• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bedavo dardga chalinganini bilgach, o‘limi oldidan oilasini ta’minlashga harakat qilgan yulduzlar

    68 yoshli Bryus Uillisning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabar muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Dahshatli tashxislarga qaramay, birinchi navbatda oilasiga g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilgan yulduzlar haqida ma’lumot beramiz.

    Bryus Uillis

    Tashxis — afaziya

    Foto: Legion Media

    Shifokorlar Bryus Uillisga afaziya tashxisini qo‘ygani ma‘lum bo‘lgach, uning atrofidagi shovqin (2021-yilda Bryus Uillisga alohida nominatsiya — “Bryus Uillisning eng yomon ijrosi” bo‘yicha “Oltin malina” berilgandi) bir zumda tindi. Gollivud sarosimaga tushib qoldi va “Oltin malina”ni bekor qildi. Xijolat bo‘lgan tanqidchilar ko‘z oldilaridagi fojia ekrandagi film voqealari emasligini birdan anglab yetdilar.

    Bryus Uillisning 2012-yildan boshlab taniqli amerikalik prodyuser Rendall Emmett bilan hamkorlik qilishining sababini ko‘pchilik tushundi. Rendall filmlarini o‘ta qisqa vaqtda, ijodiy yangiliklarsiz suratga olgan va ular hech qachon durdona asarlar toifasiga kirmagan. Ammo aktyorga pul kerak edi, kadrda juda kam ko‘ringan bo‘lsa-da, Bryus 3-4 million dollar gonorar oladi. Aytgancha, Al Pachino, Nikolas Keyj va boshqa Gollivud yulduzlari ham oson topiladigan pul ilinjida Emmett xizmatiga tez-tez murojaat qilishgan. Afsuski, Rendallning filmlarida Bryus Uillis naushnik taqib rol o‘ynaydi: u matnni to‘liq eslay olmasdi va bundan juda asabiylashardi.

    Foto: Legion Media

    “U demensiyaga chalingan. U bilan to‘rtta film ustida ishladim. Afsonaviy aktyorning ko‘z o‘ngimizda so‘nayotganini ko‘rish juda achinarli. Men buni so‘nggi bir necha yildan beri ko‘ryapman”, — deydi aktyor bilan birga ishlagan rejissor Mett Eskandari.

    Kasallik tez rivojlanardi va Bryus Uillis oilasini ta’minlashga shoshib qoldi. U rafiqasi Emma Xeming va ikki nafar yosh qizi kelajakda moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirishini istamadi. Shuning uchun Bryus shoshilinch ravishda ko‘chmas mulkini sotdi va shon-shuhratiga qo‘l siltab, saviyasi past filmlarda rol o‘ynay boshladi.

    Foto: Legion Media

    Bryus Uillis aktyorlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganida ko‘pchilikning qalbi bo‘shab qoldi. Shundan so‘ng u har bir kunini qarindoshlari va yaqinlari davrasida o‘tkazadi, tez orada kunlarning hisobini yo‘qotadi va kasallik uning xotirasini parchalayotganini his qiladi.

    Ammo Bryusga oilasi kuchli tayanch bo‘ldi. Sobiq rafiqasi Demi Mur ajrashganiga qaramay, Uillis hayotida doimo muhim o‘rin egallagan.

    Foto: Legion Media

    “Barcha muxlislarga shuni ma’lum qilamizki, sevimli Bryusimiz sog‘lig‘ida muammolarga duch kelgan va yaqinda unga kognitiv qobiliyatiga ta’sir qiluvchi afaziya tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli Bryus o‘zi uchun juda muhim bo‘lgan karyerasidan voz kechmoqda. Hozir oilamiz uchun juda qiyin davr, biz doimiy sevgingiz, hamdardligingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun juda minnatdormiz. Butun oilamiz bilan buni boshdan kechirmoqdamiz va bu haqda uning muxlislariga xabar berishni xohladik. Biz uning siz uchun qanchalik muhimligini va siz u uchun qanchalik muhimligingizni bilamiz”, — degan Demi muxlislarga murojaat qilib.

    Robin Uilyams

    Tashxis: Parkinson kasalligi

    Foto: Legion Media

    Robin o‘zining oqko‘ngilligi, soddaligi bilan boshqa Gollivud yulduzlaridan farq qilardi. Uning samimiy tabassumida biroz qayg‘u yashiringandi. U hech qachon hech kim bilan janjallashmagan va bunga toqati ham yo‘q edi. Robin hatto bu haqda shunday hazil ham qiladi: “Hech qachon xunuk odamlar bilan urishmang. Ularning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q”.

    Shon-shuhratiga qaramay, Robin Uilyams o‘zini vakuumda yashayotgandek his qildi. Bolaligidan to‘kin-sochinlikda, hech narsaga muhtojligini bilmay o‘sgan bo‘lsa-da, ota-ona e’tiboridan, mehridan mahrum, yolg‘izlik tuyg‘usi qalbida bir umr saqlanib qoldi. Buyuk komediyachi, ayniqsa, ayollar bilan munosabatlarda mukammal emasdi. Uchta nikoh, doimiy xiyonat, albatta, uning beqarorligidan dalolat beradi. Biroq Robin tanlaganlarini chin dildan va mehr bilan sevdi, bolalariga ehtiyotkorlik va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ldi. Robin o‘zini ayamasdi — hamma uchun kerakli bo‘lishga intilib, barchaga yordam berdi.

    “O‘zing yordamga muhtojligingni tan olish juda qiyin, lekin buni tan olganingda osonroq bo‘ladi”, — deydi Robin.

    Foto: Legion Media

    Shifokorlar unga Parkinson kasalligi tashxisini qo‘yishganda aktyor sezilarli darajada sarosimaga tushadi, keyin esa shoshiladi. Kelajakda farovon yashashi uchun uch nafar farzandiga jamg‘arma tuzadi. U o‘zining hashamatli saroyini 30 million dollardan ko‘proqqa sotishga harakat qiladi, ammo ulgurmaydi. Kasallik o‘z ta’sirini o‘tkazadi — uning ruhiyatini asta-sekin yo‘q qiladi, u asabiylashadi, hamma narsa qo‘lidan tushib ketaveradi. Ta'sirchan, nozik, zaif qalb bilan Robin o‘zini oldingi hayotidan tashqarida tasavvur qila olmaydi va yangi, yaqinlashib kelayotgan og‘riqli hayot uni ezadi. 63 yoshida hamshira nazorati ostida “sabzavot” bo‘lib, ma’nosiz nigohlari bilan atrofga qarab, hech kimni tanimaydi. Robin Uilyams 2014-yil 11-avgust kuni o‘z joniga qasd qiladi.

    Foto: Legion Media

    “Men o‘lsam, qabrim ustida iching, raqsga tushing — xohlaganingizni qiling. Faqat meni klonlashtirmang, chunki klonim hech qachon mendek bo‘lolmaydi”, — deya hazil qilgandi mashhur aktyor.

    Selma Bler

    Tashxis — tarqoq ateroskleroz

    Foto: Legion Media

    “Shafqatsiz o‘yin” filmi yulduzi Selma Blerning so‘zlariga ko‘ra, u dastlab taqdir tomonidan siylangan. U badavlat oilada tug‘ilgan, hamma uni yaxshi ko‘rgan va erkalab suygan. O‘z maqsadiga erishish — orzu qilingan Gollivudga kirish uchun nazokatli va jozibali qiz o‘zini ortiqcha urintirmaydi. Selmaning ijodiy faoliyati juda muvaffaqiyatli bo‘ldi, u 70 ta filmda rol o‘ynadi va izlanuvchan aktrisalardan biri sifatida tan olindi. Uning dizayner Jeyson Blik bilan ishqiy munosabatlari 2011-yilda o‘g‘li Arturni dunyoga keltirishi bilan yakunlandi. Albatta, Selma Blerning onalik baxtining cheki yo‘q edi.

    Biroq aktrisaning quvonchiga shifokorga navbatdagi tashrifi soya soladi. Gap shundaki, Selma ko‘p yillar davomida mushak og‘rig‘idan azob chekkan, doimiy zaiflik uni tom ma’noda yiqitdi. Bu safar tashxis aniq va shubhasiz bo‘ldi: shifokorlar Gollivud yulduzida tarqoq ateroskleroz borligini aniqlaydilar.

    Foto: Legion Media

    “Kasallik simptomlari anchadan beri bor edi, — deydi Selma. — Buni jiddiy qabul qilmadim. Hammasi og‘riqqa chidolmay, davolanish uchun shifokorga borganimda boshlandi. Keyin esa so‘nggi 15 yil davomida haqiqiy kasallik alomatlariga ko‘z yumganimni angladim. Nihoyat sog‘lig‘im bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritganimdan xursandman”.

    Shundan keyin Selma Blerning hayoti kasallik bilan og‘ir, mashaqqatli kurashga aylanadi.

    “

    Menga o‘lim holatiga rejalar tuzishni maslahat berishdi. Menda skleroz borligi uchun emas, balki unga qarshi kurashayotganim uchun”.

    Ammo u boshiga tushgan sinovlarga taslim bo‘lmadi, chunki uning yonida dunyodagi eng aziz odami — o‘g‘li Artur bor. Aynan Artur uchun, uning kelajagi uchun Selma bor kuchi bilan ishlashga harakat qildi va bu qanchalik qiyinligini unga bildirmadi. O‘tgan yilning oktabr oyida Gollivud yulduzi Reychel Fleyt rejissor bo‘lgan hujjatli filmni taqdim etdi, unda aktrisa boshidan kechirgan iztiroblari haqida gapirdi. U taqdimot marosimida taqdir zarbalari ostida sinmagan, yuzida shirin tabassum bilan qo‘ltiqtayoqda sahnaga chiqdi. Mehmonlar uni qarsaklar bilan kutib olishdi, bu g‘ayrioddiy ayolning jasoratiga qoyil qolishdi.

    Foto: Legion Media

    Selma Bler o‘zining eski hayotini davom ettirish uchun kurashmoqda.  Bir marta u o‘g‘li Artur bilan birga fotosessiya ham uyushtirdi: ikkalasi ham eng yaxshi moda uylarining liboslarida suratga tushdi. Selmaning aytishicha, o‘g‘lini unga o‘xshatishsa, o‘zida yo‘q quvonadi.

    06.05.2023, 09:47   Izoh (0)   20088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hashamatli saroydan ko‘chma uygacha: milliarder Ilon Mask qanday uyda yashaydi?

    05.05.2023, 12:45

    Instagram: 13 yil deganda farzand ko‘rgan aktrisa, “svet” o‘chishidan noligan Nilufar Usmonova, yuz ming dollarlik mashina xarid qilgan Muhammadziyo

    05.05.2023, 22:26

    2023-yilda ona bo‘lishi kutilayotgan mashhur ayollar (foto)

    05.05.2023, 19:11

    “Qo‘shig‘im uchun Mercedes-Benz sovg‘a qilishgan”. Anvar Jo‘rayev yulduzlik kasaliga chalinmagani va shaxsiy hayoti haqida

    05.05.2023, 17:32

    Bollivud yulduzi Shohrux Xonning o‘g‘li Aryan Xon kinodagi faoliyatini rejissor sifatida boshlaydi

    05.05.2023, 16:51

    “Mehr ulashing, piyoda yuring”. Odri Xepberndan abadiy yoshlikni saqlash sirlari

    05.05.2023, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.