• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusdan yangi xabarlar, Avliyo Sofiyada ilk juma namozi va inson huquqlari himoyachisining vafoti. Jahon hafta ichida

    Iyul oyining to‘rtinchi haftasi ham nihoyalandi. Haftaning eng diqqatga sazovor voqealari haqidagi dayjestimizni boshlaymiz.

    Koronavirus

    Koronavirus bilan bog‘liq hodisalar hamon hamjamiyatni tashvishga solib kelmoqda. Bir nechta davlatda vaksinalar sinovlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, hamon bu borada aniq bir gap gapirishga hali erta. JSST esa kasallikka qarshi vaksinatsiya 2021-yildan oldin boshlanmasligini aytib o‘tdi. Kasallik esa tezlik bilan o‘sib bormoqda. Jumladan, o‘tgan hafta mobaynida kasallikning dunyo miqyosida tarqalishi ikki millionga ko‘payib, 16 millionlik baryerdan o‘tdi. Hafta boshida 15 millionga yetgan bo‘lsa, hafta oxiriga kelib 16 milliondan oshdi.

    Foto: Google Photos

    Kasallikni yuqtirib olish bo‘yicha dunyoda hamon AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda ushbu kasallikka chalinish holatlari soni 4 milliondan oshdi. Hozirda mamlakatda 4 million 300 mingdan ortiq kasallik holati aniqlanga bo‘lib, ulardan  150 minga yaqin kishi vafot etgan, ikki milliondan ortiq kishi esa tuzalib ketgan.

    Dunyoda kasallik yuqtirib olganlar soni bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda Braziliya bormoqda. Braziliyada 2,4 million odam kasallikni yuqtirib olgan, ulardan 86,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan bo‘lsa, 1,6 milliondan ortiq kishi tuzalib ketgan. Hindiston va Rossiya davlatlari mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarda bormoqda. Hindiston 1,4 million kasallik holatini qayd etgan bo‘lsa, Rossiyada bu ko‘rsatkich 821 mingni tashkil qilmoqda.

    Shu paytgacha kasallik rasman tasdiqlanmagan Shimoliy Koreya o‘tgan haftada ilk gumonlanish holatini qayd etdi. Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) axborotiga ko‘ra, ehtimoliy bemor KXDR chegarasini “noqonuniy kesib o‘tgan”. Koronavirusga chalingani gumon qilinayotgan bemor Janubiy Koreya bilan chegarada joylashgan Keson shahrida aniqlangan. Shaharda “vayronkor falokatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf munosabati bilan” Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRda hukmron Mehnat partiyasi Siyosiy byurosining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazgan. Ehtimoliy bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning bari karantinga olingani aytilmoqda.

    Kasallik qayd etilmagani JSST tomonidan tasdiqlangan Turkmanistonda esa odamlar ichak infeksiyalaridan himoyalanish maqsadida tibbiy niqob taqishga chaqirilgani xabar berilgan. Xitoydan keyingi kasallikning g‘arbdagi ilk o‘chog‘i bo‘lgan Italiya o‘tgan haftada pandemiya bo‘ronidan o‘tib olganini e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    “Italiya buning uddasidan chiqdi deb hisoblayman. Men hukumatni emas, butun mamlakatni nazarda tutyapman. Biz Xitoydan keyin jabrlangan ikkinchi mamlakat bo‘lgandik va bizda hech qanday yo‘riqnoma yo‘q edi”, — degan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Separansa. Uning ta’kidlashicha, mamlakat “bo‘rondan” chiqdi, lekin hali xavfsiz joy topmadi. Separansaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylar Italiya tarixida Ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng qiyin vaqt bo‘lgan. Shu bilan birga, mavjud vazir vaziyat kasallik ortda qoldi, deb aytishga hozircha imkon bermaydi. Vaksina paydo bo‘lganidan keyingina to‘liq g‘alaba haqida gapirish mumkin.

    Mamlakat kasallik tarqalganidan buyon 246 mingdan ortiq holatni qayd etgan bo‘lsa, ulardan 200 mingga yaqin bemor tuzalgan, 35 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Hozirda 12 mingga yaqin aktiv bemor bor.

    Avliyo Sofiyada ilk juma namozi

    O‘tgan haftaning eng shov-shuvli voqeasi Turkiyada yuz berdi. Gap shundaki, 24-iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Avliyo Sofiya (Aya Sofiya) jome masjidida 86 yildan keyin ilk juma namozi ado etildi. Juma namozi oldidan Turkiya diyonat ishlari raisi Ali Erbash yig‘ilgan minglab odamlarga xutba qildi. Xutba jarayonida imom minbarda Istanbulning fath etilishi ramzi bo‘lgan qilich ushlab turdi. Ammo qilich chap qo‘lda ushlangani tinchlik ramzi ekani mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi. Juma namozi Turkiya televideniyesi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etildi.

    Namozda, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham ishtirok etdi va birinchi safda namoz o‘qidi. Juma namozidan keyin prezident Fotih Sulton Mehmetxonning qabrini ziyorat qildi. Aya Sofiyada juma namozi o‘qilgan kuni Gretsiyadagi cherkovlarda motamni anglatuvchi qo‘ng‘iroqlar chalingan. Gap shundaki, ibodatxona 1453-yilda konstantinopol fathidan keyin Sulton Mehmetxon tomonidan nasroniy ruhoniylaridan sotib olingan va masjidga aylantirilgan. 1934-yilda Turkiya Respublikasi uni muzeyga aylantirishga qaror qilgan. Uning yana qayta masjidga aylantirilishi g‘arb xristian dunyosining, ayniqsa, Rus provoslav cherkovining noroziliklariga sabab bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Gretsiya o‘zini Vizantiya imperiyasining vorisi deb hisoblagani sababli bu voqeani motam sifatida qabul qildi. Sababi, Aya Sofiya ibodatxonasi VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian tomonidan qurilgan va cherkov sifatida faoliyat yuritgan. U xristian olamidagi eng yirik cherkovlardan biri bo‘lgan.

    Ukrainidagi avtobus garovi

    21-iyul kuni Ukraina g‘arbidagi Lutesk shahrida noma’lum erkak avtobusni yo‘lovchilari bilan garovga oldi. Hodisa joyida o‘q ovozlari eshitildi. Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, jinoyatchida qurol va portlovchi qurilma mavjud bo‘lgan. Berestechko—Krasilovka yo‘nalishida harakatlangan avtobus salonida, taxminan, 20 kishi bo‘lgan.

    Jinoyatchi o‘zini Maksim Ploxoy deb tanishtirgan, o‘z harakatlariga sabab sifatida u rasmiylar bilan kelisha olmaganini aytgan. U o‘zining Telegram’dagi kanalida “Davlat birinchi terrorchi”, deb yozgan hamda o‘quvchilarini “Tizimga qarshi kun” bilan tabriklagan. U sudlar, vazirliklar, prokuratura, parlament, cherkovlar vakillari, shuningdek, Ukraina oligarxlaridan YouTube’ga o‘zlarining “qonundagi terrorchilar” ekani haqida roliklar joylashini talab qilgan. Shuningdek, u mazkur talabni murojaat ko‘rinishida YouTube’ga joylashtirgan.

    Hodisa joyiga avtobusni egallash va jinoyatchini zararsizlantirishga tayyor bo‘lgan maxsus bo‘linma yuborilgan. Shuningdek, Lutskka Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov ham yetib borgan. Vaziyat tinch yo‘l bilan hal qilishga urinilgan. Jinoyatchi shu kunning o‘zida qo‘lga olingan hamda avtobusdagi garovga olinganlar qutqarilgan. Ma’lum qilinishicha, erkak “BTR” tanki yordamida amalga oshirilgan shturmda qo‘lga olingan. Garovga olinganlar avtobusni tark etishga ulgurgan.

    Foto: Reuters

    Qurollangan erkak garovdagilarni 21-iyul kuni ertalab soat 10:00 dan buyon ushlab turgan. Kechga yaqin u garovdagilarga suv berilishiga rozilik bergan va uch kishini — keksa ayol, uning nevarasi va homilador ayolni qo‘yib yuborgan. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy terrorchining talabini bajardi hamda videomurojaat yozib, uni Facebook’da e’lon qildi. Olti soniyalik rolikda prezident 2005-yilda taqdim etilgan “Yerliklar” filmini tomosha qilishga chaqirgan.

    Maksim Krivosh qo‘lga olingach, Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatini o‘chirib tashlagan. Mazkur kino hujjatli film bo‘lib, unda hayvonlardan ko‘ngilxushlik, ilmiy tadqiqotlar, kiyimlar ishlab chiqarish uchun, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalanish muammosi ko‘tarilgan.

    Azimjon Asqarov vafoti

    Qirg‘izistonlik taniqli huquq faoli Azimjon Asqarov 25-iyul tongida qamoqxonada vafot etgan. U umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan edi.  Azimjon Asqarov 69 yoshda edi va ma’lumotlarga ko‘ra oxirgi kunlarda uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan. Advokat Valeryan Vaxitovga jurnalistlarga bir necha marta mijozining og‘ir ahvolda ekani, yura olmayotgani va deyarli ovqat yemay qo‘yganini xabar qilgandi. Vaxitov Asqarovning glyukoza inyeksiyasi orqali oziqlanganini bildirgan. Ammo shunga qaramay, har safar Jazoni ijro etish davlat qo‘mitasi bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan inson huquqlari himoyachisining sog‘lig‘i joyida ekanini ma’lum qilgan.

    Azimjon Asqarov — Qirg‘izistondagi eng mashhur inson huquqlari himoyachilaridan biri, u 10 yildan buyon qamoqxonada edi. U 2010-yil 15-iyunda Qirg‘iziston janubidagi millatlararo ziddiyat tufayli ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilganlik va militsiya xodimining o‘ldirilishida ishtirok etganlikda ayblanib, hibsga olingan. 15-sentabrda sud Asqarovni bir umrga ozodlikdan mahrum qilgan, biroq u o‘z aybdorligini tan olmagandi.

    Azimjon Asqarov.

    Azimjon Asqarov.
    Foto: Kloop

    BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Asqarovga nisbatan kuch ishlatilgani, zo‘ravonlik qilingani, inson huquqlari himoyachisiga nisbatan sud ishi adolatsiz tarzda ko‘rib chiqilganini qayd etgan. Inson huquqlari himoyachilari Asqarovga nisbatan jazoning bu qadar og‘ir bo‘lganini uning bevosita militsiya tomonidan fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonliklar yuzasidan jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazgani va ularni fosh etgani bilan bog‘lagan, deb yozmoqda Kloop.

    2016-yilda BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Qirg‘iziston hukumatidan Asqarovga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish va uni garov evaziga ozod etishga chaqirgan, ammo ushbu masala ochiq qolgan edi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    27.07.2020, 15:34   Izoh (0)   60771
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh hukumati mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga 1 trln dollar ajratishni taklif qildi

    27.07.2020, 13:42

    Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 24 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1402 kishida COVID-19 aniqlandi

    27.07.2020, 13:26

    Xitoyda so‘nggi sutkada 61 kishida, Janubiy Koreyada esa 25 kishida koronavirus aniqlandi

    27.07.2020, 11:24

    Braziliya prezidenti koronavirus infeksiyasidan tuzaldi

    27.07.2020, 07:24

    Tramp koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olayotganini tan oldi

    27.07.2020, 07:08

    Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi

    26.07.2020, 22:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.