AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi noodatiy oqibatlarga olib kelmoqda. Xitoyda prezident Donald Tramp ko‘rinishida ishlab chiqarilgan hojatxona cho‘tkasi sotuvlari keskin oshdi. Bu haqda Oddity Central xabar berdi.

Mazkur tovar ilgari Trampning mashhurligi tufayli yaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda xitoylik xaridorlar uni istehzoli ramz sifatida xarid qilmoqda.
Ushbu cho‘tkalar ilk bor Trampning prezidentlik faoliyati davrida ishlab chiqarilgan va u mavzuli mahsulotlar qatorida mashhur bo‘lgan.
Xitoyliklar bu cho‘tkani Trampni masxara qilish uchun sotib olmoqda. Sababi AQSH prezidenti Xitoy mahsulotlariga katta boj solig‘i joriy qilgan, deyiladi xabarda.
Xitoy OAVlariga ko‘ra, bu trend “Yivu qarshi hujumi” deb atalmoqda. Sababi Yivu shahri — Xitoydagi arzon plastik mahsulotlar, jumladan, cho‘tkalarni ishlab chiqaradigan yuzlab kichik fabrikalar markazi hisoblanadi. Mahsulotning narxi 13,9 yuan (1,9 dollar)dan 18,9 yuan (2,6 dollar)gacha bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlarda tezda mashhurlikka erishgan.
Izoh (0)