Daryo

“Benfika” nega Abbosbek Fayzullayev transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Futbolchining agenti qishda Lissabon klubi Fayzullayevga taklif bilan chiqqanini aytdi

1 daqiqa o‘qish77 577 ko‘rishlar0 izoh0

“SSKA” futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning agenti German Tkachenko Football24 nashri bilan suhbatda o‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkinligi, ammo so‘nggi soniyalarda transfer amalga oshmagani haqida gapirdi.

Foto: “SSKA” matbuot xizmati

Manbaga ko‘ra, dastlab Fayzullayevning agenti “Benfika” bilan muzokara olib borgan, ammo keyinchalik lissabonliklar rahbariyati bu transferdan siyosiy sabablarga ko‘ra voz kechgan.

Tkachenko so‘zlariga ko‘ra, “Benfika” rus yoki Rossiya klublarida o‘ynayotgan futbolchilar bilan ishlashni rad etgan.

Biz Fayzullayevni “Benfika”ga transfer qilishimiz mumkin edi. Dastlabki muzokaradan keyin Portugal klubi rus futbolchilari bilan aloqa o‘rnatishdan bosh tortgan. Ular “Rossiya bilan aloqa o‘rnatishni istamaymiz” , degan ma’noda fikr bildirishdi, dedi Tkachenko Football24 nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, avvalroq Fayzullayevga Germaniyaning “Bavariya” va Turkiyaning “Galatasaroy” klublarida takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar