Daryo

Toshkentda ikki avtomobil to‘qnashishidan yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish12 967 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda Spark yo‘l chetida turgan Cobalt’ga borib urilishidan ikki mashina qisman yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Unga ko‘ra, 24-noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobil yonayotgani to’g’risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH Spark va Epica ishtirokida sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida Spark haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVV ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda 16-noyabr kuni Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga borib urilgandi, 17-noyabr kuni Toyota, Malibu-2 va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar