• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Gollivudning hanuzgacha “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan mashhur aktyor va aktrisalari (foto)

    Aktyorning iste’dodi tanqidchilar, tomoshabinlar reytingi, shuningdek, filmlarning mashhurligi bilan o‘lchanadi. Ba’zi yulduzlarning ijodini diqqat bilan kuzatsangiz, ularning kino karyerasida ko‘plab muvaffaqiyatsiz rollar bo‘lgan va nufuzli mukofotlar ularni chetlab o‘tgan.

    Jennifer Eniston

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jennifer Eniston dunyo tan olgan eng sevimli aktrisalardan biridir. Jamoatchilik uning 53 yoshidagi ko‘rinishidan doim hayratda qoladi. “Do‘stlar” sitkomidagi Reychel roli unga haqiqiy mashhurlik keltirdi: mazkur rol uchun Eniston “Emmi” va “Oltin globus”ga sazovor bo‘ldi. Jennifer vaqti-vaqti bilan taniqli aktyorlar bilan ekranda porlayotgan bo‘lsa-da, u deyarli hech qachon murakkab va katta rollarni o‘ynamagan.

    Eniston “Xiyonatning bahosi”, “Do‘stdan ortiqroq”, “Mish-mishlarga ko‘ra” va boshqa bir qator muvaffaqiyatsiz filmlarda ham rol o‘ynagan. U ko‘proq komedik rollari bilan tanilgan: “Tonggi shou” serialidagi roli uchun Jennifer Screen Actors Guild mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ammo hozirgacha “Oskar” hay’ati uning iste’dodini mukofotga loyiq ko‘rmagan.

    Bleyk Layvli

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bleyk Layvlini amerikaliklarning sevimli aktrisasi deyish mumkin. Muxlislar uning eri Rayan Reynolds bilan bo‘lgan munosabatlari, shu bilan birga, yaqinda 4-marta ota-ona bo‘lishlariga qoyil qolishadi. Biroq professional sohada aktrisa hali ham izlanishda. Hozirgacha uning eng mashhur roli — “G‘iybatchi qiz” teleserialidagi Serena obrazi. Bleykning boshqa barcha rollari oddiy, ammo yodda qolarli.

    Layvli haligacha hech qanday yirik kino mukofotini olmagan. Bleyk bosh roldagi so‘nggi lenta “Ritm bo‘limi” kassada butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biroq aktrisa “Adalin davri” filmidagi Adalin va “Shunchaki iltimos” detektiv hikoyasida Emili kabi chuqur xarakterga ega qahramonlarni o‘ynashga qodir ekanligini isbotladi.

    Emi Adams

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Emi Adams muntazam ravishda dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalar ro‘yxatida turadi. U “Oltin globus” bilan taqdirlangan, “Oskar” va “Emmi” mukofotlariga nomzod bo‘lgan, ammo qo‘lga kiritolmagan.

    Muvaffaqiyat Adamsga “Sehrlangan malika” filmidan keyin keldi. Rotten Tomatoes veb-saytida uning ishtirokidagi ko‘plab lentalar past bahoga ega, tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan salbiy baholanadi. Ammo Emi uchun hammasi hali oldinda, chunki u Gollivudni kino me’yorlari bo‘yicha, kech — 25 yoshida zabt eta boshlagan.

    Kianu Rivz

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kianu Rivzni Gollivudning asosiy introverti, mehnatkash, shuningdek, juda mehribon yigit deb atashadi. Hozir ham internetda aktyorning soddaligi va saxiyligi haqida yangiliklar chiqib turadi. Masalan, u “Matrisa” filmining so‘nggi qismidan olgan daromadining katta qismini saraton kasalligiga qarshi davo ishlab chiqayotgan jamg‘armaga xayriya qilgan.

    Biroq tomoshabinlar va muxlislarni hayratda qoldirgan holda Rivz bitta ham yirik mukofotga ega emas.

    Jonni Depp

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jonni Deppning filmografiyasida juda ko‘p muvaffaqiyatsiz filmlar mavjud. Misol uchun, “Breaking Bad” komedik dramasi, bu filmda u saratonning 4-bosqichi tashxisi qo‘yilgan professor rolini o‘ynadi. Bundan tashqari, “Fantastik hayvonlar”, “Yolg‘onlar shahri” va “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar ertak aytmaydi” filmlari ham shular jumlasidan.

