O‘zbek san’ati va sport vakillaridan bir qanchasi yaqin kunlarda onalik baxtiga muyassar bo‘ladi. Ularning ichida ilk bor, uchinchi, hatto, to‘rtinchi marta farzandli bo‘ladiganlari ham bor.
Afruza
Sho‘x-shaddod xonanda Afruza ilk bor onalik maqomiga erishadi. U o‘tgan yilning 25-sentyabr kuni taniqli aktyor Botir Muhammadjonovning o‘g‘liga turmushga chiqdi. Afruzaning turmush o‘rtog‘i ham ijodga yaqin inson, u xalq xizmatlariga asosan turmush o‘rtog‘i bilan boradi.

Gulasal Abdullayeva
“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Gulasal Abdullayeva ham yaqin kunlarda yana bir bor ona bo‘lish arafasida. Yaqindagina 30 yoshni qarshilagan xonanda homiladorligi aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqqa joylab boryapti.
Farangiz Xoliqova
Aktrisa Farangiz Xoliqova ilk bor ona bo‘lish arafasida. Marhum xonanda Husniddin Xoliqovning qizi, instabloger Farangiz o‘tgan yilning 8-noyabrida turmushga chiqqan. U turmush o‘rtog‘i bilan Instagram orqali reklama sababli tanishganini aytgandi.

Malika Egamberdiyeva
Xonanda Malika Egamberdiyeva ham yaqin kunlarda ona bo‘lish arafasida. U homiladorligiga qaramay, xalq xizmatiga doim shay.
Malika Ravshanova
“Bu mening onam”, deya barcha onalarning ko‘nglini oluvchi xonanda Malika Ravshanovaning o‘zi ham bu yil yana bir bor onalik baxtiga erishadi. U to‘rtinchi marta ona bo‘ladi. Garchi xonanda homilador ekanligi haqida alohida post joylamagan bo‘lsa-da, xalq xizmatlaridagi videolarida uni yaqin kunlarda farzandi bo‘lishini bilish qiyin emas.
Diyora Keldiyorova
Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova ilk bor onalik baxtiga sazovor bo‘ladi. Sportchi bu haqda o‘zining Instagram’dagi postida ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Diyoraning turmush o‘rtog‘i ham sportchi, dzyudo bo‘yicha murabbiy.
Bahora Arslonova
Aktrisa Bahora Arslonova yaqin kunlarda uchinchi bor ona bo‘ladi. U bu haqida Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Izoh (0)