O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i vafot etdi. Bu haqda xonanda Instagram'dagi sahifasida ma'lum qildi.

"26-aprel kuni turmush o‘rtog‘im Davlet Qilichev bu dunyodan ko‘z yumdilar. Janoza 27-aprel peshinda Islom ota masjidida o‘qiladi", -- deb yozdi xonanda.
Mavluda Asalxo‘jayeva intervyularidan birida turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida quyidagicha hikoya qilib bergan edi:
-- "Destan" ansamblida Devlet ismli yigit bilan tanishib qolganman. Ish jarayonida bir-birimizga ko'ngil qo'yib, oila qurishga qaror qilganmiz.
Ammo u uylanib, ajrashgan va ikki nafar farzandi bor edi. Albatta, u bilan oila qurishim yaqinlarimga yoqmagan. Ammo men uning farzandlari borligini tabiiy qabul qilganman.
Bolalarining ko'ngli o'ksimasin deb chiroyli kiyimlar oldirib, bolalariga yuborardik, — degan edi Mavluda Asalxo jayeva.
Xonanda turmush o‘rtog‘ining bir necha yil avval og‘ir kasallikka chalingani haqida ham so‘zlab bergandi.
- Turmush o'rtog'im kasallikka chalinib, qattiq og'rigan. Uni davolatish uchun go'ldan kelgancha harakat qilganman. Bormagan shifokorim qolmagan. Ammo o'sha paytda
"Turmush o'rtog"idan ajrashibdi, tashlab ketibdi", degan gap so'zlar juda og'ir botgan.
Aslida men buni kimgadir isbotlashim shart emas. Ammo baribir xalq orasidagi pichir-pichirlar asabga tegar ekan, - degan edi Mavluda Asalxo'jayeva.
Izoh (0)