Tabiat inson tasavvuridan ham o‘ta oladigan g‘aroyib manzaralarni yaratishga qodir. Dunyo bo‘ylab shunday hududlar borki, ularning ayrimlari ertakni eslatadi. CNN eng noodatiy 24 ta tabiiy landshaftni jamladi.

Maxluqlarga o‘xshab ketadigan daraxtlardan tortib, rang-barang chuqurliklar, osmono‘par qoyatoshlar va qaynab turgan lavadan hosil bo‘lgan sharsharalargacha — bular dunyodagi eng noodatiy va maftunkor manzaralardan sanaladi.
Kingli Veyl, Buyuk Britaniya

Asrlar davomida o‘ralib, egri-bugri holga kelgan Kingli Veyl'dagi tissa daraxtlari go‘yo ertakdan chiqqandek taassurot qoldiradi. Ayrim daraxtlar 2 000 yilga borib taqaladigan tarixga ega bo‘lib, Britaniyadagi eng qadimiy tirik mavjudotlar hisoblanadi.
15-asrda tissa daraxtlarining aksariyati uzun kamonlar yasash uchun kesib tashlangan. Shu sababli, Kingli Veyl’dagi qolgan daraxtzorlar yanada noyob manzaraga ega bo‘lgan.
Peri minoralari, Turkiya

Markaziy Turkiyadagi Kapadokiyaning Peri minoralari geologik mo‘jizadir. Yillar davomida yumshoq toshlarning eroziyaga uchrashi natijasida hosil bo‘lgan bazalt ustunlari qiyomatga o‘xshash ko‘rinishlarga ega.
Bundan tashqari, bu yerda qadimgi xristianlar tomonidan qazilgan g‘orlar va shaharlari mavjud bo‘lib, ular bosqinchilardan himoya sifatida ishlatilgan.
Gigant yo‘li, Shimoliy Irlandiya

Shimoliy Irlandiyaning yovvoyi Atlantika qirg‘og‘ida joylashgan gigant yo’li haqiqiy afsonaga asoslangan. Afsonaga ko‘ra, jangchi Finn Makkol bu joyni raqibi Benandonner bilan jang qilish uchun yaratgan.
Geologik nuqtai nazardan, bu ustunlar lavaning millionlab yillar davomida sovishi natijasida paydo bo‘lgan.
Moraki toshlari, Yangi Zelandiya

Katta, dumaloq shakldagi Moraki toshlari Yangi Zelandiya shimoliy Otago qirg‘og‘idagi plyajda yuvilib kelgan sun’iy yaratilmalar deb xato tushunilishi mumkin.
Bu ikki metrli toshlar besh million yil davomida loy toshlarning qattiqlashishi natijasida paydo bo‘lgan va ularni o‘rab turgan toshlar eroziyaga uchragan.
Katta ko‘k teshik, Beliz

300 metr kenglikda (984 fut) va 125 metr chuqurlikda (410 fut) joylashgan katta ko‘k teshik (Great Blue Hole) dunyodagi eng katta chuqurlikdir.
Bu chuqurlik ming yillar oldin dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida hosil bo‘lgan va uning chuqur g‘orlari suv bilan to‘lgan.
Mashhur dengiz tadqiqotchisi Jak Kusto ushbu chuqurlikni dunyoga tanitgan. U so‘nggi zamonaviy suvosti kemalari 3D sonar xaritalarini yaratdi va bu yerning tubidagi yangi, ilgari hech qachon ko‘rilmagan mineral shakllarini ko‘rsatdi.
Besh rangli daryo, Kolumbiya

Kolumbiyada yomg‘irli va quruq mavsumlar oralig‘idagi qisqa davr mobaynida besh rangli daryo suvlarida qizil, sariq va yashil ranglar uyg‘unligi yuzaga keladi.
Bu rang-barang manzara daryo tubida o‘sadigan Macarenia clavigera o‘simligi bilan bog‘liq. U faqat sentabr oyidan noyabrgacha qizil rangga kiradi. Bu yomg‘irli mavsumdagi kuchli oqim pasaygan va hali quruq mavsum suvni butunlay bug‘latib yubormagan davrga to‘g‘ri keladi.
Daryoning ba’zi qismlarida suzishga ruxsat berilgan, biroq ekologik muvozanatni saqlash uchun quyosh kremi ishlatish ta'qiqlangan.
O‘lik botqoq, Namibiya

Dunyoning eng baland qum tepalari orasida joylashgan o‘lik botqoq — 400 metrgacha balandlikdagi tepaliklar bilan o‘ralgan.
Avval bu yerda hayot mo‘l-ko‘l bo‘lgan, ammo taxminan 900 yil avvalgi iqlim o‘zgarishi sababli bu hudud deyarli butkul qurib qolgan. Hozirda u yerda qurib qolgan akatsiya daraxtlari saqlanib qolgan. Quruq iqlim ularning chirib ketishiga yo‘l qo‘ymagan va bu yerda juda sirli manzara yuzaga kelgan.
Shokolad tepaliklari, Filippin

Filippinning Bohol orolida joylashgan Shokolad tepaliklari go‘yo bola chizgan ertak landshaftiga o‘xshaydi.
Lekin bu 1 268 ta tepalik mutlaqo tabiiy hodisadir. Ular ming yillar davomida suv va eroziya ta’sirida shakllangan ohaktoshli konus tepaliklardir.
Ularning “shokolad” nomi quruq mavsumda, ayniqsa dekabrdan martgacha, ustini qoplagan o‘tlar qizg‘ish-jigarrang tusga kirishi bilan bog‘liq. Mahalliy afsonalarga ko‘ra, bu tepaliklar yuragi ezilgan gigantning qurib qolgan ko‘z yoshlari emish.
Kilauea vulqoni, Gavayi

Gavayi orolidagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lgan Kilauea deyarli doimiy ravishda otilib turadi. Lavalar yo‘llar bo‘ylab oqib, uylar va dam olish maskanlarini vayron qilmoqda.
Uch oylik sokinlikdan so‘ng, 2024-yil oxirida vulqon yana o‘z faolligini boshladi va 90 metrdan baland yorqin lava favvoralari ko‘plab sayyohlarni jalb etdi.
Taxminan 210 000–280 000 yil oldin paydo bo‘lgan Kilauea vulqoni taxminan 100 000 yil avval suv sathidan ko‘tarilib, hozirgi qirg‘oq hududida yuzaga kelgan.
Pushti ko‘l, Avstraliya

Avstraliyaning o‘rta orolida joylashgan Pushti ko‘l o‘zining yorqin rangli suvi bilan yaqin atrofdagi moviy okean fonida keskin ajralib turadi.
Ko‘lning bu g‘ayrioddiy ranggi suv o‘simligi tufayli yuzaga keladi. U sho‘r suvda yashab, pigment ishlab chiqaradi va suvni pushti tusga bo‘yaydi.
Ko‘l atrofidagi tuzli qobiqda yashovchi halofil bakteriyalar ham bu hodisada muhim rol o‘ynaydi.
Shayton minorasi, Vayoming, AQSH

AQSHning Vayoming shtatidagi Shayton minorasi dasht ustidan osmonga bo‘y cho‘zgan holatda qad rostlagan. U bir nechta mahalliy amerikalik qabilalar uchun muqaddas maskan hisoblanadi.
Minora 385 metr balandlikda bo‘lib, Belle Fourche daryosi yaqinida joylashgan. Atrofdagi cho‘kindi jinslarning eroziyaga uchrashi natijasida markazda qattiq magmatik jins qolgan.
Lakota qabilasining afsonasiga ko‘ra, bu tosh ikki qizni quvayotgan ayiqdan himoya qilish uchun yer yuzasiga ko‘tarilgan. Minorani o‘rab turgan tirnalgan izlar esa ayiq changallarining izi, deyishadi.
Dallol, Efiopiya

Harorat o‘rtacha 34.44°C daraja bo‘lgan Dallol sayyoradagi eng yashashga noqulay hududlardan biri hisoblanadi. Eritreya bilan chegaraga yaqin joylashgan bu hudud Marsga o‘xshash manzarasi bilan mashhur bo‘lib, Danakil pasttekisligida joylashgan.
G‘ayriinsoniy darajadagi issiqlikdan tashqari, Dallol rang-barang maydonlari bilan tanilgan — akvamarin rangidagi hovuzlar, sariq toshlar va gullab-yashnagan qizil tog‘ jinslari fonida sirli rassom asariga o‘xshaydi.
Bu yorqin ranglar temirning noorganik oksidlanishi tufayli paydo bo‘ladi.
Sahroi kabir ko‘zi, Mavritaniya

Richat tuzilmasi nomi bilan ham tanilgan Sahroi kabir ko‘zi yer yuzasidan oddiy sahro qismi kabi ko‘rinadi. Biroq kosmosdan qaralganda, bu 40 kilometr (24 milya) kenglikdagi geologik mo‘jiza butunlay boshqacha ko‘rinadi.
Bu tuzilma zarba natijasida hosil bo‘lgan krater emas, balki eroziyaga uchragan gumbaz deb hisoblanadi. U yer orbitasidan qaralganda qadimiy dengiz jonzoti — ammonitning toshqotgan shakliga o‘xshaydi.
Qor maxluqlari, Zao tog‘i, Yaponiya

Yaponiyaning shimoliy Tohoku mintaqasidagi Zao tog‘i qishda “qor monsterlari” deb ataluvchi muzlatilgan haykallar bilan to‘lib ketadi. Sibir shamollari bu tog‘ tizmasi bo‘ylab esib, qor yog‘adi va daraxtlar ustiga muz qopqog‘i hosil qiladi.
Shu tarzda muzlab qolgan daraxtlar g‘ayrioddiy jonzotlarga o‘xshaydi. Tungi yorug‘lik bu manzaraga yanada joziba qo‘shadi.
Oy vodiysi, Argentina

Argentina shimolidagi bu kenglik nomidan ham ma’lum. Shamol urib tekislangan, oy yuzasini eslatadigan sirtli tog‘ jinslari bilan qoplangan manzara. Kechasi osmon milliardlab yulduzlar bilan yoritiladi, oy esa yorqin porlaydi.
Vermilion qoyatoshlari, Arizona, AQSH

Yutah shtatining janubiy chegarasiga yaqin joylashgan Vermilion qoyatoshlari AQSHdagi eng hayratlanarli manzaralardan biri hisoblanadi. Bu hududdagi aylanma shakldagi qumtosh kanyonlari va arkalari sarguzasht izlovchilar uchun juda jozibali.
48 kilometrga cho‘zilgan ulkan qoyalar, 600-900 metr balandlikdagi tik devorlar Arizona shtatining 89A avtomobil yo‘lidan butun go‘zalligi bilan ko‘rinadi.
Haukadalur geotermal maydoni, Islandiya

Islandiyaning geotermal mo‘jizalari ayniqsa 2024 yil oxiridagi faol o‘zgarishlardan so‘ng, g‘ayrioddiy va go‘zal manzaralarni izlovchilar uchun jannatga aylandi.
Reykjavik shahridan 60 kilometr sharqda joylashgan bu maydon Geysir va Strokkur kabi mashhur issiq buloqlari bilan tanilgan. Ushbu hududni o‘rganish uchun vaqt ajratishga arziydi, chunki yaqin atrofda qulay lager joylari ham mavjud.
Bu hududdagi geotermal faollik ilk bor 1294 yilda yer silkinishidan so‘ng qayd etilgan.
Trollkirka g‘orlari, Norvegiya

Norvegiyaning Trollkirka g‘orlari odatiy ibodat maskanlari emas. Bular marmar va ohaktoshdan iborat ajoyib tabiiy shakllanishlardan iborat.
Bu yerning eng diqqatga sazovor joyi — 70 metrli asosiy g‘or bo‘lib, unda sharshara mavjud. Kichikroq g‘orlarda esa kristaldek tiniq suvlarga ega hovuzlar bor, oq tosh fonida suvlar yanada yorqin ko‘rinadi.
Brays kanyoni, Yuta (AQSH)

