Rossiyaning Astraxan viloyatida 14-aprel kuni ikkita avtomobil to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “kp.ru” xabar bermoqda.

O‘zbekiston bolalar ombudsmaniga ko‘ra, hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan (2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) B.R. shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu YTHda bolaning avtomashinada bo‘lgan ota-onasi vafot etgan.
Bola yengil jarohat olgan bo‘lib, ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng, uni O‘zbekistonga qaytarish va yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirish masalasi o‘rganilgan.
Xususan, fojiadan xabar topgan bolaning yaqin qarindoshlari yetib kelib, vaqtincha vasiylikni rasmiylashtirish jarayonini boshlagan bo‘lsa-da, bolani Rossiyadan olib chiqish uchun hujjatlar yetarli bo‘lmagan.
Tezkor hamkorlik choralari natijasida O‘zbekistonning Rostov Don shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Astraxan viloyati Ijtimoiy rivojlanish va mehnat vazirligi tomonidan zaruriy amaliy yordam ko‘rsatilib, bolaga va uning qarindoshiga qisqa fursatda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va bola vatanga qaytarildi.
Hozirda bola O‘zbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramog‘iga topshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolaga rasman vasiylik va unga zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik choralar ko‘riladi.
Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar
2024-yil avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan va hujjatlarini yo‘qotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgandi.
- Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
- Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
- Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
- Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi
- Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
Izoh (0)