Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 29,97 so‘mga ko‘tarilib, 12 957,14 so‘m bo‘ldi;
- yevro 15,11 so‘mga tushib, 14 702,47 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,83 so‘mga ko‘tarilib, 156,56 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 927,17 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi tushgandi.
2025-yil aprelida AQSH dollari indeksi so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi.
Izoh (0)