Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Uch qahramon ko‘chasida 25-aprel kuni soat 16:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1993-yilda tug‘ilgan G.F. boshqaruvidagi Nexia-3 hamda 1987-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Hongqi o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sodir bo‘layotgan YTHlar
2024-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.
3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi.
11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi Sanʼat muzeyi qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.
17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
2025-yil 13-fevral kuni Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi jarohatlandi. 17-fevral kuni Samarqandda katta tezlikda qizil chiroqdan o‘tgan Gentra ikki piyodani urib yubordi.
Izoh (0)