldim.

    — Bordi-yu, “Monako”ga ko‘chib o‘tgudek bo‘lsang, yaqinlaringni olib ketasanmi?

    — Albatta.

    — Nega Moskvaga olib kelmading?

    — Ular bu yerda zerikishadi. Ba’zan bir-ikki haftaga kelishadi-yu, keyin Sirdaryoni sog‘inib qoladi. U yerda hamma qarindoshlar, do‘stlar bor.

    — Sen onang uy bekasi, dadang esa dorixonada ishlashini aytganding. Hanuz shu ishdami ular?

    — Ha. Lekin men buni qandaydir katta ish haqi deb aytmagan bo‘lardim, — faqat o‘zim uchun. Uyimiz yonida dorixona bor. Otam qo‘ng‘iroqni eshitsa, chiqadi va sotadi. Qisqasi — xuddi xobbi kabi. Men ularga onam bilan Toshkentga ko‘chib o‘tishni taklif qildim, u yerda 13 yoshli ukam o‘qiydi. Lekin dadam xohlamaydi.

    — Ota-onangga olib bergan eng katta sovg‘ang?

    — Toshkentdagi uy. Onam doim uni orzu qilardi. Uning orzusini amalga oshirish imkoniyati tug‘ilishi bilanoq shunday qildim. Mening ukam xuddi shu uyda, boshqa akam bilan birga yashaydi.

    — Ijtimoiy tarmoqlarda yarim million obunaching bor. Sen hozir O‘zbekistondagi prezidentdan keyingi eng mashhur odammisan?

    — Ha-ha, menimcha, siz mubolag‘a qilyapsiz. Bizda mendan anchagina mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi va aktyorlar bor. Aytgancha, men qo‘shiqchi Gafur va reper Konsta bilan doim gaplashib turaman. Konsta bilan bir joydanmiz, u ham asli sirdaryolik. Hamisha uning konsertiga borgim keladi, lekin vaqt to‘g‘ri kelmayapti.

    — Umuman, konsertlarga borganmisan?

    — Yo‘q.

    — Qanday qilib?

    — Shunaqa, futbolchilarning jadvali tig‘iz. Men bahorda Bastaning konsertiga borishim deyarli aniq edi, lekin “Ahmat” bilan o‘yinda sariq kartochka oldim.

    — Bularni bir-biriga qanday aloqasi bor?

    — Keyingi o‘yinni — “Spartak”ka qarshi bahsni o‘tkazib yuborganim uchun meni terma jamoaga chaqirishdi. Shuning uchun men bu kartochkani ataylab olganimni aytgan odamlarga aytmoqchiman: do‘stlarim, mening chiptalarim kuyib ketgan (kuladi).

    — Kel, sening mashhurligingga qaytaylik. Seni O‘zbekistonda tez-tez tanib qolishadimi?

    — Ha, ko‘p yonimga kelishadi, suratga tushishadi. 

    — Moskvada-chi?

    — Bo‘lib turadi. Lekin Moskva katta shahar bo‘lgani uchun mashhurlik O‘zbekistonda bo‘lgani kabi kuchli sezilmaydi. U yerda meni deyarli hamma biladi. Restoranga xotirjam chiqib bo‘lmaydi — kimdir tanib qoladi va albatta, yonimga keladi. Bu yoqimli.

    — Sen suratga tushishdan bosh tortadigan odamga o‘xshamaysan.

    — Xuddi shunday, rad etmayman.

    — Ko‘pincha, yosh futbolchilar mashhurlikka erishgach, “yulduzlik kasali”ga duchor bo‘lishadi. Bunga yo‘liqmaslik uchun senga nima yordam beradi?

    — Men ota-onam va amakim tarbiyasini olganman — bu muhimi. Nimagadir erishganim, boshqalarga nisbatan hurmatsizlik qilishim kerakligini bildirmaydi.

    Foto: Championat
    Amakim agar Yevropada o‘ynashni xohlasang, inglizchani o‘rganishing shart degandi. Hozir ispan tilini ham o‘rganyapman.

    — Ingliz tilini o‘rganayotganingni aytganding. Qanday qilib bu fikrga kelgansan?

    — To‘qqiz yoshimda amakim meni Toshkentga olib kelgandi. Oradan bir yarim yil o‘tib: “Agar Yevropada o‘ynamoqchi bo‘lsang, ingliz tilini o‘rganishing shart”, degandi. Amakim Amerikada o‘qib kelgani bois inglizchani yaxshi bilardi.

    — Hozir ham repetitorga boryapsanmi?

    — Ingliz tilidanmi? Yo‘q. Ingliz tilini ruschadan ham yaxshiroq bilaman. Ingliz tilidagi filmlarni bemalol tomosha qila olaman, kitoblar o‘qiy olaman. Repetitorga 3 oy borganman va futbol sababli bir yarim yil tashlab qo‘ygandim. Xuddi shu hol yana takrorlangan. Keyin o‘zim mustaqil shug‘ullanishni boshladim. Hozir ispan tilidan repetitorga qatnayapman.

    — Qaysi tilda o‘ylaysan?

    — O‘zbek tilida. Ba’zi so‘zlar xayolimga ingliz tilida keladi, lekin ruschada emas.

    Husanov “PSJ” va “Tottenhem”da o‘ynab ketishi mumkin. U mendan tezkorroq — soatiga 35 kilometr tezlikda yuguradi”.

    — O‘zbekiston prezidenti bilan surating bor. Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgansanmi?

    — Ikki marta. U-20 Osiyo Kubogida g‘alaba qozongan paytimizda u kishi maydonga chiqib kelgan va kubokni topshirgan. Prezident qo‘lidan kubokni qabul qilish — ikki karra faxr. Ikkinchi marta esa o‘tgan yilning yozida, Olimpiadadan so‘ng ko‘rishdik. Prezident men, Husanov va Aliqulov bilan uchrashdi.

    — Nima dedi?

    — Futbolni tomosha qilishini, bizning muvaffaqiyatimizni kuzatib borishini ta’kidladi. Menga to‘p tushishi bilan darhol xavfli vaziyatni kutishini, ota-onamga minnatdorlikni yetkazib qo‘yishimni va to‘xtab qolmasligimni aytdi. Ota-onamga bu haqida aytganimda, ular judayam xursand bo‘lishdi.

    — Husanovni eslab o‘tding. U “PSJ”ga o‘tishi mumkinmi?

    — O‘tgan yili Belarusda o‘ynab yurgan yigitga, hozirda “PSJ”, “Tottenhem” va yana bir qancha grandlar qiziqmoqda. Bu terma jamoadagi o‘yinlar sening kelajagingga kuchli ta’sir qilishining belgisi — bu juda yaxshi reklama.

    Abduqodir Husanov
    Foto: Sport24

    — Husanov haqiqatan kuchlimi?

    — Ha. U Yevropa darajasiga chiqishiga ishonaman. Abduqodir mening eng yaxshi do‘stlarimdan, juda ko‘p suhbatlashamiz. U nimalarga qodirligini juda yaxshi bilaman. Istalgan top-klubda o‘ynab keta oladi. “PSJ” va “Tottenhem” — uning darajasi. Unda deyarli barcha sifatlar — texnika, kuch, birinchi pas yuqori darajada. Tezlik borasida esa umuman ta’rifga til ojiz — O‘zbekiston termasidagi eng tezkor futbolchi. 

    — Sendan ham tez yuguradimi?

    — Yuz foiz. Kichik masofalarga yaxshi yuguraman, Husanov esa katta qadamlari bilan uzoqroq masofalarni bemalol yopa oladi. Biz buni o‘lchab ko‘rganmiz — u soatiga 35 km tezlikda yugura oladi.

    “Kiyim-kechak va krossovkalar — mening zaif tomonlarim. Eng qimmati 1500 dollar turadi”

    — Dam olish kunlaring qanday o‘tadi?

    — Do‘stlarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazaman. Moskvada uni sevib qoldim, chunki sovuq. Lekin ko‘pincha zalga boraman, akamni ham u yerga borishga undayman.

    — Biror marta tungi klubga borganmisan?

    — Yo‘q. Lekin tez-tez choyxonaga boraman.

    — Kiyim-kechaklargachi, ularni ham sotib olishga tez-tez borib turasanmi? Masalan, O‘runov turli brendlar sumkasi bilan tushgan surati ancha shov-shuv bo‘ldi.

    — Kiyim-kechak va krossovkalar mening zaif tomonlarim. Brendlardan ham nimadir sotib olishim mumkin, lekin ko‘p ham emas.

    Oston O‘runov
    Foto: Sport24

    — Kokorin 15 ming dollarga krossovka sotib olgan. Senda eng qimmat oyoq kiyim qancha bo‘lgan?

    — Travis va Louis Vuitton krossovkalari bor. Eng qimmati — 1500 dollar. Ularni Turkiya va BAAdan olib keladigan odamlarga buyurtma beraman.

    — Mashinang bormi?

    — Moskvada yo‘q. O‘zbekistonda esa Chevrolet Gentra mashinam bor. Qimmat avtomobilni sotib olishni keragi yo‘q. Shunchaki turishi uchun sotib olamanmi? O‘zbekistonga kamroq boryapman oxirgi paytlar.

    — Moskvada 4000-5000 dollar sarflashingni aytganding. Nimalarga sarflaysan?

