Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnoboddagi “Aviasozlar” dehqon bozorida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat 15-aprel kuni soat 16:30 larda sodir bo‘lgan.
Ushbu bozorda savdo qiluvchi fuqarolar — 1998-yilda tug‘ilgan A.A., 2006-yilda tug‘ilgan Z.D., 1982-yilda tug‘ilgan N.E. hamda 1984-yilda tug‘ilgan M.M. tortishib qolib, o‘zaro janjallashib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.
2024-yilning dekabr oyida Bektemir tumanidagi bozorlardan birida sotuvchilar janjallashgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)