Andijon viloyati Izboskan tumanida yuk mashinasi boshqa bir yuk mashinasini urib, ag‘darib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Keltirilishicha, holat 19-aprel kuni Izboskan tumani “Beshterak” MFY hududidan o‘tgan D-133 Kuyganyor—Madaniyat avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi Z.A. o‘zining Howo rusumli yuk avtomashinasini boshqarish davomida, quvib o‘tish qoidasini buzgan.
Oqibatda o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan GAZ-53 yuk avtomashinasining orqa chap qismiga borib urilishi natijasida, GAZ-53 avtomashinasi ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Ushbu YTH oqibatida GAZ-53 haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani ichki ishlar mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sodir bo‘layotgan YTHlar
2024-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.
3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi.
11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi Sanʼat muzeyi qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.
17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
2025-yil 13-fevral kuni Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi jarohatlandi. 17-fevral kuni Samarqandda katta tezlikda qizil chiroqdan o‘tgan Gentra ikki piyodani urib yubordi.
Izoh (0)