    — Kvartiraga, taksiga va oziq-ovqatga sarflayman. Ota-onamga ham yetarlicha pul jo‘natib turaman.

    — Sen Moskvada tirbandlik hayron qoldirdi, deganding. Hozir ham shu fikrdamisan?

    — Moskva juda yoqdi, yashash uchun hamma narsa bor. Tirbandlik — asosiy muammo, ko‘p vaqtingni yo‘lda o‘tkazasan. Yaqinda 40 daqiqada yetib borish mumkin bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha bir yarim soat yo‘l bosdim. Aytgancha, Toshkentda hozir ham xuddi shunday — 10 ballik tirbandlik.

    “Akinfeyev — hamon Rossiyaning eng kuchli darvozaboni”

    — “SSKA”ga kelganingda, sening qoyilmaqom o‘yining muhokamalar markazida edi. Hozir Batrakov bilan shu holat yuz beryapti. Hasad qilmayapsanmi?

    — Yo‘q. Nega hasad qilishim kerak? Biz turli xil odamlarmiz. Batrakov muvaffaqiyatga erishsa, bu o‘zi uchun juda yaxshi. Men esa faqat o‘zimga e’tiborimni qaratganman.

    — O‘yin jihatidan o‘xshash tomonlar yo‘qmi?

    — Balki, Batrakov ham texnik tomondan kuchli. “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda uning ajoyib zarbasi va standartlarni yaxshi ijro etishiga guvoh bo‘lganman.

    — Texnika va dribling — sening eng muhim jihatlaring. Bu borada RPLda kimning o‘yini senga yoqadi?

    — Spertsyan va Oblyakovning o‘yini yoqadi. Shuningdek, Barko ham to‘p bilan yaxshi muomala qiladi.

    — Rossiyaliklar orasida driblerlar kamligini nima bilan bog‘lash mumkin?

    — Shunchaki Rossiya futbolida kuchga ko‘proq e’tibor beriladi.

    — Rossiyada qanday qilib bunchalik tez porlading?

    — Yaxshi muhitga tushib qoldim, darhol jamoaga qo‘shilib ketdim. Keyin menga o‘yin vaqti ham ko‘proq berildi.

    — Avvaliga senga yetarlicha baho berishmadi, deb o‘ylamaysanmi?

    — Rossiyaga kelganimda, O‘zbekistonda hamma meni moslasholmasligimni va tezda ortga qaytishimni aytgandi. Ko‘pchilik menga ishonmasdi. Qo‘limdan nima kelishini isbotlashim kerak edi. Menimcha, isbotlab bo‘ldim.

    — Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, sen bu mavsumda va o‘tgan yilning oxirida yorqin o‘ynay boshlagan ekansan. Barqarorlik yetishmayotganini o‘zing sezyapsanmi?

    — Ehtimol. Yoshim tufayli o‘zimni superstabil o‘yinchi deb hisoblamayman. Faqat dunyoda ikki futbolchi stabil o‘yin namoyish etadi — Messi va Ronaldu. Ba’zida futbolchida pasayishlar bo‘lishi oddiy hol. Bordi-yu, taslim bo‘lsam, allaqachon zaxirada bo‘lardim.

    — Barqarorlik uchun nimalarni qo‘shish kerak?

    — Vaqt kerak, bu tajriba bilan keladi. O‘ylaymanki, bir necha yildan keyin men yaxshi darajani barqarorroq ko‘rsataman. Buning uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman.

    — Sen bahorda bir muddat Fedotovning ishonchini yo‘qotganingni aytganding. Nega bunday bo‘ldi?

    — Osiyo chempionatidan qaytganimdan keyin u bilan gaplashdim. Charchaganim sezilib turardi. Fedotov “O‘zingni bos, shunaqa bo‘ladi. Charchaganingni ko‘rib turibmiz. Senga asta-sekin o‘yin vaqti beramiz. Sen ko‘p foyda keltirishing mumkin”, degandi. 

    — O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasini boshqargan Timur Kapadze Akinfeyev seni yaxshi qabul qilganini aytib o‘tgandi. Igor bilan bog‘liq qanday xotiralaring bor?

    — Akinfeyev menga: sen ishtirok etgan qandaydir so‘rovnoma o‘tkazilsa, albatta g‘alaba qozonasan, chunki barcha o‘zbeklar senga ovoz beradi, deb hazillashadi.

    — “SSKA”ga kelishdan oldin ham Akinfeyevni bilarmiding?

    — Albatta, ayniqsa, uning Rossiyada o‘tgan Jahon Chempionatidagi o‘yini yodimda qolib ketgan. Igor — hamon Rossiyadagi eng kuchli darvozabon.

    — Mashg‘ulotlarda unga gol urganmisan?

    — Albatta. Deyarli bir yarim yildan buyon birga shug‘ullanamiz-ku.

