Samarqand viloyati, Payariq tumani, Tomoyrot MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 25 km da 3-oktyabr kuni soat 21:00 da YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, avariya Tracker, Nexia-2 hamda traktor tirkamasi bilan sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida Nexia-2 haydovchisi tan-jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda ikki avtomobil to‘qnashuvidan to‘rt kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etgandi.








