• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +45°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Chuqur ma’noli va o‘tkir syujetga ega 7 ta turk seriali (treyler)

    Turk kino va seriallarida asosan sevgi yoki jinoyat mavzulari ko‘tariladi, degan yanglish tushuncha mavjud. Ammo bu haqiqatdan yiroqdir. Turdizi olamida chuqur ma’noga ega, bir qarashda darrov anglash qiyin bo‘lgan o‘tkir syujetli loyihalar ham ko‘p. Quyida kutilmagan burilishlarga boy va psixologik jihatdan murakkab bo‘lgan turk seriallarini havola etamiz.

    Foto: Dzen

    “Nikoh haqida barcha haqiqatlar”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 8,4
    • Janr: drama
    • Rollarda: Gekche Bahadir, Sumru Yavrujuk, Bertan Asllani va boshqalar.

    To‘rt opa-singil Cho‘lpan, Azra, Gunesh va Sanem Istanbulga ko‘chib o‘tadi va yuridik sohada karyera qiladi. Ularning barchasi ajrim jarayonlari bilan shug‘ullanadi. Qizlarning har birining shaxsiy hayoti turlicha rivojlanadi. Cho‘lpan eridan ajrashgan, Sanem nikohga umuman ishonmaydi, Azra baxtli turmush qurgan, Gunesh esa sevgan insoniga turmushga chiqish harakatida. Bir kuni opa-singillarning hayotida kutilmagan voqea sodir bo‘ladi: ularning otasi ko‘p yillar oldin boshqa ayolni deb qizlarning onasini tashlab ketgandi. Shunda qahramonlar oldida o‘z otasini kechirish yoki kechirmaslik tanlovi turadi.

    “Qizil xona”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 8,0
    • Janr: drama
    • Rollarda: Binnur Kaya, Gulchin Kultur Shahin, Baran Jan Eraslan, Sezin Bozachi, Tulin O‘zen va boshqalar.

    Turli qahramonlar, siniq taqdirlar va ularning barchasiga bitta psixiatr yordam berishga tayyor bo‘ladi. Har bir qismda tomoshabinlar qabulga kelgan yangi qahramon bilan tanishadilar. Mutaxassis kreslosida esa, “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi Nuket rolidan tanish bo‘lgan, maftunkor Binnur Kaya o‘tiradi. Filmda bemorlar hayoti ko‘rsatiladi, ularning muammolariga chuqur kiriladi va psixoterapevt bilan birgalikda og‘riqli zanjirlardan qutulishga yordam beradigan yechim topishga harakat qilinadi.

    “Fi. Chi. Pi”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 7,8
    • Janr: drama, melodrama
    • Rollarda: Serenay Sarikaya, Ozan Guven, Mehmet Gunsur va boshqalar.

    Turkiya uchun noodatiy hisoblangan “Fi. Chi. Pi” serialida tanish chehralar talaygina. Masalan, bosh rollarni Mehmet Gunsur hamda O‘zan Guven ijro etgan. Psixologik triller markazida iste’dodli psixiatr Jan Manay turadi. U muvaffaqiyatli karyera qurib, o‘z sohasining haqiqiy yulduziga aylangan. Muammo shundaki, uning ham qalbida qorong‘i tomonlari bor va bu tomonlar unga balerina Duru yoqib qolgan paytdan boshlab tobora aniq ko‘rina boshlaydi. U sevib qoladi, lekin bu tuyg‘u muhabbatdan ko‘ra ko‘proq qaramlikka o‘xshaydi. Axir Jan psixologik hiylalarni yaxshi biladi. So‘ng u Duru va qallig‘ining hayotini tun-u kun kuzatishni boshlaydi.

    “Biz Istanbulda uchrashdik”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6
    • Janr: triller, drama
    • Rollarda: Oyku Karael, Fatih Artman, Funda Eryigit va boshqalar.

    Bu Istanbulda sodir bo‘ladigan juda g‘ayrioddiy va qiziqarli voqea haqidagi serial. Unda sakkizta qahramonning hayoti bir-biri bilan kesishadi, ammo hikoyaning markaziy qahramoni Meryem (Oyku Karayel) bo‘ladi. Har bir qismda xurofotlarning zararli ta’siri, ijtimoiy ziddiyatlar, madaniy to‘qnashuvlar, ruhiy jarohatlar va insoniy ambitsiyalari kabi mavzular yoritiladi.

    Film an’anaviy musulmon ayol Meryemning qishloqdan shaharga ko‘chib o‘tganidan so‘ng psixiatrga qatnay boshlashi bilan boshlanadi. Uning doimiy hushdan ketishlari bu tashriflarning sababiga aylanadi.

    “Birinchi va oxirgi”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6
    • Janr: drama, melodrama
    • Rollarda: Salih Bademji, O‘zge O‘zbirinji, Ulash Tuna Astepe, Hazal Subashi.

    Butun bir oilaning alamli parchalanishi haqidagi achchiq hikoya. Deniz (O‘zge O‘zpirinchi) va Barish (Salih Bademchi) 10 yildan beri birga yashaydi, lekin endi ular baxtni his qilishmaydi. Cheksiz janjallar, tanbehlar va bir-birlarini eshita olmaslik er-xotinning ajrashish uchun ariza berishiga olib keladi. Bu qaror ularning yosh o‘g‘liga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Qahramonlar vasiylik masalalari haqida bahslashayotgan bir paytda tomoshabinlar sobiq juftlikning munosabatlari tarixini: yorqin tanishuvdan tortib hamma narsa parchalana boshlagan fojiali daqiqagacha bo‘lgan vaqtni tomosha qilishadi.

    “Qog‘oz uy”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6
    • Janr: drama
    • Rollarda: Erdal Beshikchio‘g‘lu, Nur Fettaho‘g‘lu, Tuvana Turkay va boshqalar.

    Jihan jinoyat huquqi o‘qituvchisi, Aylin muvaffaqiyatli advokat, ularning uchta ajoyib farzandi bor: o‘g‘li Mert va qizlari Jemre va Melisa. Qahramonlarning hayoti dahshatli oqshomlarning birida, Jihan va Eylin o‘z uyida ayol jasadini topgach, butunlay o‘zgaradi. Jabrlanuvchi Jihanning sevgilisi, qotil esa 16 yoshli Jemre bo‘lib chiqadi. Qizi qamalmasligi uchun er-xotin jasadni bog‘ga yashirishga va sodir bo‘lgan voqea haqida sukut saqlashga qaror qilishadi. Ammo ko‘p sirlar fosh bo‘ladi va ideal oila qiyofasi qog‘oz uy kabi mo‘rt bo‘lib chiqadi.

    “Shaxsiyat”

    • “Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6
    • Janr: drama, detektiv, kriminal
    • Rollarda: Jansu Dere, Haluk Bilginer, Rejem Usta va boshqalar.

    Mazkur serial Alsgeymer kasalligiga chalingan qotil haqidagi hikoyadir. Nevra ismli ayol Istanbul politsiyasi qotillik bo‘limidagi yagona ayol ishchi bo‘lib, bir kun kelib uning yo‘li Agah bilan kesishadi. Agah 65 yoshli pensioner, avval sud-tibbiyot eksperti bo‘lib ishlagan. Biroq u tunda qotilga aylanadigan atipik manyak bo‘ladi. Afsonaviy turk aktyori Haluk Bilginer ushbu roli uchun Emmi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    4 yanvar, 16:47   Izoh (0)   13654
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #serial#turk

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xurram sulton roli bilan tanilgan, tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri 

    09.11.2024, 16:03

    “Doktor Haus” va “Sabrina kichik jodugar”: mashhur filmlarning originalidan qolishmaydigan turkcha remeyklari (treyler)

    25.11.2024, 15:46

    Turk seriallarining yutuq va kamchiliklari: tomoshabinlar hafsalasini pir qilayotgan holatlar

    14.11.2024, 17:00

    “ ‘Muhtasham yuz yil’da Xurram obrazini ijro etganimdan afsusdaman”: ikki qizini yolg‘iz tarbiyalayotgan Maryam Uzerlining iqrorlari 

