Toshkent shahri Yashnobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida minglab xonadonlar gaz ta’minotisiz qoldi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 11-iyul kuni soat 02:15 da ro‘y bergan YTH oqibatida Yashnobod tumani “Go‘zal” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan. Natijada Yashnobod tumanidagi quyidagi hududlarda gaz taʼminoti avariya bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan:
- “Go‘zal” MFYdagi 70 ta yerli xonadon;
- “Olmos” MFY 58 ta ko‘p qavatli uylardagi 2436 ta xonadon;
- “Qalqon” MFY 40 ta ko‘p qavatli uylardagi 3200 ta xonadon.
- ulgurji isteʼmolchilar soni — 10 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Sergeli va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 11-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Yakkasaroy tumani
- aholi isteʼmolchilari soni — “Belariq” MFY At-Termiziy, 1-tor J.Shoshiy, B.Boboyev, A.Avloniy va N.Umurzoqov ko‘chalaridagi 112 ta yerli xonadon.
Sergeli tumani
- aholi isteʼmolchilari soni — “So‘g‘diyona” MFY So‘g‘diyona ko‘chasidagi 128 ta xonadon, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY Tolariq va Quyitolariq ko‘chalaridagi 232 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar soni — 4 ta.
Olmazor tumani
- aholi isteʼmolchilari soni — “Sebzor” 17/18 dahasidagi 394 ta xonadon, to‘rtta ko‘p qavatli uylardagi 3546 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar soni — 5 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Avvalroq taʼmirlash ishlari tufayli Yunusobod, Mirobod va Olmazor tumanlarining qator hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.








