• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyadagi shov-shuvli qotillik tarixi — taniqli teleboshlovchi Vladislav Listyev qanday o‘ldirilgan edi?

    Bundan 30 yil avval 1-mart kuni Rossiyada shov-shuvli qotillik sodir etiladi. “Tig‘iz vaqt” ko‘rsatuvining tasvirga olish ishlarini tugatib uyiga qaytayotgan taniqli boshlovchi Vladislav Listyev noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketiladi. O‘shanda bir qancha shaxslar qotillikda gumonlanadi. Biroq aybdorlarni topib bo‘lmaydi.

    Foto: GQ Russia

    SSSR parchalanib ketgach Rossiyada davlat mulklarini xususiylashtirib taqsimlab olish yuzasidan juda ko‘plab shov-shuvli hodisalar va qotilliklar sodir bo‘ladi.

    Ana shunday jinoyatlardan biri taniqli teleboshlovchi, tadbirkor, “ORT” telekompaniyasining bosh direktori Vladislav Listyev bilan sodir bo‘lgan. Quyida uning hayot yo‘li va qotillik tafsilotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

    Yugurish bo‘yicha chempion

    Garchi Listyevning o‘limiga 30 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik Rossiya telekanallarida namoyish etilgan “Pole chudes” (“Mo‘jizalar maydoni”), “Chas pik” (“Tig‘iz payt”) va boshqa ko‘rsatuvlar orqali mashhur bo‘lgan boshlovchini unutmagan.
    1990-yillar boshlarida Vladislav taniqli boshlovchi, tadbirkor va “ORT” bosh direktori sifatida tanilgan bo‘lsa-da, u aslida faoliyatini sportchilikdan boshlagandi.

    1956-yilda tug‘ilgan Listyev o‘rta maktabda o‘qib yurgan chog‘larida yugurish sporti bilan jiddiy shug‘ullangan, hatto 1 000 metrga yugurish musobaqasida o‘smirlar o‘rtasida SSSR chempioni bo‘lgandi.

    1977-yilda u Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi va batamom boshqa yo‘ldan ketadi. Afsuski uning bu yo‘li juda qisqa bo‘lib chiqdi.

    Listyev (chapdan birinchi) yugurish musobaqasida
    Foto: theDay.ru

    Listyev universitet diplomini olgach, 1982-yilda SSSR davlat teleradiobirlashmasiga ishga keladi va xorijiy eshittirishlar bo‘limida ish boshlaydi. 1987-yilda Listyev Markaziy televideniyening yoshlar tahririyatiga ishga keladi va “Vzglyad” ko‘rsatuvida boshlovchilik qila boshlaydi. Uning bilimi, boshlovchilik mahorati tufayli ko‘rsatuv juda tez ommalashadi.

    1980-yillar oxirlarida Gorbachyov boshlagan islohotlar tufayli SSSRda juda ko‘plab ishlar qatori xususiy telekanallar ochishga ham ruxsat beriladi. Shunda Listyev va uning hamkasblari ham “VID” (“Vzglyad i Drugiye”) telekompaniyasiga asos solishadi.

    O‘sha paytda ommaviy ko‘rsatuvlar tayyorlab, uni efirga uzatishga qodir bo‘lgan to‘laqonli telekanal ochish uchun juda katta mablag‘ kerak bo‘lardi. Listyev va uning hamkasblarida esa yetarli mablag‘ yo‘q edi. Shu sababli ular boshqa yo‘ldan ketishadi.

    Ya’ni ular guruh bo‘lib ko‘rsatuv tayyorlashadi va uni telekanallarga pullashadi. Masalan, hanuzgacha efirga beriladigan “Jdi menya” ko‘rsatuvi shu tarzda paydo bo‘lgandi. Guruh “NTV” telekanali bilan shartnoma imzolab, bu ko‘rsatuvni tayyorlab bera boshlaydi.

    Listyev “VID”ning bosh prodyusseri edi. Keyinchalik, 1993-yilda uning prezidentiga aylanadi. Listyev Rossiyada mashhur bo‘lgan ko‘rsatuvlar — “Pole chudes”, “Tema”, “Chas pik”, “Zvyozdniy chas”, “Serebryanniy shar” va “Ugaday melodiyu” ko‘rsatuvlarining muallifi va ilk boshlovchisi bo‘lgan.

