• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Hammasi shundan boshlandi: mashhur turk aktyorlarning birinchi rollari

    Eng ulkan muvaffaqiyat ham doimo birinchi roldan boshlanadi. Ba’zan bu asosiy va muhim rol bo‘ladi, ba’zan esa kichik rol, biroq loyiha butun dunyoga tanilgani sababli har bir aktyor yulduzga aylanadi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, kinodagi ilk tajriba muvaffaqiyatsiz chiqadi, ammo maqsadga intiluvchan va shijoatli iste’dodlar yulduzlar sari mashaqqatli yo‘llarini davom ettiradi. Keling, mashhur turk aktyorlari va ularning hammasi qaysi rollardan boshlangani haqida gaplashamiz.

    Burak O‘zchivit

    Mubolag‘asiz aytganda, jahon miqyosidagi yulduz turk kinosining ramzlaridan biriga aylandi. U butun dunyo bo‘ylab uchrashuvlar uyushtiradi, Rossiyaga tez-tez tashrif buyuradi. Ko‘plab hamkasblari kabi Burak O‘zchivit ham kinoga podiumdan kirib kelgan: modellik sohasida yutuqlarga erishgach, kino sanoati vakillarining e’tiborini jalb etgan.

    Kinodagi ilk tajribasi “Minus 18” (2006) nomli ko‘p qismli dramatik triller bo‘ldi. Burak serialda politsiya komissari Murat rolini ijro etdi. Muvaffaqiyatli debyutdan so‘ng O‘zchivit bir qancha asosiy rollarga taklif etildi: “Yuqtirilgan”, “Istanbulning kichik sirlari” va boshqa seriallarda. Keyinchalik aktyor “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi”, “Akam” filmi hamda butun dunyo muxlislari sevib tomosha qiladigan ko‘plab asarlarda bosh qahramonga aylandi.

    Kivanch Tatlitug‘

    Aktyorning yo‘li ham podiumdan boshlandi. Biroq Kivanch Tatlitug‘ modellik olamiga kirolmasligi ham mumkin edi: yakka-yu yagona o‘g‘lining dizaynerlikda o‘qishdan mamnun emasligini ko‘rgan onasining maslahatiga quloq soldi. Bo‘lajak aktyor sahnalarda yulduz bo‘lib porladi, mashhur dizaynerlar bilan hamkorlik qildi, ammo modellik karyerasi uzoqqa cho‘zilmasligini anglab yetdi. Shu bois u aktyorlikka qiziqib qoldi, maxsus kurslarni tamomladi va ko‘p o‘tmay o‘zining ilk bosh rolini qo‘lga kiritdi.

    Kivanch “Kumush” (2005) serialida ilk bor ko‘rindi, darhol tomoshabinlar hamda rejissyorlarning e’tiborini tortdi. Bugungi kunda uning filmografiyasida 20 ga yaqin ish mavjud. Ular orasida “Menekshe va Xalil”, “Taqiqlangan sevgi”, “Mard va go‘zal”, “Trubadurlar festivali” va boshqa ko‘plab asarlar bor. Ularning aksariyatida u bosh rollarni ijro etgan.

    Xalit Ergench

    Xalit Ergench yoshligida dengizchi bo‘lishni orzu qilgan: uzoq sayohatlar romantikasi unga hayotdagi eng yorqin sarguzasht bo‘lib ko‘rinardi. Biroq yigit konservatoriyaga o‘qishga kirib, opera qo‘shiqchiligini o‘rgandi va vokal bilan shug‘ullandi. O‘sha paytda aktyor bo‘lishga qat’iy qaror qilgandi.

    Ta’limni tugatgandan so‘ng dastlabki paytlarda Xalit rejissyorlar e’tiboridan chetda qolgani uchun reklamalarda suratga tushish va musiqiy filmlarda qatnashish orqali pul topardi. Ko‘p o‘tmay u seriallar epizodlarida ham rol o‘ynay boshladi. Masalan, “Telbalar” (1996) va “Qora farishta” (1997) seriallarida. Ko‘pchilik muxlislar to‘liq ma’noda uning karyerasi va shuhrati “Zerda” (2002) seriali chiqqandan so‘ng kelgan deb hisoblashadi.

    Kerem Bursin

    10 yoshidan boshlab yosh Kerem Bursin oilasi bilan AQSHda yashay boshladi. Yigit yoshligidanoq aktyorlik kasbini orzu qiladi, ammo otasi o‘g‘li uchun jiddiyroq karyerani ma’qul ko‘radi. Kerem oliy o‘quv yurtiga kirib, marketing sohasida ta’lim olishga harakat qildi, biroq qalbi kino olamiga intilardi. Onasining qo‘llab-quvvatlashi bilan u aktyorlik mahoratini o‘rganishga kirishdi. Bu oson kechmadi: pulsiz qolgan paytlarda Bursin oilasidan yordam so‘rashni istamay, ofitsiant va haydovchi bo‘lib ishladi.

    Bir kuni prodyuser va rejissyor Rojer Korman tirishqoq va yoqimtoy Bursinni ko‘rib qolib, uni kastingga taklif etadi. Kerem Bursin birinchi epizodik rolini “Payshanba” (2006) jangari filmida ijro etdi. Ko‘p o‘tmay, Kerem turk kinosida o‘z o‘rnini topdi. “Quyoshni kutib” seriali namoyishidan so‘ng aktyorning shuhrati tez sur’atda o‘sa boshladi.

    Fahriye Evjen

    Fahriye Evjen maktab yillaridan boshlab spektakllarda qatnashgan. Ammo oliy ta’lim muassasasida sotsiologiya va menejmentni o‘rganishga harakat qiladi. Mutaxassislik unga yoqmagani sababli ta’til paytida qizga turk filmida suratga tushish taklifi kelganda, o‘qishni ikkilanmasdan tashlab ketadi.

    Kino sanoati vakillari onasi bilan ta’tilga kelgan Fahriyeni Istanbulda ko‘rib qolishadi. Shunday qilib, u “Sog‘inch” (2005) seriali epizodida suratga tushadi. Bosh rolda ishtirok etgan asari “Xazonrezgi” seriali hisoblanadi. Hozirda aktrisaning 20 ga yaqin ishlari mavjud, ular orasida “Alp-Arslon: Saljuqiy”, “Hayotimdagi gol”. “Sen mening uyimsan”, “Choliqushi” kabilar bor.

    Hande Erchel

    19 yoshida Hande Erchel go‘zallik tanlovida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shundan so‘ng uni jurnallarda suratga tushish va kino sinovlariga taklif etishadi. Ko‘pchilik Erchelning karyerasidagi birinchi roli “Choliqushi” seriali bo‘lgan deb hisoblaydi, ammo bu unchalik to‘g‘ri emas.

    Mazkur serialdan oldin u “Tatarcha ramazon” (2013) serialida rol o‘ynagan. Shundan so‘ng aktrisa yana o‘nlab loyihalarda, jumladan, “Butunlay boshqacha”, “Uzuk”, “Qalbim eshigini qoq” va boshqa ko‘plab asarlarda suratga tushadi.

    Neslihan Atagul

    Neslihan Atagul o‘smirlik paytida reklama agentligiga qo‘ng‘iroq qilib, kasting uchun kelishib oladi. Onasi qizining rejasidan mamnun bo‘lmasa-da, uni olib boradi va shu tariqa bo‘lajak aktrisani qo‘llab-quvvatlaydi.

    Bir nechta reklama roliklaridan so‘ng, qiz “Birinchi muhabbat” (2006) dramatik komediyasida kichik rol ijro etadi. Tez orada u “Xazonrezgi” serialida qatnashadi. Professional aktyorlik ta’limini olgach, tobora ko‘proq film va seriallarda asosiy tarkibda rol ola boshladi. Hozirda uning filmografiyasida o‘ndan ortiq rol mavjud, ular orasida “Sevgi iztirobi”, “Ishq sohillari”, “Tun oxirida”, “Elchining qizi” va boshqa ko‘plab asarlar bor.

    Maryam Uzerli

    Maryam Uzerli aktyorlik kasbidagi ilk tajribasini 5 yoshida, otasining do‘sti boshqargan teatr sahnasida sinab ko‘rgan. Qizining iste’dodini payqagan ota-onasi uni san’at maktabiga jo‘natishgan. Oliy ma’lumot olgach, aktrisa Gamburg teatri sahnasida rol ijro etgan. Kinodagi debyut roli “Ikki kishilik ish” serialidagi ishtiroki bo‘lgan. 2008-yilda “Uchov” filmida va “Inga Lindstrem” serialida rol o‘ynagan.

    Biroq haqiqiy muvaffaqiyat Maryamga turk serialida bosh rolni taklif qilgan dugonasining qo‘ng‘irog‘idan so‘ng kelgan. O‘sha paytda Uzerli Germaniyada tug‘ilib-o‘sgani bois turk tilini bilmas edi. Ammo bu qo‘l kelgan: syujetga ko‘ra, uning qahramoni qrim tatarlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgani uchun uning talafffuzidagi aktsent ma’qul topilgan. Shunday qilib, aktrisa “Muhtasham yuz yil” serialida Xurram rolini o‘ynaydi.

    4 mart, 14:42   Izoh (0)   62234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #turk seriallari#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Otasi tashlab ketgan, paxlava sotuvchi bo‘lishni orzu qilgan, neft magnatining o‘g‘li bo‘lgan: turk kino yulduzlarining muvaffaqiyat tarixi

    21.10.2024, 09:20

    Afra va Mertning pinhona to‘yi va “Qo‘rg‘on sirlari”ning finali: turk seriallari olamidagi eng so‘nggi yangiliklar 

    23.10.2024, 14:54

     2024-yilgi turk seriallari: yangiliklar va mashhur loyihalarning yangi mavsumlari

    01.11.2024, 14:30

    “Turk seriallarini ko‘rmayman”: Burak O‘zchivit muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi

    13.11.2024, 17:25

    “Doktor Haus” va “Sabrina kichik jodugar”: mashhur filmlarning originalidan qolishmaydigan turkcha remeyklari (treyler)

    25.11.2024, 15:46

    Turk seriallarining yutuq va kamchiliklari: tomoshabinlar hafsalasini pir qilayotgan holatlar

    14.11.2024, 17:00

    Kamol, Emir va sulton Sulaymon: turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari

    25.11.2024, 18:59

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Yovvoyi” seriali jarimaga tortildi, Demet O‘zdemir xalqaro sovringa ega bo‘ldi: turk kinosi yangiliklari

    03.12.2024, 13:30

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Har bir qismi uchun 20 ming dollar: “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh qahramonlar qancha gonorar olgan? 

    11.12.2024, 12:30

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari ishtirokidagi 7 ta qiziqarli serial (treyler)

    12.12.2024, 15:48

    Yil sarhisobi: 2024-yilning eng yaxshi turk seriallari (treyler)

    13.12.2024, 16:50

    Qiyofadosh aktrisalar: tashqi jihatdan juda o‘xshash bo‘lgan turk seriali yulduzlari

    20.12.2024, 10:40

    Burak O‘zchivit Turkiyada Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so‘zlab berdi

    23.12.2024, 09:55

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan qolishmaydi: qiziqarli syujetga ega turk seriallari

    24.12.2024, 14:43

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan zerikkanlar uchun: Netflix’ning 5 ta yuqori reytingga ega turk seriallari (treyler)

    15 yanvar, 17:06

    Fahriye Evjen va Pelin Karaxan fentezi janridagi yangi filmda suratga tushdi (treyler) 

    27 yanvar, 18:35

    “Muhtasham yuz yil”ga ham taalluqli: nima uchun turk seriallari juda uzoq davom etadi?

    31 yanvar, 09:32

    Sehrli Sharq: Turkiya atmosferasini o‘zida aks ettirgan yangi seriallar (treyler)

    4 fevral, 11:34

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Aktyor O‘zjan Deniz o‘zidan 22 yosh kichik rafiqasi deb onasini uydan haydadi, singlisini esa kaltakladi

    15 fevral, 12:45

    Turk aktyori Burak O‘zchivit muxlislari bilan uchrashib, suratga tushish uchun qancha so‘raydi?

    27 fevral, 10:05

    Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va boshqa turk seriallari yulduzlarining nikoh to‘yi qanday nishonlangan? (foto)

    28 fevral, 12:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.