Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, axloq va sog‘liqqa qarshi yo‘nalishdagi jinoyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirlar davomida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat fosh etildi.
Ushlangan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi natijasida boshqa fuqarolarga infeksiya yuqishining oldi olindi.
Xususan, Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tadbirda 1998-yilda tug‘ilgan ayol (Z.R.) 2020-yilda OITS markazida ro‘yxatga olinib, rasman ogohlantirilganiga qaramay, 2004-yilda tug‘ilgan erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 6 ta jinoiy holat fosh etildi.
Bundan tashqari, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq 3 ta jinoiy holat fosh etildi. Tadbirlar davomida 1 ta jangovar, 7 ta pnevmatik qurol, 4 ta ov miltig‘i hamda 51 dona o‘q-dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.
Toshkent viloyatida 5 nafar ayolni shahvoniy maqsadda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Izoh (0)