• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Va’z o‘qishni bas qiling! Undan ko‘ra yomg‘ir ovozini jimgina tinglash qiziqroq!”. Akira Kurosava filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    Yaponiyalik rejissor, ssenariynavis va prodyuser Akira Kurosava kino tarixidagi eng nufuzli shaxslardan biridir. 57 yillik ijodiy faoliyati davomida 30 ta film yaratgan. “Rasyomon”, “Yetti samuray”, “Qonga botgan taxt”, “Maxfiy qal’adagi uch muttaham” filmlari, Ronin Sanjuro haqidagi “Jangchi soyasi” va “Ran” kabi kinokartinalari rejissorga katta shuhrat keltirgan. “Arzamas” onlayn-akademiyasining taniqli rejissorlar haqidagi turkumidan Akira Kurosava haqidagi maqolani “Daryo” o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etadi.

    Foto: “Kino-teatr.ru”

    Yapon kinosi bilan tanishish ko‘pchilik uchun Akira Kurosava (1910–1998) filmlaridan boshlanadi. 1951-yili  “Rasyomon” kartinasi Venetsiya kinofestivalida “Oltin sher” va “Хorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Yapon kinematografiyasi xalqaro miqyosda e’tirof etilishi shu yutuqlar bilan boshlangan. Kurosavaning jahon kinosiga ta’siri ko‘lamini uning kartinalaridan olingan ko‘plab iqtiboslar va o‘zlashtirmalar bilan baholash mumkin.

    Jorj Lukas “Maxfiy qal’adagi uch muttaham” filmi (The Hidden Fortress) tomoshasidan so‘ng “Yulduzlar jangi”ni yaratgan bo‘lsa, urushdan keyingi klassik vesternlar — Jon Styorjesning “Qoyilmaqom yettilik” (The Magnificent Seven) hamda Serjo Leonening “Bir siqim dollar uchun” (A Fistful of Dollars) filmlari “Yetti samuray” va “Tansoqchi” kartinalari ta’sirida ishlangan. Kurosavaning ta’sir doirasi Gollivud bilan chegaralanib qolmaydi. Hindistonda “Yashash” filmining (To Live) yettita remeyki suratga olingan. Darvoqe, 2017-yili Rossiyada ham Rustam Hamdamov “Rasyomon” kartinasining qayta o‘ylab, suratga olingan “Tubsiz qop” filmini namoyish qildi.

    Kurosava “siri”ni uning shajarasiga e’tibor bergan holda ochiqlashga urinishadi: rejissor ildizi qadimgi samuraylarga borib ulanuvchi oilada tug‘ilgan. Yapon an’analari himoyachisi, G‘arbda mashhur mifologik samuray obrazini Kurosavaning o‘zi ham qo‘llab-quvvatlagan, masalan, tarjimayi holida buni yaqqol ifodalagan. Shu bilan birga, uning filmlari Yevropa va Amerika kinosidan olingan o‘zlashtirmalarga to‘la. Ayniqsa, Jon Ford muallifligidagi filmlar buning dalili. Yapon rejissori yangi g‘oyalarni, ular qayerdan kelganidan qat’i nazar, doimo ochiq qabul qilgan.

    Kurosava filmlarida insonning zamon va hayotiy qiyinchiliklarga moslashuvchanligi madh etiladi. Buddizm nuqtai nazaridan ortodoksal hisoblangan ushbu g‘oya uning asarlarida nafaqat bayon qilish darajasida, balki vizual tarzda ham — kamera harakati, mizansahna dinamikasi va aktyor imo-ishorasi, tabiiy sikllar hamda nozik tebranishlar orqali yetkazib beriladi.

    Harakat har doim kinematografiyaning asosiy kuchi hisoblangan. Kurosava bu imkoniyatdan ustalik bilan foydalangan. Uning sevimli janri — bu jangovar film. Uning “Dzyudo dahosi” (The Genius of Judo) nomli birinchi filmi shu janrda suratga olingan. Ko‘plab jang sahnalaridan birida Kurosava tomoshabinga jang tafsilotlarini aniqroq yetkazib berish uchun sekinlashtirilgan tasvirdan foydalanadi. Keyinchalik bu Amerika (va boshqa) jangari filmlarning klassik texnikasiga aylanadi. Dushman tanasini kesib o‘tayotgan qilich zarblariga hamohang eshitiluvchi maxsus ovoz effektlarini ham Kurosava (“Tansoqchi” filmida) o‘ylab topgan.

    Ko‘plab kinofestivallar g‘olibi bo‘lgan vaqtida ham u studiya rejissori bo‘lib qoladi va e’tiborni tomoshabinlar ommasiga qaratadi. “Ey rohib, va’z o‘qishni bas qil! Undan yomg‘ir ovozini jimgina tinglash qiziqroq!” — deydi “Rasyomon” filmi qahramonlaridan biri. Bu so‘zlar Kurosavaning shioridek jaranglaydi. Rejissorning asosiy vazifasi tomoshabinga o‘rgatish emas, balki uni qiziqarli sujet, kadrlar dinamikasi va maxsus effektlar bilan o‘ziga jalb qilish bo‘lgan.

    Nimadan boshlash kerak?

    “Rasyomon” filmidan olingan kadr.

    “Rasyomon” filmidan olingan kadr.
    Foto: Daiei Film
    “Rasyomon” — melodrama, mistik triller hamda komediya elementlarini o‘z ichiga olgan detektiv asar bo‘lib, jahon kinematografiyasining yuksak cho‘qqilaridan biridir. Kurosavani urushdan keyingi dunyoda falsafiy izlanishlar, madaniy va siyosiy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi voqelikni subyektiv idrok etish mavzusi qiziqtirardi. Film yapon yozuvchisi Akutagava Ryunoskening (1892—1927) “Changalzorda” hamda “Rasyomon darvozasi” hikoyalari asosida suratga olingan.

    Film voqealari XI asrda ijtimoiy mojarolar va klanlar o‘rtasidagi nizolardan bezgan Yaponiya zaminida bo‘lib o‘tadi. Uch erkak jaladan qochib, bir paytlar imperatorlar poytaxtiga kiraverishda turgan, endilikda yarim vayronaga aylangan Rasyomon darvozasining tomi ostiga yashirinadi. Ko‘hna tomdan loyqa suv oqar, erkaklar esa oshiqmay suhbat qurardi. Ulardan ikkisi o‘zi befarq qoldira olmagan sud ishida ishtirok etgandi. Samuray o‘ldirilgan, rafiqasining sha’ni toptalgan... Lekin bu qanday yuz bergan? Kurosava bizga hodisaning to‘rt versiyasini ko‘rsatadi va ularning barchasi bir-biriga zid.

    Qotillik va zo‘rlash changalzorda — tartibsiz sharoitida ro‘y beradi. Bu esa qahramonlarni me’yorlarga rioya qilish, instinkt va his-tuyg‘ularni bostirish majburiyatidan qutqaradi. Fojiaviy sahnalar iloji boricha ishonarli tarzda suratga olingan. Biz har bir hikoyachining variantini uning ko‘zi bilan emas, balki chetdan kuzatganday bo‘lamiz. Kamera qahramonlarni eng kutilmagan rakurslarda ko‘rsatadi. Daraxt shoxlari orasidan charaqlab tushayotgan quyosh nurlari aktyorlar yuzida nur va soya o‘yinini aks ettirib, ulardagi kechinmalarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Hamma narsa haqiqatga eltayotganiga ishora qiladi, lekin haqiqat qo‘ldan sirpanib chiqib ketaveradi. O‘rmon sahnalari orqali Kurosava “inson qalbi osongina adashishi” mumkin bo‘lgan shahvat dunyosini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.

    Shunday qilib, shabadaning yengilgina epkini bosqinchi Tadzyomaruni uyg‘otib yuboradi va uni zo‘ravonlikka undaydi. Film so‘nggida nihoyat yomg‘ir tinadi va Rasyomon darvozasi tomondan quyosh chiqadi. Uning nurlari yorqin kelajakning siyqa metaforasi emas, balki borliq qonuniyatlarining bayonidir. Quyosh nurlari murosasiz, hali ham mavjud. Yomg‘ir abadiy yog‘a olmaydi, quyosh har kuni porlamaydi, tevarak-atrof tinimsiz o‘zgarib turadi va inson ham shu dunyoning bir bo‘lagidir.

    Keyin nimani ko‘rish kerak?

    “Yashash” filmidan olingan kadr.

    “Yashash” filmidan olingan kadr.
    Foto: Toho

    “Rasyomon” filmi bilan tanishgandan so‘ng rejissorning “Yashash” filmidan boshlab, hozirgi zamon haqidagi (yaponchada “gendaygeki”) filmlariga murojaat qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bosh qahramon (Kurosavaning sevimli aktyorlaridan biri Takashi Shimura o‘ynagan) kichkina odam, oddiy munitsipal xizmatchi bo‘lib, hamkasblari uni “mumiya” deb ataydi. Deyarli butun umrini yolg‘izlikda, maqsad va qiziqishlarsiz o‘tkazgan bu odam bir kuni saraton kasalligidan tez orada vafot etishi mumkinligidan xabar topadi.

    Endi har bir kun oxirgisi bo‘lishi mumkinligini anglagan qahramon hayot lazzatini his qilishga jur’at etadi. Biroq uning uchun chinakam najot odamlarga, jamiyatga xizmat qilish edi: bor kuchni bolalar maydonchasi qurilishiga sarflaydi. Eng esda qolarli va tez-tez iqtibos o‘rnida keltirib turiladigan sahnalardan birida qahramon o‘zi barpo qilgan bog‘dagi belanchakda o‘tirgancha asta xirgoyi qiladi: “Umr qisqa! Seving, qizlar, seving!”. Osmondan pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘moqda, belanchakning bir tekis harakati qahramonning xotirjam va xushnud kayfiyatini ifoda etadi.

    1952-yilda Lev Tolstoyning “Ivan Ilichning o‘limi” qissasi asosida ishlangan “Yashash” filmi Berlin kinofestivalida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. G‘arb tomoshabinlari Kurosavaga urushdan keyingi yapon jamiyati haqidagi filmlar rejissori sifatida qaray boshladi. Yaponlar Kurosavani bu qiyofada “Sarxush malak” (Drunk Angel) va “Daydi it” (Homeless Dog) filmlari orqali avvalroq tanigandi: bu filmlarda Yaponiyaning urushdagi mag‘lubiyati va dunyoning yangi tartibotlariga moslashish qiyinchiliklari ochib berilgan. Ushbu kartinalar orqali “zamonaviy” Kurosava bilan yaxshiroq tanishishingiz mumkin. “Sarxush malak” urushdan keyingi kinematografiyada mashhur bo‘lgan yapon yakudza gangsterlari haqidagi janrni boshlab bergani bilan ajralib turadi.

    Gangsterlar haqidagi filmlar bilan tanishgandan so‘ng Kurosavaning kostyumli kinotasmalari tomoshasiga kirishishning ayni vaqti. Ushbu filmlar ko‘pincha tarixiy stereotiplarni zamonaviy nuqtai nazardan qayta talqin qiladi.

    “Rasyomon”da boshlangan mukammallashgan samuray obrazini dekonstruksiya qilish “Yetti samuray” nomli yorqin blokbasterda davom ettirilgan. Bo‘yoqdor jang sahnalari bir vaqtning o‘zida uchta kamerada suratga olingan, bu esa Kurosavaning o‘ziga xos texnikasi, texnik yangiliklari ichida eng muhimi edi. Samuraylar turkumini “Maxfiy qal’adagi uch muttaham” va “Tansoqchi” filmlari bilan davom ettirish mumkin.

    So‘nggi muhim nuqta — G‘arb klassik adabiyotiga murojaat. “Qonga botgan taxt” (Throne of Blood) Shekspirning “Makbet” asari ta’sirida olingan bo‘lsa, “Yugurdi” (Ran) filmi “Qirol Lir” asosida olingan. Rus adabiyoti durdonalari Kurosavaning “Telba” va “Tubanlikda” kartinalarida o‘z aksini topgan.

    Kurosava filmlaridan yettita klassik kadr

    “Daydi it” filmidan olingan kadr. Naura jinoiy janrini yodga soluvchi ramziy panjara fonida qidiruv olib borayotgan ustoz va shogird (Takashi Shimura va Toshiro Mifune) qiyofasi aks etgan.

    “Daydi it” filmidan olingan kadr. Naura jinoiy janrini yodga soluvchi ramziy panjara fonida qidiruv olib borayotgan ustoz va shogird (Takashi Shimura va Toshiro Mifune) qiyofasi aks etgan.
    Foto: Toho

    “Qonga botgan taxt” filmidan olingan kadr. Shekspirning “Makbet” pyesasi asosidagi film Yaponiya o‘rta asrlari sharoitida suratga olingan. Aktyor Toshiro Mifunening ko‘zlaridagi qo‘rquv haqiqiy, chunki bu mashhur sahnani suratga olish vaqtida unga otilgan o‘qlar ham haqiqiy edi. 

    “Qonga botgan taxt” filmidan olingan kadr. Shekspirning “Makbet” pyesasi asosidagi film Yaponiya o‘rta asrlari sharoitida suratga olingan. Aktyor Toshiro Mifunening ko‘zlaridagi qo‘rquv haqiqiy, chunki bu mashhur sahnani suratga olish vaqtida unga otilgan o‘qlar ham haqiqiy edi. 
    Foto: Toho

    “Yashash” filmidan olingan kadr. Yog‘ayotgan qor parchalari belanchakning bir tekis harakati bilan birgalikda qahramon boshdan kechirayotgan xotirjam va xushnud kayfiyatini ifodalaydi.

    “Yashash” filmidan olingan kadr. Yog‘ayotgan qor parchalari belanchakning bir tekis harakati bilan birgalikda qahramon boshdan kechirayotgan xotirjam va xushnud kayfiyatini ifodalaydi.
    Foto: Toho

    “Yetti samuray” filmidan olingan kadr. Aktyorlar moslashuvchanligi va mahorati, mizansahna dinamizmi va operatorning virtuoz ishi Akira Kurosavaning jangovar filmlariga xos shaxsiy uslubini yuzaga chiqargan. 

    “Yetti samuray” filmidan olingan kadr. Aktyorlar moslashuvchanligi va mahorati, mizansahna dinamizmi va operatorning virtuoz ishi Akira Kurosavaning jangovar filmlariga xos shaxsiy uslubini yuzaga chiqargan. 
    Foto: Toho

    “Rasyomon” filmidan olingan kadr. Aktyorlar yuzidagi nur va soya o‘yini his-tuyg‘ularni ochib beradi, qahramonlar taftini deyarli sezganday bo‘lasiz. 

    “Rasyomon” filmidan olingan kadr. Aktyorlar yuzidagi nur va soya o‘yini his-tuyg‘ularni ochib beradi, qahramonlar taftini deyarli sezganday bo‘lasiz. 
    Foto: Daiei Film

    “Rasyomon” filmidan olingan kadr. Sud jarayoni kadrlarining sahnalashtirilgan geometriyasi changalzordagi realistik sahnalarga qarama-qarshi qo‘yilgan. Bu o‘rinda aktyorlar tomoshabinga bevosita murojaat qilgan holda kamera uchun rol o‘ynaydi. 

    “Rasyomon” filmidan olingan kadr. Sud jarayoni kadrlarining sahnalashtirilgan geometriyasi changalzordagi realistik sahnalarga qarama-qarshi qo‘yilgan. Bu o‘rinda aktyorlar tomoshabinga bevosita murojaat qilgan holda kamera uchun rol o‘ynaydi. 
    Foto: Daiei Film

    “Dersu Uzala” filmidan olingan kadr. Film SSSRda sovet aktyorlari ishtirokida suratga olingan, ammo filmdagi bosh rol tabiat izmiga yuklangan.

    “Dersu Uzala” filmidan olingan kadr. Film SSSRda sovet aktyorlari ishtirokida suratga olingan, ammo filmdagi bosh rol tabiat izmiga yuklangan.
    Foto: Daiei Film

     Qaysi filmdan boshlamaslik kerak?

    Kurosavaning ijodiy merosini kinodagi mualliflik nazariyasi doirasida ko‘rib chiqish kerak. 1950-yillarda Fransiyada paydo bo‘lgan bu yo‘nalish studiya kinosanoati sharoitida o‘zgacha, takrorlanmas imzosini (mualliflik uslubini) shakllantira olgan mualliflar (rejissorlar) roliga urg‘u beradi. Biroq Akira Kurosavaning filmlari ushbu konsepsiyaning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u bilan rejissorning barcha kartinalarini tasniflab bo‘lmaydi.

    Ikkinchi Jahon urushi va Amerika istilosi davrida (1945—1952) yapon kinosi kuchli targ‘ibot quroliga aylantirilgandi. “Chiroyda tengsizlar” filmida Kurosava harbiy texnika uchun optik asboblar ishlab chiqaruvchi zavodning yosh ishchi qizlari o‘rtasida rejani ortig‘i bilan bajarish uchun kechgan har kungi kurashlarni ko‘rsatib bergan.

    “Dersu Uzala” filmidan olingan kadr

    “Dersu Uzala” filmidan olingan kadr
    Foto: Yellowradio

    1946-yili bosqinchi hukumat topshirig‘i bilan 1930-yillarda urushga qarshi bo‘lgan so‘llar harakatini bostirish haqida hikoya qiluvchi “Yoshlikdan afsuslanmaymiz” filmi suratga olinadi. Ikkala film ham haddan tashqari siyosatlashtirib yuborilgan, bu esa keyinchalik betaraflikni saqlashga harakat qilgan Kurosavaga xos emasdi (Sovuq urush davrida uning filmlari Sharq va G‘arb kinotanqidchilari tomonidan teng baholangan). Shu sabab, Kurosavaning davlat buyurtmasi bilan suratga olingan g‘oyaviy filmlarini keyinga qoldirish mumkin. Tomoshani SSSRda sovet aktyorlari ishtirokida suratga olingan va rejissorga ikkinchi “Oskar”ni olib kelgan “Dersu Uzala” filmidan ham boshlamagan durust.

    Kurosava kimlar bilan ishlagan?

    Yapon madaniyatida, odatda, hurmat bilan qaraladigan murabbiylik mavzusi Kurosava filmlarida muhim o‘rin tutadi. Yoshi ulug‘ do‘st, ota, dono maslahatchi rolini ko‘pincha Takashi Shimura o‘ynagan. “Yashash” filmidagi bosh rol ijrochisi o‘z faoliyatini teatr sahnasidan boshlagan. Yulduzbop tashqi ko‘rinishga ega bo‘lmasa ham, Kurosava filmlarida to‘la ochib berilgan g‘aroyib iste’dodi tufayli urushdan keyingi yapon kinosi yulduziga aylangan. Shimuraning kichik hamrohi roli, odatda, Toshiro Mifunega nasib etgan. Kinoga kelishidan avval Mifune olti yil harbiy xizmatda bo‘lgandi va u yerda fotosuratlar bo‘limida ishlagandi.

    Xizmatni o‘taganidan so‘ng u kinooperator bo‘lishdan umid qilgandi, lekin Toho studiyasi rahbariyati yigitni kinoda aktyorlik qilishga ko‘proq mos tushadi deb qaror qiladi. Haqiqatanam, Mifune ko‘p yillar mushakdorlikning namunasi bo‘lgan. Hayotda Mifune va Shimuralar oilasi do‘st bo‘lgan.

    Akira Kurosava aktyor Toshiro Mifune surati yonida

    Akira Kurosava aktyor Toshiro Mifune surati yonida
    Foto: Brian Brake / Diomedia

    Iste’dodli operator Kadzuo Miyagava Kurosava bilan faqat “Rasyomon” va “Tansoqchi” filmlarida hamkorlik qilgan, ammo uning rejissor faoliyatida tutgan o‘rnini inkor etib bo‘lmaydi. Bolalikda Miyagava bo‘yoq (suyobokuga) yordamida bajariladigan an’anaviy tasviriy san’at turlarini o‘rgangandi va yorqin ranglardan foydalanolmasligi uni juda xafa qilardi. Keyinchalik xotiranomalarida yozishicha, operator bo‘lib, oq-qora plyonka bilan ishlay boshlaganidan so‘ng unga hammasidan ko‘ra monoxrom rasm chizish mahorati asqatgan.

    Miyagava “Rasyomon”ning ilk sahnasidagi jala uchun suv qo‘shilgan siyohdan foydalangan. Voqealar o‘rmonda kechadigan sahnalarda Miyagava Kurosavaning quyoshni suratga olish orzusini ro‘yobga chiqaradi. Buning uchun obyektivni qoraytirib, kinokamerani yorug‘lik manbasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirishga imkon beruvchi maxsus filtrlar ixtiro qilingan. Tabiiy nurni shox-shabbalar ostida iloji boricha teng taqsimlash uchun oddiy nur qaytargichlar o‘rniga katta oynalardan foydalanilgan. Bu texnik topilmalarning barchasi Miyagavaning ijodiy izlanishlari natijasi edi.

    Kurosava haqidagi hikoyani Teruyo Nogami haqida gapirmay turib yakunlab bo‘lmaydi. Kutubxona kollejini tamomlab, bir necha yil gazetada, so‘ngra nashriyotda ishlagan Teruyo Daiei Film kinostudiyasiga ishga joylashadi. 1950-yilda Nogami “Rasyomon” filmi suratga olinayotgan maydonchada faoliyat yurita boshlaydi. U o‘shanda endigina 23 yoshga kirgan va bu rejissorning ssenariy bo‘yicha yordamchisi sifatidagi uning birinchi mustaqil ishi edi. Shu lavozimda, keyinchalik asosiy prodyuser sifatida bu ayol Kurosava bilan “Hamon yo‘q” nomli so‘nggi filmigacha birga ishladi. Rejissor tirikligida Teruyo Nogami uning sodiq yordamchisi va suratga olish maydonchasidagi barcha jarayon uchun javobgar bo‘lgan. Kurosava vafotidan keyin Teruyo Nogami unga atab ko‘plab maqolalar yozdi. Rejissorga bag‘ishlangan ijodiy ishlari ichida eng mashhuri “Waiting on the Weather: Making Movies with Akira Kurosawa” deb nomlanadi.

    03.01.2022, 16:11   Izoh (0)   38232
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.