• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Avtomobildagi qotillar ko‘paymasligi uchun qonunchilikda jiddiy o‘zgarishlar qilish kerak” — “Adolat” partiyasi raisi

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi O‘zbekistonda “avtomobildagi qotillar” ko‘paymasligini taʼminlash uchun qonunchilikda jiddiy o‘zgarishlar qilish kerakligini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo”

    Robaxon Mahmudova mamlakatda yo‘l-transport hodisalari ko‘pligini “AQSHda to‘pponcha o‘qidan halok bo‘lish ehtimoli O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarida avariya oqibatida halok bo‘lish ehtimolidan ancha past”ligi haqidagi misol bilan keltirdi.

    2023-yilda sodir etilgan 9 ming 839 ta YTH oqibatida 9 ming 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar kishi halok bo‘lgan. Bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta YTH tufayli 1 568 nafar o‘g‘il-qiz jarohatlangan, 263 nafar bola esa hayotdan ko‘z yumgan. 2024-yilning besh oyida voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq 359 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar bola nobud bo‘lgan, 294 nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan.

    Bu dahshatli raqamlarga izoh kerakmi? Yo‘q, albatta. Buning ustiga, yaraga tuz sepganday, ijtimoiy tarmoqlar orqali avtomobilda tezlikni oshirish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan harakatlanganini hayp ko‘rinishida ommaga namoyish etayotgan kimsalarga kunda-kunora duch kelyapmiz. Masalan, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilikning keskin muhokamasiga sabab bo‘lgan Angrendagi holatni olsak.

    Jamoat joyida avtomobilni 80 emas, 100 emas, naq 157 km/soat tezlikda boshqarib ketayotganidan og‘zi qulog‘iga yetgan ayol haydovchi buni videoga olib, Instagram’dagi sahifasiga joylagan. Bu ham yetmaganidek, kontentning izoh qismiga shunday avtomobildagi “qotil”lar sabab qanchadan qancha insonlar, eng afsuslanarlisi, voyaga yetmagan begunoh bolalar hayotiga nuqta qo‘yilayotganini yozgan tarmoq foydalanuvchisiga “Bu bolalarning taqdiri onasining qornidanoq yozib bo‘lingan”, deyishga yuzxotir qilmasa deng. Razillik! Buni boshqacha ifodalab bo‘lmaydi, deydi “Adolat” SDP yetakchisi.

    Robaxon Mahmudova bu kabi holatlarning keskin oshayotgani yo‘llarda harakatlanish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini keskin kuchaytirish zarur ekanini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

    Qachongacha piyodalar o‘limiga sababchi bo‘layotgan erkatoy haydovchilarga befarq bo‘lamiz? Ularni tartibga chaqirish uchun faqatgina jarima miqdorini oshirish bilan kifoyalanish kutilgan natijani bermayapti. Yengil-yelpi boylik orttirib jamiyatga, qolaversa, amaldagi qonunlarga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatayotgan ayrim haydovchilarni tarbiyalashning yangi mexanizmlarini joriy etish lozim, nazarimizda, deydi u.

    Robaxon Mahmudova bu kabi holatlar uchun dunyo tajribasini misol keltirdi. Unga ko‘ra, Finlyandiyada tezlikni oshirganlik uchun 200 ming dollar miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanadi. AQSHda har bir shtatda tezlikni oshirganlik uchun alohida qonunlar mavjud bo‘lib, balli tizim holatida ko‘p bora maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilsa, haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi. Buyuk Britaniyada haydovchi tezligini oshirganida, 3 balldan 6 ballgacha baholanadi. Miqdor oshib ketsa, sudga chaqiriladi. Yaponiyada tezlikni oshirish ko‘p bora sodir etilsa, haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi, hattoki qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

    Shundan kelib chiqib, biz, “Adolat”chilar bu kabi maʼmuriy huquqbuzarliklar va avariyalarda qurbonlar sonini kamaytirish uchun faqatgina jarima miqdorlarini oshirishni oqilona yechim deb bilmaymiz. Chunki moddiy imkoniyati yaxshi bo‘lgan haydovchi jarimani to‘lab turib ham yana shunday huquqbuzarlik sodir etmasligi va begunoh insonlarning hayotdan erta ko‘z yumishiga sababchi bo‘lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Demak, yurtimizda ham tezlikni oshirganlikda muayyan muddatga avtomobil boshqarish huquqini cheklash yoki haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etish, shuningdek, tezlikni oshirish, spirtli ichimlik isteʼmol qilib inson o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarga jinoiy jazo choralarini kuchaytirish, shu bilan bir vaqtda, asosiy eʼtiborni tarbiyaga qaratish zarur, deb hisoblaymiz.

    Zero, mamlakatimiz yo‘llari piyodalarning yurak hovuchlab yuradigan va otasining erkatoylari istagan tezlikda harakatlanadigan hudud emas. Shuni inobatga olib, “avtomobildagi qotillar” ko‘paymasligini taʼminlash uchun qonunchilikda yuqoridagi kabi jiddiy o‘zgarishlar qilish kerak va shart. Aks holda yo‘llarda yuz berayotgan fojialarning oldini olish imkonsiz bo‘lib qolaveradi, deydi “Adolat” SDP Siyosiy kengashi raisi.

    Bir necha kun oldin Samarqand va Navoiy viloyatlarida jamoatchilikni junbishga keltirgan yo‘l-transport hodisalari haqida xabarlar berilgandi. YTH ishtirokchilari 7-8 yoshli bolalar bo‘lib, ular tez harakatlangan avtomobillar sabab halok bo‘lgan edi.

    2024-yilning 5 oyida mamlakat bo‘yicha sodir bo‘lgan umumiy yo‘l-transport hodisalarining soni har 100 ming aholiga 7,2 tani tashkil etgan bir paytda ushbu salbiy ko‘rsatkich Toshkent shahrida 12,8 taga, Toshkent viloyatida 12,2 taga, Namangan viloyatida 9,1 taga va Farg‘ona viloyatida 8,4 taga yetgan.

    13.07.2024, 10:02   Izoh (0)   9822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shahar ichida 100 tezlikda yuradigan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi shart” — deputat

    08.07.2024, 11:51

    Navoiyda 8 yoshli qizcha halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ikki haydovchi qamoqqa olindi

    08.07.2024, 13:05

    Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi

    08.07.2024, 17:12

    “O‘lim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovg‘a qilish kerak” — Odiljon Tojiyev

    12.07.2024, 09:52

    Toshkentda qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan avtobus haydovchilari qora ro‘yxatga kiritiladi

    13.07.2024, 09:10

    Toshkent viloyatida Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi

    13.07.2024, 08:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40

    “Bog‘ga tushgan o‘g‘rini qorovul ushlab olib qulog‘idan tortadi-yu, xuddi shunday qochgan-da” — Ulug‘bek Qosimov Denov hokimi o‘rinbosari haqida

    O‘zbekiston | 22 avgust, 20:30

    Hakerlar Eronning o‘nlab neft tankerlari tizimlarini ishdan chiqardi

    Dunyo | 22 avgust, 20:20

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    Dunyo | 22 avgust, 20:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.