Daryo

Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi: jarohatlanganlar bor

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish6 488 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, Toshkent teleminorasi qarshisida 17-noyabr kuni soat 21:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, avtohalokat haydovchi N.S. boshqaruvidagi Toyota, O.Sh. boshqaruvidagi Malibu 2 hamda A.I. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Malibu avtomashinasi yo‘lovchisi va haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Poytaxt ko‘chalaridagi avtohalokatlar

Toshkent shahrining Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi, Sanʼat muzeyi qarshisida 11-noyabr kuni1985-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan King Long avtobusi va 1992-yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasi to‘qnashgani xabar qilingandi. Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohati olgan.

Avvalroq Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida uch kishi jarohatlangan edi.

Shuningdek, Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar