• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    Saraton — istalgan kishi uchun eng qo‘rqinchli tashxislardan biri. Onkologik kasalliklar o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallaydi. Biroq kasallik o‘z vaqtida aniqlanib, zarur muolajalar qilinganida saratonni ham yengish mumkin. Saraton tashxisi og‘ir sinov, biroq hayotning yakuni degani emas. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida davo muolajalari tufayli saraton ustidan g‘alaba qozonganlar kam emas.

    “Tushkunlikka tushib qolish kerak emas”

    Foto: Sobirjon Rahimjonov arxividan

    Foto: Sobirjon Rahimjonov arxividan

    Tomoshabinlar aktyor Sobirjon Rahimjonovni “Opa-singillar” serialidagi mehribon qaynota roli orqali yaxshi tanishadi. 81 yoshni qarshilagan aktyor hamon taklif etilgan rollarni rad etmaydi va dublyaj jarayonlarida ham ishtirok etadi. 11 yil avval shifokorlar uni hayoti nihoyalanayotganidan ogohlantirgan edi. Ammo unday bo‘lmadi.

    — 70 yoshni qarshilab biror marta kasallikdan aziyat chekkan inson emasdim. Ayni “Opa-singillar” serialining suratga olish ishlari avjiga chiqqan paytda qulog‘im orqasida no‘xatdek tugun paydo bo‘ldi. 7-son shahar kasalxonasiga borib ko‘rikdan o‘tsam, shifokor bitta ukol bilan tugun yo‘qolishini aytdi. Afsuski, muolajadan so‘ng kichik tugun kattalashib ketdi. Shoshilinch Respublika onkologiya markaziga yuborishdi.

    Tahlillarning bari saraton kasalligiga chalinganimni ko‘rsatdi. Aslida bu tugunni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlamasa, ahvol yanada og‘irlashishi mumkin ekan. Shu bois, tahlillarni shveysariyalik mutaxassislarga yuborishdi.

    Bir haftadan keyin: “Tugun asosiy qon tomirga juda yaqin, operatsiya qilish xavfli” degan javob xati keldi. Shundan so‘ng davolash ishlarini boshlashdi. Har oy bir hafta davomida kasalxonada yotib davolandim. Umumiy hisobda 14 ta kimyoterapiya va 18 marotaba nur amaliyotlarini oldim. Qattiq tushkunlikka tushib qolgandim, ammo kasalxonadagi bemorlarning ahvolini ko‘rib, Yaratganga shukr aytdim. U yerda hali yoshiga to‘lmagan go‘daklar, chimildiq ko‘rmagan yigitlar, emizikli onalar ham bor edi.

    “Opa-singillar” serialining suratga olish maydonchasiga kelib kayfiyatim ko‘tarilardi. Aktyorlar jamoasi ko‘nglimga qarab, yupatishga urinishardi. “Doda o‘lib qolmasinlar, serialni tugatib olaylik”, degan gaplar ham qulog‘imga chalindi. Ammo ranjiganim yo‘q. Haqiqatan ahvolim havas qilgudek emasdi. Shukrki, umrim uzoq ekan, davolanishlar samara berib darddan xalos bo‘ldim. Inson tushkunlikka tushib qolishi kerak emas. Ruhiyat butun tanani boshqaradi, “Men o‘laman” degan fikr miyaga o‘rnashib qolsa, muolajalar samara bermaydi.

    “Hayotning bahosi qimmat ekan”

    Foto: Instagram / @akisha_Parast

    Foto: Instagram / @akisha_Parast

    Aliye Parast — asli professional raqqosa, ammo uni ko‘pchilik “Meni asra” serialidagi Ruxshona obrazi orqali tanishadi. U ham og‘ir xastalikka chalinib, hayot narxi nihoyatda qimmat ekanini anglab yetgan.

    — Saraton – juda qo‘rqinchli so‘z, ochig‘i u haqida o‘ylashni ham istamayman. Menga 3-bosqich Nexojkina limfoma tashxisi qo‘yilgan. Kasallik kun sayin rivojlanib borgan. Juda ko‘p terlardim, chap qo‘limni qimirlatishga ham kuchim yetmasdi. Ko‘kragim va qo‘lim tutashgan nuqtada kuchli og‘riqni his qilardim. Har kuni qattiq nafas qisishi, zaiflik, kuchli yo‘tal, bo‘yin va yuz shishish holatlari kuzatilardi. Og‘riqlar sabab tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmasdi.

    O‘zim yashaydigan Farg‘onadagi eng malakali shifokorlarning bariga murojaat qildim. Ammo ulardan samara bo‘lmagach, og‘ir ahvolda Toshkentga keldim. Tekshiruvlar natijasida 21 santimetr o‘simta va o‘pkamda 1 litr suv borligi aniqlandi. Respublika onkologiyasi shifokori Sergey Viktorovich Kamishov tahlil natijalarini ko‘rib, menga umid berdi. Uch yillik davolanishlar o‘z samarasini berib darddan butunlay qutuldim.

    Saraton bilan kurashgan uch yillik umrimni so‘z bilan ifodalab berishim qiyin. Hayotning bahosi naqadar qimmat ekanini ana o‘shanda his qilganman. Bu xastalik bilan kurashayotgan insonlarga maslahatim — har kimning ham gapiga quloq solmang, tabibga-ku murojaat qilmaganingiz ma’qul. Sababi bularning bari vaqtni besamar o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Saraton — hammasi tugadi, degani emas. Uning ham davosi borligini unutmaslik va muolajalarni kechiktirmay boshlash kerak.

    “Men kasalman, demang”

    Bahrom Matchonov – o‘zbek tomoshabinlariga “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Shaytanat” va “Ilhaq” filmidagi rollari bilan yaxshi tanish. 19 yildan buyon AQShda istiqomat qilayotgan aktyorni hayot ko‘p bor sinagan. 2006-yilda unda limfomiya xastaligi aniqlangan.

    — AQShga kelganimda deyarli ingliz tilini bilmasdim. Xorijda yashash, odamlariga moslashishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Oradan to‘rt yil o‘tib, menda limfomiya xastaligi aniqlandi. Juda tez vazn yo‘qotdim. Charchoq, holsizlik, ko‘p terlash, og‘riqlar...

    Dard qanchalik og‘ir bo‘lmasin odam o‘zini qo‘lga olishi, ruhan sinmasligi kerak. Bu xastalik bilan bir-ikkita tanishim ham davolangan. Shu bois, ruhiyatimni cho‘ktirmadim. Amerikalik shifokorlarga ming rahmat, garchi hujjatlarim bo‘lmasa-da, ijtimoiy himoya xodimlarining yordami sabab, bepul davolandim. “Men kasalman!” degan fikr miyaga o‘rnashib qolsa, tanadagi og‘riqlar yanada zo‘rayadi. Shu bois, kasallik aniqlangan taqdirda ham “Men sog‘lomman, kasallik meni yengolmaydi”, deb o‘z-o‘zini ishontirish sog‘ayishning eng mukammal davosi hisoblanadi.

    “Qizim tug‘ilgach, darddan qutuldim!”

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Gulchehra Sa’dullayeva – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek tomoshabinlari qalbiga Zaynab roli orqali muhrlangan ijodkor. Unga 31 yil avval shifokorlar tanasida og‘ir xastalik kurtak ochayotganini aytishgan. O‘shanda aktrisa 39 yoshda edi.

    — Kasallikning kelishi oson, ketishi qiyin. Tan olish kerak, o‘zbek ayollari sog‘lig‘iga nihoyatda e’tiborsiz bo‘ladi. Menda ham toliqish, kuchli charchoq, asabbuzarlik va ko‘krak qismida sanchiqlar bo‘lib turgan. Shifokorlar menda “kista” borligi aniqladi. Ulardan biri xastalikdan qutilishning eng oson yo‘li farzandli bo‘lish ekanini aytdi. Shu yoshda farzand ko‘rishga biroz ikkilandim, ammo Allohning qudrati bilan qiz farzandlik bo‘ldim. Kenjatoyim Muqaddas tug‘ilgach, tanamdan dard ham aridi. Farzand nafaqat oilani quvonchga to‘ldiradi, ona tanasini ham yashartiradi.

    “Ahvolim ancha yaxshilandi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Saida Rametova – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 37 yildan buyon san’at qozonida qaynayotgan ijodkor. 2020-yil u uchun ham quvonarli va sinovli yil bo‘ldi. Boisi, Turkiyadagi gastrol safari chog‘ida unda 2-darajali ko‘krak saratoni xastaligi aniqlandi.

    — 2020-yil butun dunyo uchun sinovli yil bo‘ldi. Ayni pandemiya avjiga chiqqan paytda bir guruh ijodkorlar bilan Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialida suratga tushayotgandik. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilib ketma-ket qaynsinglim va tug‘ishgan opamdan ayrilganimni aytishdi. Yaqinlarimni so‘nggi manzilga kuzatolmadim, deb rosa yig‘ladim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay chap ko‘kragimda og‘riq paydo bo‘ldi, shamol tegdi, deb taxmin qildim. Ammo og‘riq zo‘rayib boraverdi. Tohir Saidov shifokorga ketayotgan ekan, men ham ko‘rikdan o‘taman, deb unga ergashdim. Tohirni besh daqiqada ko‘rikdan o‘tkazishdi, meni esa ancha vaqt tekshirishdi. Keyin professor menda 2-darajali ko‘krak saratoni xastaligi aniqlanganini ma’lum qildi. Kasallik haqida o‘ylaganim yo‘q, faqat begona yurtda qolib ketmaslikni, tezroq oilam bag‘riga qaytishni istadim. Xayriyatki, bir necha kundan keyin Toshkentga charter reys bilan samolyot uchadigan bo‘ldi. O‘zbekistonga qaytib muolajalarni oldim. Shu kungacha bir necha marta kimyoterapiya, undan keyin nur oldim. Ahvolim ancha yaxshilandi.

    Mavzuga doir: 

    • Saraton, diabet, revmatizm. Og‘ir kasalliklar bilan kurashib yashayotgan Gollivud yulduzlari
    • Aktyor Bahrom Matchonov saratonga chalingani va uni qanday yenggani haqida gapirib berdi (video)
    P.S.: Dunyoda davosiz dardning o‘zi yo‘q. Ishonch, sabr va harakat har qanday dardni yengadi. “Men sog‘lomman” deb hayotga kulib boqing. Zero, bu xastalikka chalingan yagona inson siz emassiz. Minglab insonlar davo topgan xastalikni siz ham yengolasiz.

    29.09.2021, 14:39   Izoh (0)   223546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim”. Obid Asomovning qizi hazil tariqasida aytgan gapi haqiqatga aylangani haqida (video)

    25.09.2021, 12:48

    “U yerda sizga hech kim mehr bermaydi”. Zarina Yo‘ldoshevaning mehribonlik uyi haqidagi haqiqatlari va davlat bergan uyni rad etgani haqida (video)

    22.09.2021, 20:59

    “Ularning to‘ylardan katta pulni olib ketishi bizni ranjitardi”. Munojot Yo‘lchiyeva fonogrammada kuylaydigan hamkasblari haqida (video)

    22.09.2021, 17:56

    “Sardor” seriali qahramonlari 21 yildan so‘ng qanchalar o‘zgargan va ular qanday ishlar bilan band (foto va video)

    19.09.2021, 10:55

    “Bularning barchasidan shunchalik charchadimki...”. Buyuk insonlarning o‘limi oldidan aytgan so‘nggi so‘zlari (foto)

    18.09.2021, 12:59

    “Sardor” serialidagi janjalkash kursant Jamshid Arslonov syomka vaqtida o‘g‘lidan ayrilgani haqida gapirib berdi (video)

    18.09.2021, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.