• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreya prezidentlarining qismati qanday kechgan?

    Janubiy Koreyada prezident Yun Sok Yolning harbiy holat e’lon qilishi va keyinchalik bekor qilishi mamlakatda siyosiy inqirozga olib keldi. 3-dekabr kuni u kutilmaganda harbiy holat e’lon qildi, bu qarorini muxolifatning “davlatga qarshi faoliyati” bilan izohladi.

    Ammo parlament tez orada bu qarorni bekor qildi, shundan so‘ng prezident harbiy holatni bekor qilib, xalqdan uzr so‘radi. 8-dekabr kuni sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon harbiy holat e’lon qilinishidagi ishtiroki uchun hibsga olindi. U 4-dekabr kuni iste’foga chiqqan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan u prezidentga harbiy holatni joriy etish taklifini bergan.

    14-dekabr kuni Milliy Assambleya prezidentga impichment e’lon qildi. 204 nafar deputat impichmentni qo‘llab-quvvatladi, 85 nafari qarshi ovoz berdi. Joriy yilning 15-yanvar kuni Janubiy Koreyada tergovchilar ikkinchi urinishda prezident Yun Sok Yolni hibsga oldi. Hokimiyatdan chetlatilgan prezidentni hibsga olishga birinchi urinish 3-yanvar kuni sodir bo‘lgandi. Biroq o‘shanda Yun Sok Yolning qo‘riqchilari politsiya hibsga olishiga qarshilik qilgan. Bugun esa uzoq davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng, tergovchilar prezidentni Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosiga olib borishga muvaffaq bo‘ldi.

    Yun Sok Yol yirik siyosiy janjallarga aralashgan yagona prezident emas.

    So‘nggi 60 yil ichida Janubiy Koreyada bir qator yetakchilarning taqdiri ayanchli kechdi.

    1. Li Sin Man (1948-1960) — surgundagi Koreya Respublikasi Muvaqqat hukumatining birinchi rahbari va Janubiy Koreyaning birinchi prezidenti. Uning davrida Koreyaning janubiy va shimoliy qismlarga bo‘linishi yuz berdi. 1960-yilda Li Sin Man to‘rtinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘ydi va yagona nomzod sifatida saylandi. O‘sha yilning aprelida ommaviy tartibsizliklar boshlandi, odamlar Li Sin Man iste’fosini talab qilishdi. Aprel inqilobi davrida prezident ag‘darildi, Birinchi respublika rejimi quladi, Ikkinchi respublika o‘rnatildi.

    2. Yun Bo Son (1960-1962) — Janubiy Koreyaning ikkinchi prezidenti, bor-yo‘g‘i ikki yil hukmronlik qildi. Bu davrda u parlamentning rolini kuchaytirgan bir qator liberal islohotlarni amalga oshirdi. Yun Bo Son Paq Chon Xi davlat to‘ntarishidan keyin lavozimidan chetlashtirildi. Shundan so‘ng u muxolifatdagi siyosiy faoliyatini davom ettirdi va yana ikki marta prezidentlikka muvaffaqiyatsiz nomzod bo‘ldi.

    4. Pak Chon Xi (1963-1979) — harbiy va Janubiy Koreyaning uchinchi prezidenti. U “Koreya iqtisodiy mo‘jizasi”ga olib kelgan iqtisodiy islohotlar, kuchli sanoat bazasini yaratish, diktatura va siyosiy qatag‘onlar bilan mashhur. Prezidentning hayotiga bir necha bor suiqasd qilingan, natijada u respublika Markaziy razvedka boshqarmasi direktori tomonidan o‘ldirilgan.

    5. Chxve Gyu Xa (1979-1980) — hokimiyatni bir yil ham boshqarmagan: to‘rtinchi prezident harbiy to‘ntarish natijasida lavozimidan chetlashtirildi. Uning davrida general-mayor Chon Du Xvan davlat to‘ntarishini uyushtirib, mamlakat harbiy qo‘mondonligi va hukumat ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Bu vaqtda talabalar g‘alayoni va Kvanju qo‘zg‘oloni sodir bo‘ldi, Chon Du Xvan ularni shafqatsizlik bilan bostirdi, shundan so‘ng Chxve Gyu Xa iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Chon Du Xvan egalladi.

    6. Chon Du Xvan (1981-1988) o‘tmishdoshlariga nisbatan kamroq shafqatsiz bo‘lsa-da, avtoritar hukmdor sifatida tanilgan. Bir necha tinch yillardan so‘ng Janubiy Koreyada norozilik namoyishlari avj oldi va 1988-yilda Chon Du Xvan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 1996-yilda u korrupsiya va 1979-yildagi davlat to‘ntarishini uyushtirgani uchun sudlandi. Dastlab uni o‘lim jazosiga hukm qilishdi, keyin jazo umrbod qamoq bilan almashtirildi, ikki yildan so‘ng esa u afv etildi.

    Chon Du Xvan

    Foto: AP

    7. Ro De U (1988-1993) Chon Du Xvanning bevosita vorisi bo‘ldi. U o‘z davrida siyosiy tizimni demokratlashtirishga intildi. 1996-yilda u o‘tmishdoshi Chon Du Xvan bilan birga sudlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u prezidentlik davrida siyosiy fondlarga xayriya qilish niqobi ostida katta miqdorda pora olgan. Ro De U 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, keyinchalik uning muddati 17 yilga qisqartirildi va 1998-yilda u afv etildi.

    8. Kim Yon Sam (1993-1998) o‘tmishdoshlaridan farqli o‘laroq, Janubiy Koreyaning yettinchi prezidenti sifatida lavozimga kelishidan ancha oldin, Pak Chon Xi hukmronligi davrida qamoqqa olingan edi. Prezidentlik lavozimida bo‘lganida u Chon Du Xvan va Ro De Uni sudga tortishga erishdi. U jamiyatni demokratlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashishi bilan mashhur.

    Kim Yon Sam

    Foto: AP

    9. Kim De Chjun (1998-2003) Koreya Respublikasining sakkizinchi prezidenti bo‘ldi. U Pak Chon Xi davrida qamoqda o‘tirgan, Chon Du Xvan hukmronligi paytida esa hukumatga qarshi va buzg‘unchilik faoliyatini uyushtirishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Keyinchalik uning jazosi umrbod qamoqqa o‘zgartirildi, so‘ngra afv etilib, AQSHga ketishiga ruxsat berildi. 1985-yilda Kim De Chjun vataniga qaytib keldi va siyosiy faoliyatini davom ettirdi. 2000-yilda u hatto Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    10. No Mu Xen (2003-2008) Janubiy Koreyaning to‘qqizinchi prezidenti bo‘lib, uning taqdiri juda fojiali kechdi. 2004-yilda unga nisbatan impichment e’lon qilindi, ammo Konstitutsiyaviy sud bu qarorni bekor qildi. 2009-yilda No Mu Xen poraxo‘rlikda ayblandi, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qildi.

    11. Li Men Bak (2008-2013) Prezidentlik muddatidan so‘ng u qiyinchiliklarga duch keldi. U pora olish, o‘g‘irlik va hokimiyatni suiiste’mol qilgani uchun 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

    12. Pak Kin Xe (2013-2016) Janubiy Koreya tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘ldi. 2016-yilda katta janjal yuz berdi, Pak Kin Xe ko‘plab siyosiy qarorlarni do‘stlarining ta’sirida qabul qilganlikda ayblandi. Mamlakatda Pak Kin Xening iste’fosi talab qilingan namoyishlar o‘tkazildi va tez orada unga nisbatan impichment e’lon qilindi. Prezident poraxo‘rlikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq 2021-yilda u afv etildi.

    Pak Kin Xe

    Foto: AP

    13. Mun Chje In (2017-2022) — hozirgacha yirik siyosiy janjallar, qamoqqa olishlar va qamoq jazolaridan xoli bo‘lgan Janubiy Koreyaning yagona prezidentidir. Uning faoliyati davrida Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi kuzatilgan.

    15 yanvar, 19:13   Izoh (0)   7843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Janubiy Koreya#impichment#hibsga olindi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi 

    08.12.2024, 18:50

    Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hojatxonada joniga qasd qilishga urindi

    11.12.2024, 10:00

    Janubiy Koreya prezidenti ofisi tintuv qilindi 

    11.12.2024, 13:55

    Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi 

    12.12.2024, 16:57

    Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sek Yolga impichment eʼlon qildi

    14.12.2024, 13:29

    Janubiy Koreyaning vaqtincha lavozimdan chetlatilgan prezidenti so‘roqqa chaqirildi 

    17.12.2024, 19:15

    Janubiy Koreya prezidenti so‘roqqa kelmagani tufayli qamalishi mumkin

    19.12.2024, 11:10

    Janubiy Koreya prezidenti tergov chaqiruvini yana e’tiborsiz qoldirdi

    25.12.2024, 22:36

    Janubiy Koreya muvaqqat prezidentiga ham impichment e’lon qilindi 

    27.12.2024, 16:30

    Janubiy Koreya hukumati prezident Yunni hibsga olish uchun suddan order talab qilmoqda

    30.12.2024, 15:18

    Janubiy Koreya sudi prezidentni hibsga olishga order berdi

    31.12.2024, 11:51

    Janubiy Koreya prokuraturasi ikki qo‘mondonni parlamentga qo‘shin kiritish va boshqa jinoyatlarda ayblamoqda 

    31.12.2024, 23:45

    O‘zbekistonliklar yangi yil bayramlarida nimalarni tomosha qildi, o‘qidi va tingladi 

    11 yanvar, 19:30

    Abduqodir Husanovning narxi O‘zbekiston, BAA, Avstraliya va Qatar milliy jamoalarining to‘liq tarkibidan ham qimmatroq

    11 yanvar, 16:26

    Ukraina armiyasi Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiyni qo‘lga oldi (foto)

    11 yanvar, 20:55

    “Bitiruvchilarni o‘zimiz ish bilan ta’minlay olmasak, ularning xorijda ishlashiga sharoit yaratishimiz lozim” — professor

    14 yanvar, 21:20

    Janubiy Koreya prezidenti o‘z xavfsizligi uchun xavotirda — advokat

    12 yanvar, 20:10

    Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni so‘roq qildi (video)

    13 yanvar, 09:13

    KXDR hukumati asirlikka tushmaslik uchun askarlaridan o‘zini portlatishni so‘ramoqda — Reuters

    13 yanvar, 12:30

    Janubiy Koreyaning eng badavlat aktyorlari (foto)

    14 yanvar, 10:41

    Na xalqqa, na davlatga foyda keltirayotgan “Afrosiyob”. Tezyurar poyezd “o‘zbek orzusi”ga aylanadimi?

    14 yanvar, 16:39

    AQSHda Xitoy avtomobillari sotuvi rekord darajaga yetdi

    14 yanvar, 18:44

    Janubiy Koreya politsiyasi prezidentni 15-yanvar kuni hibsga olishi mumkin

    14 yanvar, 18:50

    Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi 

    15 yanvar, 08:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.