Moskvaning “SSKA” klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin “armiyachilar” vingeri Abbosbek Fayzullayevning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

Unga ko‘ra, jamoa taktikadagi o‘zgarishlar futbolchining o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan:
Fayzullayev aslida qanot hujumchisi. U aynan o‘sha joyda o‘zini erkin his qiladi. Hozir esa uni boshqa pozitsiyada o‘ynatishmoqda, bu esa Abbosga noqulaylik tug‘dirmoqda. Ba’zida maydonda umuman yo‘qolib qoladi. Avval u ancha yorqin o‘ynagan, deydi Grishin.
Joriy mavsumda 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi “SSKA” safida Rossiya Premyer Ligasi va Kubogi doirasida 32 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 8 million yevroga teng.
Avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchiga Turkiyaning “Galatasaroy” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, yaqinda qishki transfer oynasi paytida Fayzullayevning “Benfika”ga transferi barbod bo‘lgani aytildi.
Izoh (0)