Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Aktyor Davron Asqarov marhum san’atkor, ustozi Mirza Azizovni xotirladi.

Vayner Ozod Shukrulloyev rafiqasining tug‘ilgan kuniga yoqimli syurpriz tayyorladi hamda uning reaksiyasini videoga oldi.
Aktrisa Rayhon Ulasenova oilaviy suratlarini sahifasiga joyladi.

Asal Shodiyeva ham muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Munisa Rizayeva 24-aprel sanasida o‘g‘lining 5 oyligini nishonladi.

Xonanda Lola taniqli instablogerning “Nima ish qilasiz?”, degan savoliga hazilomuz tarzda javob qaytardi. U “g‘irt bekorchi, tekinxo‘r ekanligi hamda boy dugonalari hisobiga kun kechirishini” aytib o‘tgan.
Turk estradasi yulduzi Tarkan vafot etgan onasining suratini bir necha kun sahifasiga joyladi hamda ushbu musibatga haligacha ko‘nika olmayotgani haqida yozib qoldirdi. Shu bilan birga, xonanda barcha do‘stlari hamda muxlislariga hamdardlik uchun minnatdorlik bildirdi.


Shahlo Zoirova kuzatuvchilariga o‘zi bilan yuz bergan holat haqida so‘zlab berdi. Aktrisaning aytishicha, “tonirovka” muddati o‘tib ketgani uchun uning avtomobili jarima maydonchasiga olib ketilgan.
Izoh (0)