    Depp o‘zining asosiy mukofotlarini Jek chittak va Suini Todd obrazlari uchun olgan. Jonni iste’dodli aktyor bo‘lib, u turli xil rollarni o‘ynaydi. U ommaning sevimlisi, ammo uning ko‘plab rollari tanqidchilar tomonidan tan olinmaydi.

    Kemeron Dias

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dastlab Kemeron Dias komediyalarda rol o‘ynagan, ammo butun faoliyati davomida u murakkab dramatik rollarni o‘ynash qobiliyatini bir necha bor namoyish etgan. 2013-yilda u 40 yoshdan oshgan eng ko‘p maosh oluvchi Gollivud aktrisasi deb topildi va umuman olganda, uning ishtirokidagi filmlar omadli chiqadi.

    Biroq Diaz hanuzgacha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lmagan, u faqat 2000-yillardagi filmlardagi rollari uchun bir necha bor mukofotlarga nomzod bo‘lgan xolos. Rotten Tomatoes ma’lumotlariga ko‘ra, Kemeronning so‘nggi 16 ta filmi reytingdan tushib ketgan yoki past baho olgan.

    Orlando Blum

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Orlando Blum “Uzuklar hukmdori” filmidagi Legolas rolidan keyin mashhur bo‘ldi. Uning navbatdagi katta ishi “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasi. Aynan shu filmlardagi rollarni ijro etgani uchun Orlando o‘z mukofotlarining aksariyat qismini oldi. Biroq britaniyalik aktyor hech qachon “Emmi”, “Oltin globus” yoki “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan.

    Shunga qaramay, 2004-yilda Blum Buyuk Britaniyaning eng nufuzli odamlari ro‘yxatida 12-o‘rinni egalladi.

    Bill Myurrey

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bill Myurrey o‘nlab kult filmlarda o‘ynagan — “Sug‘ur kuni” va “Tarjima mashaqqatlari” va “Arvoh ovchilari” kabi. Bundan tashqari, u tez-tez Ues Anderson kabi taniqli rejissorlar bilan hamkorlik qiladi. Myurreyning bir nechta muvaffaqiyatsiz rollari ham bor, lekin aktyor sifatida u faqat bitta mukofot olgan- bu ham “Oltin globus”. To‘g‘ri, u “Emmi” ha sazovor bo‘lgan, ammo ssenariy uchun. Ehtimol, 72 yoshli Bill uchun “Oskar” mukofotini olish ham nasib qilar.

    Mavzuga doir:

    • Kichkina demang bizni: Dog‘istonlik mitti “odamcha” Hasbik kim va u qanday qilib MMA yulduziga aylandi?
    • Ularning hech biri 40 ga ham kirmagan edi: sirli tarzda vafot etgan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Voyaga etgan farzandlari bilan chinakamiga faxrlanadigan mashhurlar (foto)

    16.12.2022, 16:49   Izoh (0)   14290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tog‘lik kuyov” 23 yoshda: O‘z davrining eng kassabop filmlaridan biri qanday suratga olingan?

    16.12.2022, 14:53

    Instagram: Farzandli bo‘lgan Aziz Rametov, qizini uzatgan Mahmud Namozov, Shahzoda Matchonova xonadonidan reportaj

    15.12.2022, 22:32

    “Mening ko‘p oilaviy sirlarimni rahmatli dadam bilmay ketgan”. Muyassar Berdiqulova ota-onasi, bolalik yillari, hayotidagi qiyinchiliklari haqida

    15.12.2022, 19:23

    “Uenzdey” Netflix tarixida eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi serialga aylandi

    15.12.2022, 17:48

    Rejissor Jahongir Ahmedov Bahodir Yalangto‘sh haqida film suratga olmoqda (video)

    15.12.2022, 16:19

    “Quchoqlamoqchi bo‘lganimda ular o‘zlarini juda sovuqqon tutgan”. Megan Markl shahzoda Uilyam va Keyt Middlton u bilan qanday tanishgani haqida

    15.12.2022, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.