    — Kapadze mashg‘ulotlardagi musiqalarga sen javob berishingni ta’kidlagandi. Qanday musiqalarni qo‘yasan?

    — Asosan Amerikancha rep: Gunna, Central Cee, Bad Bunny. Va Konstaning musiqalari.

    — Ruscha musiqalardan-chi?

    — Alblak 52 ni qo‘yishim mumkin.

    — Olimpiada sening orzuying edi. Hozir nimalarni orzu qilyapsan?

    — Yevropaning top-klubida o‘ynash va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni orzu qilaman. Terma jamoa bilan esa Jahon Chempionatida ishtirok etishni. Barchasini amalga oshira olaman deb o‘ylayman.

    — Bir yildan so‘ng qayerda bo‘lasan?

    — Faqatgina xudo biladi. O‘ylaymanki, maydonda bo‘laman.

    4 yanvar, 19:03   Izoh (0)   27609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Abbosbek Fayzullayev#SSKA#RPL#O‘zbekiston terma jamoasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bavariya”dan qiziqish, “Real” taklifini rad etmasligi va bolalik xotiralari — Abbosbek Fayzullayevdan katta intervyu 

    29.02.2024, 17:39

    Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum RPLda 10+ ochko to‘plagan eng yosh futbolchiga aylandi

    21.05.2024, 00:53

    Abbosbek Fayzullayev jahon chempionati, Olimpiada yo‘llanmasi, “SSKA” klubi va spirtli ichimlik haqida

    24.05.2024, 10:50

    Agent: “Abbosbek Fayzullayev borasida “Bavariya“ klubidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan” 

    04.07.2024, 11:23

    Abbosbek o‘zining ustun jihatlari va kamchiliklari haqida gapirdi

    22.08.2024, 09:20

    RPL. Abbosbek Fayzullayev assist qayd etgan o‘yinda “SSKA” g‘alaba qozondi 

    24.08.2024, 19:18

    RPL. “SSKA” “Rubin” bilan durang o‘ynadi. Abbosbek Fayzullayevdan assist

    22.09.2024, 01:34

    RPL. Abbosbek Fayzullayev dubl qayd etgan o‘yinda “SSKA” “Ahmat”ni yirik hisobda mag‘lub etdi 

    28.09.2024, 18:03

    Abbosbek Fayzullayev RPLning 10-tur ramziy jamosidan o‘rin oldi

    01.10.2024, 11:36

    RPL. Abbosbek Fayzullayev to‘p kiritgan o‘yinda “SSKA” mehmonda g‘alaba qozondi

    07.10.2024, 09:38

    Legionerlar. “Lans” va “SSKA” g‘alaba qozongan bahslarda o‘zbekistonlik futbolchilar qanday baholandi?

    20.10.2024, 05:51

    RPL. “SSKA” safarda “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etdi, Abbosbek Fayzullayevdan golli uzatma 

    10.11.2024, 17:03

    O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi avlod: milliy jamoasini mundialga yetaklayotganlar haqida

    26.11.2024, 12:07

    Legionerlar: Abbosbek Fayzullayev — eng yaxshi o‘yinchi, Abduqodir Husanovda g‘alaba, Shomurodov qaydnomaga kiritilmadi

    30.11.2024, 10:40

    O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi. Ro‘yxatda Abbosbek Fayzullayev, Shomurodov, Husanov, Masharipov bor

    30.11.2024, 11:23

    Abbosbek Fayzullayevga “Real Sosyedad” qiziqish bildirmoqda

    03.12.2024, 23:50

    “Milan” Fayzullayev uchun 50 million yevro so‘ragan bo‘lardi — ekspert

    05.12.2024, 09:28

    “SSKA” Abbosbek Fayzullayev bilan shartnomani uzaytirmoqchi

    06.12.2024, 22:45

    Legionerlar: Abduqodir Husanov eng yaxshi o‘yinchi, Masharipov va Erkinovdan assist, Shomurodov yana zaxirada

    10.12.2024, 15:10

    Abduqodir Husanov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

    10.12.2024, 17:28

    Abbosbek Fayzullayev — eng yaxshi o‘yinchi, Timur Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘FA yil laureatlarini aniqladi (foto)

    14.12.2024, 17:25

    “Abbosbek Fayzullayevning shartnomasini uzaytirmasdan ham uning maoshini oshirdik” – “SSKA” bosh direktori

    25.12.2024, 22:19

    Abbosbek Fayzullayev Fransiya klubiga o‘tishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

    27.12.2024, 11:04

    Abeni yenggan Diyora, Olimpiadadagi eng yaxshi natija, Superligada yangi chempion — o‘zbek sportida 2024-yilning eng yorqin voqealari

    29.12.2024, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.