    Listyev bir paytning o‘zida barcha ko‘rsatuvlarga boshlovchilik qila olmasdi. Shu sababli “Pole chudes”ga Leonid Yakubovich, “Ugaday melodiyu”ga Valdis Pelsh kabilarni boshlovchi qilib qo‘yadi.

    Foto: pikabu.ru

    “VID”ning ishlari yaxshi ketayotgan paytda hamkasblar bilan kelishmovchilik kelib chiqadi. Shu sababli 1995-yil yanvarda Listyev telekompaniyadan ketadi, yangi tashkil etilgan “ORT” (avvalgi “Birinchi kanal”) telekompaniyasi bosh direktori bo‘ladi.
    O‘sha paytlarda rossiyalik taniqli milliarder Boris Berezovskiyning yaqin odami kelib chiqishi gurjistonlik bo‘lgan Badr Patarkasishvili telekompaniya bosh direktori  o‘rinbosari edi. Bu bejizga emasdi, “ORT”ni Berezovskiy nazorat qilardi. Listyev esa ular bilan kelishib ishlashga majbur edi.

    Listyevning o‘ldirilishi

    1995-yil 1-mart kuni kechki soat 21:00 larda Listyev “Chas pik” ko‘rsatuvini suratga olish ishlarini yakunlab Moskvaning Novokuznesk ko‘chasida joylashgan uyiga qaytadi.

    Boshlovchi o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uy yo‘lagiga kirganda shaxsi noma’lum bo‘lgan ikki kishi unga orqa tomondan o‘q uzadi. Keyinchalik unga ikkita turli to‘pponchadan bittadan o‘q uzilgani ma’lum bo‘ladi.

    O‘qlardan biri tanaga, ikkinchisi boshga tegadi va oqibatda Listyev halok bo‘ladi. O‘shanda u 38 yoshda edi. Boshlovchining jasadi qariyb 10 daqiqa yo‘lakda yotadi. Keyin uni qo‘shnilar ko‘rib qolishadi.

    Listyev o‘ldirib ketilgani haqidagi xabar bir zumda hammayoqqa tarqaydi. Boshlovchi o‘ldirilgani haqida birinchi bo‘lib “NTV” telekanali xabar beradi va efirni to‘xtatadi.

    Shundan so‘ng Rossiyadagi bir qancha telekanallar rejalashtirilgan ko‘rsatuvlarni to‘xtatishadi va ekranga boshlovchining suratini qo‘yib, ostiga “Vladislav Listyev o‘ldirildi” deb yozib qo‘yishadi.

    Foto: “Demotivation.ru”

    Boshlovchi bilan xayrlashish uchun uning jasadi qo‘yilgan joyga juda ko‘p odam keladi. Listyev 4-mart kuni dafn etiladi.
    Listyevning o‘ldirilishi Rossiyada hanuzgacha juda shov-shuvli hodisa sifatida baholanadi. Boshlovchi o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan zahoti hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va qotillarga qidiruv e’lon qilinadi.

    Listyevning kiyimlari tekshirib ko‘rilganda uning cho‘ntagidan ming dollar atrofida pullar, mobil telefoni va boshqa qimmatbaho buyumlari topiladi. Shunda politsiya jinoyatchilar uni pul uchun o‘ldirmagan, qotillik Listyevning faoliyati bilan bog‘liq, degan xulosaga keladi.

    Ishni Bosh prokuratura nazoratga oladi. Prokuratura tergovchilari juda ko‘p odamni so‘roq qiladi. Jumladan, boshlovchining hamkasblari, qarindoshlari va boshqa tanishlari tergovga jalb qilinadi. Biroq biror-bir kishiga nisbatan ayblov e’lon qilinmaydi.

    Qisqasi, qotillar topilmaydi

    O‘shanda Rossiya prezidenti Boris Yelsin “Ostankino” telekanali ofisiga keladi va kameralar qarshisida mamlakatda jinoyatchilik va qotilliklarni jilovlay olmagani uchun uzr so‘raydi.

    Asosiy gumondorlar

    1. Boris Berezovskiy. 1996-yilda Forbes jurnalining ruscha variantida amerikalik jurnalist Pol Xlebnikovning “Kremlning tutingan otasi” deb nomlangan maqolasi e’lon qilinadi.

    Muallif maqolada 1995-yilda, Listyev o‘ldirilishidan biroz avval reklama beruvchilar tufayli boshlovchi bilan Berezovskiyning munosabati yomonlashgani haqida yozgandi.

