Daryo

“Bavariya” Abbosbek Fayzullayevni kuzatib bormoqda – OAV

Fayzullayev joriy mavsumda 23 o‘yinda qatnashib, 3 gol va 6 assist qayd etdi

1 daqiqa o‘qish28 586 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “SSKA” klubi vingeri Abbosbek Fayzullayev “Bavariya” qiziqishlari doirasida. Bu haqda Championat.com nashri vakili xabar bergan. 

Foto: Getty Images

Maʼlumotlarga ko‘ra, Germaniya klubi o‘zbekistonlik futbolchini diqqatlik bilan kuzatib bormoqda.

“SSKA” Abbosbek Fayzullayevni 2023-yil yozida 500 ming yevroga sotib olgandi. O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisining rossiyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha tuzilgan.

Ushbu mavsumda futbolchi 23 o‘yinda qatnashib, 3 gol va 6 assist qayd etdi.

Transfermarkt internet portalida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi. U bu borada O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinda turadi.

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev 2024-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar