Xitoy AQSHda ishlab chiqarilgan ba’zi yarimo‘tkazgichlar importiga javob tariqasida kiritilgan bojlarni butunlay bekor qildi. Bu haqda uchta kompaniyaga asoslanib CNN telekanali xabar bermoqda.

“Zhengnenliang Supply Chain import agentligining menejeri Chen Shaolin payshanba kuni sakkiz turdagi integral mikrosxemalarga qo‘yilgan bojlar nolgacha tushirilganini bilganini aytdi”, deya xabar bermoqda telekanal.
CNN xabariga ko‘ra, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va mamlakat bojxona xizmatlari yarimo‘tkazgichlarga qo‘yilgan oshirilgan bojlar bekor qilinganidan bexabar ekanliklarini ma’lum qilishgan.
Bundan oldin AQSH savdo vaziri Govard Latnik AQSH elektronika va yarimo‘tkazgichli qurilmalar importini “ko‘zgu” bojlardan vaqtincha ozod etganini, chunki kelgusi oylarda Amerika ma’muriyati ularga alohida sektor bojlarini joriy etishni rejalashtirganini aytgan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp 2-aprel kuni boshqa mamlakatlardan importga “o‘zaro” bojlar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ularning asosiy stavkasi 10 foizni tashkil etib, 57 mamlakat uchun 9-apreldan boshlab oshirilgan stavkalar joriy etildi. Ushbu stavkalar AQSHning muayyan mamlakat bilan savdo taqchilligidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan: taqchillik o‘rniga muvozanat bo‘lishi uchun. Biroq 9-aprel kuni AQSH prezidenti 75 dan ortiq davlat javob choralarini ko‘rmaganini va muzokaralar o‘tkazishni so‘raganini e’lon qildi. Shu sababli 90 kun davomida Xitoydan tashqari barcha mamlakatlar uchun 10 foizlik asosiy import bojlari amal qiladi.
Savdo urushidagi bir qator qadamlardan so‘ng, AQSHning Xitoy tovarlari uchun qo‘shimcha “o‘zaro” boji 125 foizga, Amerika tovarlari uchun javob boji ham 125 foizga yetdi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Xitoyga sintetik giyohvand moddalarga qarshi yetarlicha kurash olib borilmagani uchun kiritilgan 20 foizlik boj ham mavjud.
Xitoy AQSHni “o‘zaro bojlar”ni bekor qilishga va o‘zining noto‘g‘ri amaliyotini tuzatishga chaqirdi. XXR raisi Si Szinpin hech bir davlat “boj urushi”dan yutmasligini qayd etdi.
22-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyga qaratilgan savdo urushida yangi burilish qilmoqchi. O’rnatilgan yuqori bojlar sezilarli darajada pasayadi, ammo nolga teng bo‘lmasligini bildirdi.
Izoh (0)