    Keyinchalik, 2000-yilda Xlebnikov “Kremlning tutingan otasi” deb nomlangan kitobini chop ettiradi. Unda yozilishicha, “Birinchi kanal”ni xususiylashtirish g‘oyasi Listyevga tegishli bo‘lgan. Biroq Berezovskiy otni qamchilab qolgan.

    Berezovskiy Yelsin bilan birga
    Foto: “yaplakal.com”

    Milliarderga tegishli kompaniyalar “ORT” aksiyalariga egalik qilishgan va bu Berzovskiyga telekompaniyani nazorat qilish imkoniyatini bergan. Berezovskiy Listyev o‘z ishining ustasi ekanini bilardi. Shu sababli ham boshlovchining “ORT”ga bosh direktor etib tayinlanishiga qarshi bo‘lmaydi.

    Biroq Listyev va Berezovskiy reklama beruvchilar masalasida turli qarashlarga sabab bo‘lgan. Listyev arzonroq narxlarda bo‘lsa ham, ko‘proq reklama olish va bundan yaxshi daromad ko‘rish payida bo‘lgan. Berezovskiy esa reklama narxini oshirish tarafdori bo‘lgan. Oqibatda o‘rtada jiddiy ziddiyat yuzaga keladi.

    Yana Xlebnikovga qaytamiz. Uning yozishicha, 1995-yil 28-fevral kuni Berezovskiy “Nikolay” ismli qonundagi o‘g‘ri bilan uchrashib, unga Listyevni o‘ldirish uchun 100 ming dollar bergan.

    Keyinchalik Berezovskiy bu da’voda keltirilgan asosiy vaj — “Nikolay”ga 100 ming dollar berganini tan olgan. Biroq unga boshqa ish uchun pul to‘laganini aytgan.

    O‘sha paytda Berzovskiy  Listyevning o‘limi yuzasidan tergov va surishtiruv olib borayotganlarning “og‘zini moylaganmi” yoki unga qarshi jiddiy dalillar topilmaganmi, har holda ular milliarderga qarshi dalillar yetarli emas deb topishgan. Berezovskiyning o‘zi ham Listyevni o‘ldirtirmaganini ta’kidlab kelgan.

    Listyevning hamkasblari bu masalada turlicha fikr bildirishgan. Ayrimlari qotillikka Berezovskiyning aloqasi borligini rad etgan. Boshqalari Listyevning o‘limini milliarderdan ko‘rishgan.

    Masalan, “Vzglyad” ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Dmitriy Zaxarov 2018-yilda Listyevni reklamadan keladigan foyda uchun Berezovskiy o‘ldirtirgan deb aytgan.

    2010-yilda Tambovdagi uyushgan jinoiy to‘da a’zosi Yuriy Kolchin Listyevning o‘limini Boris Berezovskiy tashkillashtirgani, unga bu ishda peterburglik jinoiy avtoritet Kostya Mogila yordam berganini aytgan.

    2. Sergey Lisovskiy. Bu shaxs davlatga qarashli “Ostankino” telekanali qoshida tuzilgan “Reklama—Xolding” AJ rahbari edi. Telekanal xususiylashtirilgach, Listyev reklamalar masalasida Lisovskiy bilan ham ziddiyatlarga borgandi.

    Sergey Lisovskiy 
    Foto: “Corbisimages.com”

    O‘z navbatida Lisovskiy va Berezovskiy o‘rtasida ham reklamalar bilan bog‘liq turli masalalarlarda ziddiyatlar bo‘lgan. Xlebnikovning yozishicha, “ORT”ga xo‘jayinlik qilgan Berezovskiy 1995-yil fevralda telekanalda beriladigan reklama narxini keskin oshirishni talab qiladi. Jumladan, 1 daqiqa reklama vaqti narxini 100 dollardan 10 ming dollarga oshirishni aytadi.

    Biroq Berezovskiy talab qilayotgan narx Rossiya reklama bozori uchun juda qimmatlik qilardi. Shu sababli uning taklifiga Listyev bilan birga Lisovskiy ham qarshi chiqadi. Biroq Berezovskiy yon bermaydi va o‘z fikrida qoladi.

    Shundan so‘ng bosh direktor sifatida Listyev “ORT” direktorlar kengashi bilan maslahatlashib telekanalda reklama berishni to‘xtatib qo‘yadi. Uning bu qarori “pulning hidiga uxlay olmaydigan” milliarder Berezovskiyga aytarli ta’sir qilmasdi.

    Biroq asosiy faoliyati reklama sotish bo‘lgan va shu orqali pul ishlab topgan Lisovskiyga jiddiy ta’sir qilardi. Lisovskiy juda katta miqdordagi pullardan quruq qola boshlaydi. O‘rtada bitim buziladi va Listyev Lisovskiy boshqarayotgan kompaniya bilan ishlashni xohlamaydi.

    O‘sha paytda Lisovskiy masalani reklama narxini oshirish haqida talab qo‘yayotgan Berezovskiy bilan hal qilish o‘rniga Listyevga bosim o‘tkazishga urinadi. Bir necha marta uni do‘pposlamoqchi bo‘ladi va “seni o‘ldiraman” deb po‘pisa qiladi.

    Shundan kelib chiqib Lisovskiyni ham gumondorlar safiga qo‘shishgan.

    Kimlardir Listyevni u o‘ldirtirganiga ishonadi, boshqalar esa ishonmaydi. Huquqni himoya qilish organlari esa Lisovskiyning qotillikni uyushtirgani haqida yetarli dalil topa olmagan va uni asosiy gumondor deb hisoblamagan.

    3. Aleksandr Korjakov. Bu shaxs KGB va FSBda yuqori lavozimda ishlagan va Boris Yelsinning asosiy qo‘riqchisi bo‘lgan. Ya’ni ma’lum muddat Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo‘lgan.

    2000-yilda Britaniyaga qochib ketgan sobiq KGB va FSB zobiti Aleksandr Litvinenko o‘zining “Lubyanka jinoiy guruhi” kitobida Listyevning o‘limida Korjakovni ayblagan.

    Yelsin Korjakov (o‘ng tomonda) bilan birga
    Foto: “Alamy.com”

    Uning yozishicha, Listyevni o‘ldirgan qotillarni KGB/FSBning yuqori lavozimlarida ishlagan Aleksandr Korjakov va Aleksandr Komelkov yollagan.

    1996-yilda Rossiyada prezidentlik saylovi o‘tkazilishi belgilangan va amaldagi prezident Boris Yelsinga saylovoldi dasturlari va chiqishlari uchun ko‘p miqdorda pul kerak edi.

    O‘sha paytda prezidentning atrofida yurganlar saylovoldi targ‘ibot-tashviqoti uchun Yelsinga ko‘p pul kerak bo‘lishini aytib turli tadbirkorlar, milliarderlarni talab ulardan pullar olishgan. Bu ishda asosan Korjakov bosh-qosh bo‘lgan.

    Litvinenkoning yozishicha, o‘sha paytda Korjakov va uning yordamchilari Listyevdan ham pul talaba qilishgan. Ular “ORT” bosh direktori reklamadan juda katta pul topadi deb o‘ylashgan. Listyev ularning talabini rad etgan. Shundan so‘ng Korjakov qotil yollab Listyevni o‘ldirtirgan.

    Biroq Berezovskiy va Lisovskiy bilan bo‘lgani kabi, tergovchilar Korjakovning qotillika aloqasi haqida yetarli dalil topa olmagan va u ham “Listyev ishi”da asosiy gumondor bo‘lmagan.

    Boshqa gumondorlar. Listyev o‘ldirilgandan so‘ng Moskva politsiyasi bir qancha sobiq jinoyatchilarni qotillikda gumonlab qo‘lga olgandi. O‘shanda turli bosimlar va qiynoqlar tufayli o‘ndan oshiq odam Listyevni o‘ldirganini tan oladi.

    Agar Listyev juda mashhur shaxs bo‘lmaganda va uning o‘limi yuzasidan ochilgan ishni Rossiya Bosh prokuraturasi alohida nazoratga olmaganda, balki tergovchilar yoki Moskva politsiya boshqarmasi qotillikni kimnidir gardaniga qo‘yib yuborardi.

    Listyevni men o‘ldirganman, deb chiqqanlar orasida davlat Dumasi deputati Yuriy Polyakovni o‘ldirgan shaxs va ashaddiy jinoyatchi Ivan Vivchiy kabilar bor edi. Ko‘p o‘tmay ular o‘z gapini qaytib oladi.

