“SSKA”ning o‘zbekistonlik vingeri Abbosbek Fayzullayev klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida fikr bildirdi.

Hozircha “SSKA” bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilganimiz yo‘q, deya Fayzullayevning so‘zlarini keltirmoqda Chempionat nashri.
Avvalroq taraflar yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq manbalarga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda. Hozirda Fayzullayevga Turkiya hamda Germaniyadan takliflar bo‘layotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Uning “SSKA” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)