AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining ta’siri ostida oltin yangi rekord qayd etdi.

Spot oltinning bir unsiyasi (taxminan 28 gram) chorshanba kuni 3357,40 dollarni (2540 funt sterling) tashkil etdi. Bu yil boshidan beri taxminan uchdan bir qism oshishga teng.
Bu o‘sish AQSH markaziy banki rahbari Donald Trumpning tarif siyosati sekinroq o‘sish, yuqori narxlar va ishsizlik xavfini anglatishi mumkin deganidan keyin sodir bo‘ldi.
Oltin iqtisodiy noaniqlik davrida investorlar uchun eng xavfsiz aktiv sifatida tan olingan.
“Oltin bizning qutqaruv qayig‘imiz, chunki uning savdosi sayyorada eng gavjumi hisoblanadi”, dedi SPI Asset Management kompaniyasining savdo va bozor strategiyasi bo‘limi boshlig‘i Stiven Innes.
Tahlilchilar bu yilgi oltin narxining oshishini qirq yil oldingi Eron inqilobi bilan taqqoslashdi. O‘sha paytda narxlar 1979-yil noyabridan 1980-yil yanvarigacha deyarli 120 foizga oshgan edi.
Global savdo urushining ta’siri noaniq bo‘lganligi sababli oltin o‘tgan oyda birinchi marta bir unsiya uchun 3000 dollardan oshdi.
Tramp ma’muriyati tomonidan import qiluvchi korxonalardan undiriladigan soliqlarning joriy etilishi inflyatsiya qo‘rquvini kuchaytirdi, bu esa investorlarni oltin kabi xavfsiz aktivlarga jalb qildi.
Tramp yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri Xitoyga 145 foizlik soliq soldi. Xitoy esa bunga javoban AQSH importiga 125 foizlik boj kiritdi.
Shuningdek, AQSHning boshqa ko‘plab davlatlarga qo‘ygan keng qamrovli bojlari kuchga kirish-kirmasligi borasida ham noaniqliklar mavjud.
Tramp ma’muriyati bu choralar ishlab chiqarishni AQSHga qaytarishi, amerikalik ishchilar uchun ish o‘rinlari yaratishi va milliardlab dollar soliq tushumlari keltirishini aytgan.
Izoh (0)