• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Abeni yenggan Diyora, Olimpiadadagi eng yaxshi natija, Superligada yangi chempion — o‘zbek sportida 2024-yilning eng yorqin voqealari

    O‘zbekiston sporti uchun ortda qolayotgan 2024-yil g‘alabalarga, yuksak natijalarga boy bo‘ldi. “Daryo” ushbu yilda ro‘y bergan o‘zbek sportidagi eng yorqin voqealarni esga oladi.

    Osiyo chempionati U 23 da kumush medal

    Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 jamoasi Qatarda o‘tkazilgan Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli qatnashdi. Saralash doirasidagi barcha uchrashuvlarni yenggan jamoa, guruh bahslarini ham muvaffaqiyatli o‘tkazdi va birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi. 1/4 bosqichida Saudiya Arabistonini, yarim finalda Indoneziyani mag‘lub etib Osiyo Kubogi finaliga yo‘l olgan jamoa O‘zbekiston tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda jamoa yaponlarga 90+1 daqiqada urilgan gol sabab mag‘lubiyatga uchradi.

    Foto: “O‘FA”

    Osiyo Kubogida chorak finalda to‘xtadik

    Qatar bu yil juda ham ko‘p musobaqalarga mezbonlik qildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha Osiyo Kubogiga ham. B guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy jamoasi 3 turdan 5 ochko yig‘di va 2-o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘l oldi. Turg‘unboyev va Fayzullayevning goli Tailand ustidan g‘alaba keltirdi. Chorak finalda mezbonlar penaltilar seriyasida Katanes shogirdlarini mag‘lub etdi. Ashurmatov, Abdurahmatov va Masharipov (Panenka uslubidagi penalti esingizda bo‘lsa kerak) o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi va Qatar yarim finalga yo‘l oldi. Yakunda Iordaniyani yenggan mezbonlar bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

    Foto: PFL

    Tarixiy Olimpiada

    Parij Olimpiadasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Birinchidan, O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi bor o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan musobaqalarga kirishdi.Bundan tashqari, o‘z tarixida birinchi bor jamoaviy sport turlarida Olimpiadaga yo‘l oldi. O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo chempionatida finalga yo‘l olib mamlakat tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    O‘zbekiston ushbu Olimpiadada 13 ta medalga ega chiqdi. 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Olimpiyachilar umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija ham Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshisi hisoblanadi.

    Bungacha o‘zbekistonlikning eng yaxshi natijasi Rioda qayd etilgan. O‘shanda mamlakat 21-o‘rindan joy olgan.

    Foto: MOQ

    O‘zbekiston boks terma jamoasi mamlakatga beshta oltin medalni olib keldi. Bu natija ham tarixiy ahamiyatga ega. Hali hech qaysi jamoa bunday kichik tarkib bilan 5 oltin medalni qo‘lga kiritmagan.

    Hozirgacha o‘zbek ayollari hech qachon Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritmagan edi. Diyora Keldiyorova bu noxush an’anani yo‘qqa chiqardi va eng kuchli sportchilarni mag‘lub etib, diyor uchun oltin medalni taqdim etgan birinchi ayol sportchiga aylandi.

    Svetlana Osipovaning taekvondo bo‘yicha musobaqadagi kumush medali esa o‘zbek ayol sportchilarining Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishga yordam berdi.

    Boks bo‘yicha musobaqalarda Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov va taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiadada o‘zlarining ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

    Bundan tashqari, Abeni yenggan Diyora Keldiyorova barchani lol qoldirdi. Qozog‘istonlik bokschiga yordam bergan o‘zbekistonlik murabbiy ham qahramon sifatida esda qoladigan bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Milliy Olimpiya Qo‘mitasi binosida Olimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 8 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

    Shuningdek, chempionlarga prezident sovg‘asi sifatida uy ham berildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Olimpiya ortidan Paralimpiyada rekordlar

    Parij Paralimpiadasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Birinchidan, O‘zbekiston delegatsiyasi katta tarkib bilan musobaqalarga kirishdi. Ikkinchidan, musobaqalarda sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Paralimpiya bahslarida 26 ta medalga ega chiqdi. 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija ham ular uchun tarixdagi eng yaxshisi hisoblanadi.

    Foto: Paralympic

    Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik ayol sportchilar juda ishonchli harakat qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi 26 medalning 12 tasini ayol sportchilar qo‘lga kiritdi. Ba’zi sportchilar jahon rekordini yangiladi.

    T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova 5,24 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va Olimpiada chempioniga aylandi.

    Foto: Paralympic

    Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    Ushbu musobaqa Nurxon Qurbonova uchun omadli keldi. Nayza uloqtirish bahsida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi avvalroq yadro uloqtirish musobaqasida bronza medaliga ega chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

    Parijdagi yadro uloqtirish bahslarida ham qatnashgan sportchi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

    Parij Paralimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bungacha mamlakatning eng ko‘p oltin medalni qo‘lga kiritgan musobaqalari Rio va Tokio (8 ta) Paralimpiya o‘yinlari hisoblanardi. Kumush medallar sonida ham O‘zbekistonning natijasi yaxshilandi. Riodagi musobaqada delegatsiya vakillari 6 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

    Para yengil atletikada yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija bilan Paralimpiada rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    Foto: Getty Images

    E’tiborlisi, delegatsiya bayroqdori 3 karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. Norbekov bungacha Rio—2016 va Tokio—2020 da ham tengsiz bo‘lgandi.

    Paralimpiya g‘oliblari ham xuddi Olimpiada chempionlari singari taqdirlandi.

    G‘alabaga teng mag‘lubiyat

    3-avgust kuni O‘zbekistonlik Isroil Madrimov faoliyati davomida mag‘lubiyatga uchramagan, dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarildi.

    Foto: Getty Images

    Ushbu bahs WBA kamari uchun kechdi. To‘liq davom etgan jangda hakamlar amerikalik bokschining g‘alabasini qayd etdi. Ammo jangdan so‘ng juda ko‘p mutaxassislar ushbu jangda o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozongani haqida fikr bildirdi.

    Superligada “qirol” o‘zgardi, kubok “Andijon”ga ketdi.

    O‘zbekiston Superligasida uchrashuvlar qiziqarli tarzda kechdi. “Nasaf” klubi muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. 4 karra Superligada kumush medallarini qo‘lga kiritgan va shuncha bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan Qashqadaryo klubi ilk bor bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

    Foto: “Nasaf”

    “OKMK” o‘z tarixida ilk bor kumush medallariga ega chiqdi. “Navbahor”, “So‘g‘diyona” va “Neftchi” klublarining ochkolari soni teng keldi. Namangan klubi o‘zaro o‘yindagi ustunlik evaziga bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

    O‘zbekiston Kubogi finalida “Andijon” va “Navbahor” jamoalari to‘qnash keldi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda andijonliklar g‘alaba qozondi va o‘z tarixida ilk bor bosh sovringa ega chiqdi.

    Jahon nigohidagi o‘zbek futbolchilari

    Bu yil bir nechta O‘zbekistonlik sportchilar Yevropa va Osiyo davlatlarida ajoyib o‘yin namoyish etdi. Eng katta o‘sish Abduqodir Husanovda bo‘ldi. O‘tgan yili “Lans” klubiga zaxira futbolchisi sifatida olib kelingan futbolchi hozirda Fransiyaning eng ishonchli himoyachilardan biriga aylandi. Yevropaning grand klublari uni o‘z safida ko‘rishga harakat qilmoqda. Hozirgi kun Abduqodir O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi.

    Foto: Getty Images

    “SSKA” klubida to‘p tepayotgan Abbosbek Fayzullayev ham yevropalik agentlarning asosiy nishonida turibdi. Hozirgi paytda Abbosbek Rossiya chempionatida eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilardan biri bo‘lib turibdi. Abbosbek Osiyoda eng yaxshi yosh o‘yinchi, O‘zbekistonda esa eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Futbolchining narxi 8 million yevroga yetdi.

    Foto: “SSKA”

    Ushbu mavsumni Eldor Shomurodov “Roma”da o‘tkazdi. Futbolchi o‘z o‘yinini topa olmayotgan, bir necha bor murabbiyni almashtirishga majbur bo‘layotgan rimliklar safida zaxira varianti bo‘lib qoldi. Bundan tashqari yosh Lazizbek Mirzayevning “Leganes” klubiga yo‘l olganini e‘tirof etish zarur.

    Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli yurish va mundial mezbonligi

    Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston futzal jamoasi munosib ishtirok etdi. 17-bor o‘tkazilgan musobaqa o‘zbekistonliklar guruhdagi barcha o‘yinda g‘alaba qozondi. Chorak finalda Vyetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etgan futzalchilar, yarim finalda Eron bilan duch keldi. Asosiy vaqtda tengma-teng kurashishni uddalagan Xose Venansio Lopes shogirdlari penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Yakunda Tojikiston jamoasini mag‘lub etgan O‘zbekiston termasi musobaqada 3-o‘rinni egalladi.

    Foto: “O‘FA”

    14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqa finalida Braziliya Argentina ustidan g‘alaba qozondi. A guruhidan o‘rin olgan jamoa uchrashuvlarning 2 tasida mag‘lub bo‘ldi, bir uchrashuvda durang qayd etdi va guruhda qolib ketdi.

    Aytib o‘tish joizki, Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida bo‘lib o‘tgan musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Musobaqa ideal tarzda tashkil etilganini Janni Infantino ham e’tirof etib, ushbu musobaqani “futzal tarixidagi eng yaxshi turnir” bo‘lganini ta’kidladi.

    Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi

    Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Chempionatda Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi.

    Foto: MOQ

    -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinov dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida yuksak mahorat ko‘rsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi.

    Shaxmat Olimpiadasida kuchli uchlikdamiz

    Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada amaldagi chempionlar sifatida qatnashgan Nodirbek Abdusattorov sardorligidagi jamoa 17 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olibi Hindiston 21 ochko to‘pladi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH O‘zbekiston termasidan faqatgina qo‘shimcha koeffitsiyentlar evaziga g‘alaba qozondi.

    Foto: Uzchess

    “Prezident sovg‘asi” sifatida BYD Chazor rusumidagi avtomobillar hamda 170 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    Prezident — Olimpiya qo‘mitasi raisi

    Yilning so‘ngi kunlarida yana bir sport uchun ahamiyatli voqea yuz berdi. 25-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.

    Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.

    Foto: MOQ

    Eng yaxshilar aniqlandi

    O‘zbekistonda yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Hasanboy Do‘stmatov eng yaxshi erkak sportchi, Diyora Keldiyorova esa eng yaxshi ayol sportchi deb topildi. Bundan tashqari, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

    Foto: MOQ
    Foto: MOQ

    Barcha g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:

    • Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)
    • Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para tayekvondo)
    • Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
    • Noparalimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
    • Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
    • Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
    • Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov
    • Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)
    • Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Ro‘za Qo‘ziyeva (para pauyerlifting)
    • Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)
    • Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)
    • Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)
    • Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para yengil atletika)
    • Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Do‘smatov (boks)

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Abbosbek Fayzullayev, eng yaxshi murabbiy sifatida Timur Kapadze e’tirof etildi.

    Dunyoga “mashhur” bo‘lgan Superliga o‘yini

    Superliganing 2-turida “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvida bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor” futbolchisi Ismonaliyev “Andijon” klubi futbolchisini hakam oldida tepgisi kelib qoldi. Hakam bu harakati uchun “Bunyodkor” futbolchisiga qizil kartochka berdi. Qiziqarlisi, yotib olib ayyorlik ishlatmagani uchun jamoadoshi ham Muhammadkarim Toirovni yiqitib, tepdi.

    Ushbu video ijtimoiy tarmoqda “virus”dek tarqaldi. Keyinchalik PFL jamoadoshini tepgan Farhod Bekmurodovni ham jazoladi.

    Xulosa o‘rnida, 2024-yil o‘zbek sportchilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoalari juda ko‘p sport turlarida dunyo reytingida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Eng yaxshi Olimpiada, eng yaxshi Paralimpiada, jamoaviy bahsda Olimpiada yo‘llanmasi, boksda jahonda tengsiz jamoa bo‘lish, Og‘ir va yengil atletikada ildam siljish — bularning bari bir kalendar yilida sodir bo‘lgani fikrimizning isboti. 

    29.12.2024, 14:15   Izoh (0)   24950
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonliklar qanday qatnashdi?

    29.12.2024, 11:53

    Ekologiya vazirligi bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan jangiga munosabat bildirdi

    29.12.2024, 08:50

    Magnus Karlsen jinsi shim kiygani uchun shaxmat bo‘yicha jahon chempionatidan chetlatildi 

    28.12.2024, 20:05

    Igor Sergeyev “Paxtakor” safida 11-raqamda o‘ynaydi

    28.12.2024, 15:05

    Transfermarkt La Liga o‘yinchilarining narxini yangiladi: Yamal Mbappedan qimmatroq

    28.12.2024, 12:10

    “Vinisius Oltin to‘pni yutishi kerak edi, unga nisbatan adolatsizlik bo‘ldi” — Ronaldu (video)

    28.12.2024, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

    Dunyo | 20 may, 23:50

    Britaniya G‘azodagi operatsiya tufayli Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

    Dunyo | 20 may, 23:35

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 may, 23:20

    Crocus’dagi terror hujumidan yetkazilgan zarar 75 mln dollarni tashkil etgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 20 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 may, 23:00

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching

    Layfstayl | 20 may, 22:45

    “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan” — Tramp

    Dunyo | 20 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.