    17.11.2024, 23:30

    Turk aktrisasi Maryam Uzerli 11 yil deganda yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

    21.11.2024, 14:49

    Kamol, Emir va sulton Sulaymon: turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari

    25.11.2024, 18:59

    “Yovvoyi” seriali jarimaga tortildi, Demet O‘zdemir xalqaro sovringa ega bo‘ldi: turk kinosi yangiliklari

    03.12.2024, 13:30

    “Choliqushi” seriali yulduzi Aydan Shener bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.12.2024, 15:36

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari ishtirokidagi 7 ta qiziqarli serial (treyler)

    12.12.2024, 15:48

    Yil sarhisobi: 2024-yilning eng yaxshi turk seriallari (treyler)

    13.12.2024, 16:50

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jong Je bosh qahramon xarakteri ikkinchi mavsumda qanchalik o‘zgarishi haqida so‘zlab berdi 

    16.12.2024, 18:35

    “Muhtasham yuz yil”ni qayta-qayta ko‘rishdan charchaganlar uchun 5 ta tarixiy turk seriali (treyler) 

    16.12.2024, 16:40

    Kinoterapiya: tushkun kayfiyatni bartaraf etadigan film va seriallar

    20.12.2024, 11:40

    “Qo‘rg‘on sirlari” qaysi mavsumda tugaydi? Kivanch Tatlitug‘ Istanbulda restoran ochmoqda — turk kinosi yangiliklari

    19.12.2024, 14:40

    Google qidiruv tizimida “Kalmar o‘yini”ni o‘ynash imkoniyati yaratildi (foto)

    23.12.2024, 12:45

    Samolyotlarni yaxshi ko‘rgan bolakay qanday qilib dunyo tan olgan animatorga aylandi — buyuk yapon rejissori Hayao Miyazaki hikoyasi

    28.12.2024, 15:53

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan qolishmaydi: qiziqarli syujetga ega turk seriallari

    24.12.2024, 14:43

    “Taxtlar o‘yini” finaliga 5 yil to‘ldi: serial qahramonlari hozir qayerda va nimalar bilan band?

    25.12.2024, 15:39

    IMDb reytingiga ko‘ra kino tarixidagi eng yaxshi 10 ta serial (treyler)

    25.12.2024, 20:41

    To‘rt tilda so‘zlasha oladigan, turk aktyori qalbini zabt etgan va davosiz kasallikdan aziyat chekadigan Yulduz Rajabova 35 yoshda (foto, video)

    26.12.2024, 11:55

    O‘zbekistonda namoyish etilgan ilk koreys seriali — “Qalbim chechagi” seriali aktyorlari hayoti qanday kechgan? (foto, video)

    2 yanvar, 10:30

    “Qish sonatasi” 22 yoshda: Serialda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi? (foto)

    29.12.2024, 15:50

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi fasli chiqdi: kinotanqidchilar serial haqida ikki xil fikr bildirmoqda

    27.12.2024, 10:46

    Sudlashuv, ajrim va xiyonat. 2024-yilda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan vaziyatlar (foto, video)

    1 yanvar, 09:15

    “Kalmar o‘yini” serialining uchinchi mavsumi qachon chiqadi va u qanday yakunlanadi? (tizer)

    3 yanvar, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoro viloyati sobiq hokimi vafot etdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 18:14

    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

    Reklama | 4 iyul, 18:00

    Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 18:10

    Demi Mur, Timoti Shalame va Mayli Sayrus Gollivuddagi “Shon-sharaf xiyoboni”da yulduzlarga ega bo‘ladi

    Kino | 4 iyul, 17:58

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 4 iyul, 17:38

    Ruminiyada motosiklchi ayiq tomonidan o‘ldirildi

    Dunyo | 4 iyul, 17:31

    O‘zbekiston prezidenti IHT doirasida “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 17:05

    BBC xodimlari teleradiokompaniyani Isroilga “tarafkashlik”da aybladi

    Dunyo | 4 iyul, 17:01

    OAV: Isroil Rossiya bilan Eron va Suriya bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazdi

    Dunyo | 4 iyul, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.