Brays kanyoning “hoodoo” deb ataluvchi g‘ayrioddiy ustunlari tufayli kanyon qizil, oq va sariq ranglarda ko‘rinadi. Bu ranglar moviy osmonga qarshi ajoyib manzara hosil qiladi.
Bu ustunlar — pastki qismi yumshoq, yuqori qismi esa qattiq toshlardan iborat. Ular ming yillar davomida shamol va yomg‘irlar ta’sirida shakllangan. Kanyon ulkan tabiiy amfiteatrlar ichida joylashgan bo‘lib, ayniqsa quyosh botishida juda chiroyli ko‘rinadi.
O‘lik dengiz, Isroil/Iordaniya

Yer yuzidagi eng past nuqta hisoblangan O‘lik dengiz, oddiy dengiz suvidan to‘qqiz baravar sho‘r.
Dengiz tubidagi tuz qatlamlari suzuvchilarning cho‘kmasligini ta’minlaydi, suvning tiklovchi xususiyatlari esa asrlar davomida sayyohlarni jalb qilib kelgan.
Dog‘li ko‘l, Kanada

Britaniya Kolumbiyasining yuragida joylashgan dog‘li ko‘l (Spotted Lake) qishda oddiy suv havzasiga o‘xshaydi. Ammo harorat ko‘tarilib, suv bug‘lana boshlagach, u butkul o‘zgaradi.
Ko‘lda katta ko‘k, sariq va yashil dog‘lar paydo bo‘ladi. Bular magniy sulfat, natriy sulfat va kalsiyning to‘planishi natijasidir.
Tub aholi bu dog‘larning har biri turli davolovchi xususiyatlarga ega deb hisoblagan. 2001-yildan beri ular bu hududga egalik qilib keladi.
Qon sharsharasi, Antarktida

Antarktidadagi Teylor muzligidan oqib tushadigan qon sharsharasi o‘zining qo‘rqinchli qizil rangi bilan mashhur. 2017-yilda olimlar bu rang algalardan emas, balki temirga boy sho‘r suvning oksidlanishidan kelib chiqqanini aniqlashdi. Bu suv yer yuzasiga yetib kelishi uchun 1,5 million yil kerak bo‘lgan.
U kislorod bilan aloqa qilganda temir oksidlanadi va suv qizil rangga kiradi. Muzlik ostida joylashgan sho‘r ko‘l va u yerda temirga boy toshlar bu suvning manbai hisoblanadi.
Zhangye Danxia geologik bog‘i, Xitoy

Xitoyning Zhangye Danxia geologik parkidagi rangli tog‘lar dunyoning geologik mo‘jizalaridan biridir. Ushbu mashhur xitoy tog‘lari g‘aroyib ranglari bilan tanilgan. Bu ranglar tog‘larning ustida chizilgan kamalak kabi ko‘rinadi. Bog‘ 200 kvadrat milya maydonni egallaydi. Ushbu hudud 2009-yilda UNESCO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Tosh, loy va ko‘p rangli cho‘kindi toshlardan tashkil topgan bu tog‘lar millionlab yillar davomida qatlamlashgan.
Daryo eroziyasi chuqur daralar va baland cho‘qqilarni hosil qilishga yordam berdi, bu jarayonda binafsha, yashil, sariq va qizil qatlamlar yorqin va jozibali manzara yaratadi.
Jahannam darvozasi, Turkmaniston

Mahalliy aholi tomonidan Jahannam darvozasi deb ataladigan “Darvaza gaz krateri” tabiiy hodisa bo‘lib, yarim asr oldin yuzaga kelgan.
Bugungi kunda jahannam darvozasi hali ham yaltirab yonmoqda, 30 metr chuqurlikka ega bo‘lsa-da, ba’zi kuzatuvchilar uning olovining kamayib borayotganini aytmoqda. Bu mamlakatga sayohat qilayotgan sayyohlar diqqatini jalb qiladi.
Izoh (0)