    Listyev rafiqasi Albina Nazimova bilan. Boshlovchining o‘limidan so‘ng ko‘p o‘tmay ayol boshqaga turmushga chiqadi.
    Foto: “fb.ru”

    Gumondorlar orasida Listyevning rafiqasi Albina Nazimova ham bo‘lgan. O‘limidan sal avval Listyev xotini bilan ajrashmoqchi bo‘lib yurgandi. Shu sababli uni ajrimni xohlamagan Albina o‘ldirgan bo‘lishi mumkin, deydiganlar ham bor.

    Xlebnikovga ko‘ra, gumondorlar orasida milliarder Vladimir Gusinskiy, Moskva meri Yuriy Lujkov ham bo‘lgan. Qisqasi Listyev o‘ldirilgandan buyon bu qotillikda turli odamlarni gumon qilishadi. Biroq qotillar o‘sha paytda ham, keyinchalik ham topilmagan va hech kim jazo olmagan.

    Tergovchilarga bosim

    Listyevning o‘limi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi garchi Bosh prokuratura nazoratida bo‘lgani bilan, surishtiruv va tergov olib borgan xodimlarga doimiy bosim va tazyiqlar bo‘lgan. Shu sababli bu ishda bir necha marta tergov guruhi rahbari almashadi.

    Masalan, jinoyat sodir etilgan paytdan 1995-yil avgustgacha tergovni Rossiya bosh prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Boris Uvarov olib borgan. O‘shanda unga 25 nafar tezkor xodim va tergov guruhi yordamlashgan.

    Undan so‘ng 1997-yil oktyabrgacha tergovni Bosh prokuraturaning alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Vladimir Starsev olib boradi.

    1997—2000-yillar oralig‘ida tergov jarayoniga Bosh prokuraturaning alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Petr Priboy o‘z guruhi bilan boshchilik qiladi.

    2000—2006-yillar oralig‘ida tergov jarayonini Bosh prokuraturaning alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Aleksandr Gorbunov olib boradi.

    Garchi tergovni olib borgan shaxslar Rossiya Bosh prokuraturasida yuqori lavozimlarda ishlagan bo‘lishsa-da, ish jarayonida ular o‘zlariga doimiy ravishda bosim va tazyiq bo‘lganini aytishgan.

    Masalan, 1998-yilda Petr Priboyni eshigini buzib kirishga urinishgan va unga “Listyev ishi”dan voz kechish talabini qo‘yishgan. Boshqalarga ham shunday talab qo‘yilgan. Shu sababli ham “Listyev ishi”da tergov guruhi boshliqlari tez-tez almashib turgan.

    Ma’lumot uchun, Listyevga qilingan suiqasd bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi qotillar topilmagani uchun hali yopilmagan. Rossiyaning sobiq bosh prokurori Yuriy Skuratov 2024-yil “TASS” axborot agentligiga bergan intervyusida Listyevning qotillarini topishga hali umid borligini aytgandi. Biroq 30 yilda topilmagan qotillar endi topiladimi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    7 aprel, 17:35   Izoh (0)   11646
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2026-yilda Hindistonda yangi atom suv osti kemasi bazasi ochiladi

    7 aprel, 16:50

    Yevropa Ittifoqi Rossiya hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun maxsus qurol fondi tuzmoqchi

    7 aprel, 15:55

    Turkiya xorijga limon yetkazib berishni to‘xtatdi

    7 aprel, 14:36

    Janubiy Koreyada 3-iyun kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi — OAV

    7 aprel, 14:03

    Dunyodagi ilk robot ot taqdim etildi (video)

    7 aprel, 13:11

    “AQSH yangi bojlari bilan iqtisodiy yadro urushini boshlaydi” — amerikalik milliarder

    7 aprel, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyun, 00:26

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda bo‘lib o‘tgan lavanda sayli

    O‘zbekiston | 12 iyun, 00:10

    Olimlar tirannozavrning yangi turini kashf etdi

    Dunyo | 11 iyun, 23:50

    Surxondaryo ekologiya boshqarmasi Kofrunda vodorod sulfidi gazi meʼyordan oshmaganini maʼlum qildi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 23:35

    The Guardian: AQSH 30-sentyabrgacha USAID’ning xorijdagi vakolatxonalarini yopmoqchi

    Dunyo | 11 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 11-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 11 iyun, 23:05

    “Bolaligimda nay chalganman, musiqachi bo‘lishim mumkin edi” — Tramp

    Dunyo | 11 iyun, 22:50

    Xitoylik fuqarolar yoki kompaniyalarga yer ajratilishi haqidagi bayonotlar asossiz — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 22:40

    O‘zbekistonda Yaponiya xalqaro universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.