Daryo

Tramp Xitoy tovarlariga yangi bojlar kiritishga va’da berdi

Ekspertlar bu iqtisodiy o‘sishga zarar yetkazishi va inflyatsiyani kuchaytirishi mumkinligidan xavotirda

2 daqiqa o‘qish5 289 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Xitoydan olib kiriladigan smartfon, noutbuk va boshqa elektronika mahsulotlariga joriy etilgan keskin boj to‘lovlarini bekor qildi. Biroq rasmiylar bu uzoq davom etmasligini aytdi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa  hech kim “jazodan qutulmaydi” deya ogohlantirdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: Getty Images
Bu mahsulotlarga hech qanday boj imtiyozi berilmagan. Ular amaldagi 20 foizlik fentanil bojlari ostida qolmoqda, faqat boshqa ta’rif toifasiga o‘tkazilmoqda, dedi Tramp o‘zining Truth Social platformasida. 

U butun elektronika ta’minot zanjiriga oid milliy xavfsizlik bo‘yicha savdo tergovi boshlanishini va’da qildi.

Boshqa davlatlar, ayniqsa, Xitoy kabi dushmanona savdo yuritadigan mamlakatlar bizni garovga ololmaydi, dedi u.

Oq uy 11-aprel kuni ayrim elektron mahsulotlar uchun Xitoy keskin bojlardan ozod qilinishini e’lon qildi. Ushbu qaror AQSH fond bozorlarida tiklanish kutilayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Apple va chip ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyalarining aksiyalari ko‘tarilishi mumkin edi. Chunki ularning mahsulotlariga qo‘yilgan bojlar 90 kunga olib tashlangan. 

Xitoyning Savdo vazirligi bu imtiyozlarni AQSHning “o‘zining noto‘g‘ri, bir tomonlama boj siyosatini tuzatishga qaratilgan kichik qadami” sifatida baholadi. Vashingtondan barcha bojlarni butunlay bekor qilishni talab qildi.

AQSH prezidentining savdo kotibi Xovard Lutnikning aytishicha, Tramp bir-ikki oy ichida smartfonlar, kompyuterlar va boshqa elektron mahsulotlarga nisbatan “maxsus yo‘naltirilgan boj” joriy qiladi. Bu yarimo‘tkazgichlar va farmatsevtik mahsulotlarga qaratilgan sektorli bojlar bilan birga joriy etiladi.

Bu mahsulotlar o‘zaro bojlar ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lishi mumkin, lekin ular endi yarimo‘tkazgichlar ta’riflari doirasiga kiradi. Ular Amerika hududida ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan strategik mahsulotlar hisoblanadi, dedi Lutnik.

Dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti Tramp tomonidan Xitoy importlariga nisbatan e’lon qilingan global boj siyosatidan so‘ng keskin savdo urushiga yuz tutdi. 14-aprel kuni Xitoy rahbari Si Szinpin boj urushida hech kim g‘olib bo‘lmasligini aytdi.

AQSH va Xitoyning savdo urushi

O‘zaro javob choralaridan so‘ng, AQSHning Xitoyga qarshi boj stavkasi 145 foizga chiqdi. Xitoy esa AQSH mahsulotlariga 125 foizlik javob boji joriy qildi. 11-aprel kuni Pekin yangi tariflarni e’tiborsiz qoldirishini bildirdi.

Xitoy Tramp bojlari haddan tashqari yuqori bo‘lgani sababli, ular ko‘tarilsa ham “AQSH mahsulotlari Xitoy bozorida o‘z o‘rnini topa olmaydi”, deya ta’kidladi. 

14-aprel  kuni Xitoy bojxona xizmati vakili mamlakat eksporti murakkab va keskin tashqi sharoitga duch kelayotganini tan oldi. Ammo u “osmon qulamaydi”, deya javob qaytardi. 

Tramp savdo bo‘yicha o‘nlab hamkorlarga boj e’lon qilgach, ularning ko‘pchiligi uchun 90 kunlik tanaffus e’lon qildi. Xitoy bu imtiyozdan mustasno bo‘ldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar