• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    “ ‘Muhtasham yuz yil’da Xurram obrazini ijro etganimdan afsusdaman”: ikki qizini yolg‘iz tarbiyalayotgan Maryam Uzerlining iqrorlari

    Aktrisa Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil”da suratga tushgandan so‘ng u orzu qilgan barcha narsaga: mashhurlik, pul, rejissyorlar va tomoshabinlarning e’tirofiga erishdi. U Xurram obrazini shunday mahorat bilan o‘ynadiki, sulton Sulaymon nima uchun aynan shu ayolga maftun bo‘lgani barchaga ayon bo‘ldi. Ammo uchinchi mavsumning so‘nggi epizodlarida Uzerli nafaqat loyihadan, hatto Turkiyadan ham qochib ketishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Dzen

    Aktrisalik sari

    Bo‘lajak yulduz 1983-yilda Germaniyada ko‘p farzandli oilada tug‘ilgan. Uning onasi nemis, otasi turk bo‘lgan, Maryam to‘rt farzandning kenjasi edi. U bolaligidan san’atga yaqin bo‘lgan. Kichkina Maryam otasining do‘sti tomonidan boshqariladigan teatrda haqiqiy sahnaga birinchi marta chiqqan. Aynan o‘sha paytda yosh qizaloq kelajakda kim bo‘lishini anglab yetgan.

    Foto: Dzen

    Uning ota-onasi qizidagi qobiliyatni ko‘rgach, Maryamni musiqa va teatr san’atiga ixtisoslashtirilgan maktabga berdi. Aynan maktabda u aktyorlik mahoratini o‘rganishga birinchi qadamlarini qo‘ydi. O‘rta ta’limni tugatgandan so‘ng, u Gamburgdagi Freze drama oliygohiga o‘qishga kirdi. U yerga 300 ta abituriyentdan atigi besh nafari qabul qilindi va Maryam Uzerli ular orasida edi.

    U qunt bilan o‘qidi, iqtidorli talabalar safiga kiritildi va Gamburg teatri truppasiga taklif qilindi. Aktrisa teatrda olti yil davomida ishladi. Keyinroq u Germaniya poytaxtiga ko‘chib ketdi va Berlindagi sahnalarda chiqa boshladi. O‘sha yillarda Uzerli kinolarda ham rol o‘ynay boshladi.

    Foto: Dzen

    Asosiy rol

    Kunlarning birida Maryam Uzerlining Gamburg teatridagi hamkasbi unga turk kino ijodkorlari boshlagan yirik loyiha haqida so‘zlab berdi. Tarixiy serial turk kino sanoati tarixida shov-shuvli voqea bo‘lishiga va’da bergan edi. Rejissyorlar allaqachon barcha asosiy rollar uchun aktyorlarni topishgan, ammo sultonning suyuklisi rolini ijro etishi mumkin bo‘lgan aktrisani tanlashga qiynalgan edi. Maryam esa tavakkal qilishga qaror qildi va tez orada kasting uchun Turkiyaga uchib ketdi.

    Foto: Dzen

    O‘sha paytda uni Berlinda ushlab turadigan hech narsa yo‘q edi, chunki aktrisaning olti yil mobaynida davom etgan munosabatlari uzilganiga ko‘p bo‘lmagandi. Qolaversa, Maryamning moliyaviy ahvoli yaxshi emas edi. Yangi loyiha uni muvaffaqiyatsiz munosabatlardan chalg‘ish va yaxshi daromad topish uchun imkoniyat berardi.

    Va nihoyat, uzoq davom etgan tinglovlar va besh kunlik kastingdan so‘ng Maryam hayotini o‘zgartirib yuboradigan so‘zlarni eshitdi: “Siz Turkiyada bir necha yil qolishingizga to‘g‘ri keladi, tabriklaymiz!”.

    Foto: Dzen

    Dastlab, Uzerli suratga olish jarayonidan zavqlandi, qahramoni bilan birga turk tilini o‘rgandi, ajoyib liboslar kiydi va Xurram Sulton rolida o‘zini juda erkin his qildi. U sochlarini qizil rangga bo‘yadi va ekranda juda nozik ko‘rinmaslik uchun prodyuserning iltimosiga binoan bir necha kilogramm vazn orttirdi. Birinchi epizodlar chiqqandan keyin Maryam Uzerli juda mashhur bo‘ldi. Loyiha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida efirga uzatilgani sababli aktrisaning shuhrati faqat Turkiya bilan chegaralanib qolmadi.

    Ammo loyiha uzoq davom etdi va Xurram obrazi qahramoni juda charchay boshlaganini tushundi. Suratga olish ishlari bir kunda kamida 16 soat davom etar, oddiy ovqatlanish yoki uxlash uchun ham vaqt qolmas edi. “Muhtasham yuz yil” ning uchinchi mavsumi oxiriga kelib, Maryam serialda ishtirok etishga o‘zida kuch topa olmadi. U narsalarini yig‘ib, Germaniyaga uchib ketdi. Prodyuserlar va rejissyorlar aktrisaning yulduzlik kasaliga chalinganini aytdi, ammo Maryam bunga hatto e’tiroz bildirishga ham kuch topa olmadi. Aktrisaning shaxsiy muammolari ancha chuqur ildiz otgan edi.

    Foto: Dzen

    Oilaviy baxtdan mosuvo Maryam

    Aktrisa mashhur bo‘la boshlagach, uning atrofida oshiqlarning soni ham orta boshladi, natijada Uzerli ulardan birini yoqtirib qoldi. Ertakdagi haqiqiy shahzodalardek muomala qilgan, qimmatbaho sovg‘a-salomlarga to‘ldirgan qallig‘i — tadbirkor Jan Atesh ko‘ringanidek sodiq bo‘lib chiqmadi.

    Foto: Dzen

    Maryam Uzerli va jurnalistlar o‘rtasida ijodiy kecha va turli uchrashuvlar tashkil qilinsa, Atesh ham doimo uning yonida paydo bo‘lar, Maryam nomidan javoblar berar, shaxsiy hayoti tafsilotlarini uyalmay OAV bilan baham ko‘rar edi. Jan Atesh millionlab tomoshabinlarga Maryamning ortiqcha vazni (serial ijodkorlarining iltimosiga ko‘ra vazn orttirgan), tashqi ko‘rinishini tanqid qilardi. Tadbirkor o‘zining bunday qilmishi aktrisani juda xafa qilishiga parvo ham qilmas edi.

    Foto: Dzen

    Maryam unga homiladorligi haqida xabar berganidan keyin vaziyat yanada yomonlashdi. Jan merosxo‘rlarga ega bo‘lishni istamasligini aytib, boladan voz kechishni talab qildi, buning ustiga, tadbirkorning oldingi munosabatlaridan farzandlari bor edi va Maryamga uylanishni istamasdi.

    Va nihoyat, Ateshning haqiqiy qiyofasi ochildi. O‘tgan voqealardan so‘ng Maryam o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi, ammo Atesh uni to‘xtatib qoldi.

    Foto: Dzen

    O‘sha vaqtda “Muhtasham yuz yil” ning uchinchi mavsumi suratga olinayotgan edi, unga yuklangan barcha mas’uliyatga qaramay, Maryam Turkiyadan ketishga qaror qildi va Jan Atesh bilan butunlay aloqani uzdi. Aktrisaning muxlislari uning ahvolidan jiddiy xavotirda edi, prodyuserlar esa loyihaning reytingi tushib ketgani uchun Maryamdan nafratlana boshladi.

    Yangi Maryam va o‘tmishdan pushaymonlik

    Foto: Dzen

    2014-yil qishda aktrisa qiz farzandli bo‘ldi. U qizining otasiga Lara bilan muloqot qilishni taqiqlamadi, lekin ularning uchrashuvlari faqat onasi ishtirokida bo‘lib o‘tishini talab qildi. U tashqi ko‘rinishi haqidagi komplekslaridan xalos bo‘ldi, plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va o‘z kasbiga qaytdi. Keyinchalik uning hayotida boshqa erkaklar paydo bo‘la boshladi. Bu safar u shaxsiy hayotini ommaga ko‘rsatmaslikni afzal bildi.

    Foto: Dzen

    2021-yil boshida aktrisa Lili Koi ismli qizini dunyoga keltirdi. U kenja farzandining otasi kim ekanini yashirdi. Faqat u amerikalik biznesmenligi ayon edi. Biroq Maryam Uzerli u bilan ham ajrashdi.

    Bugungi kunda aktrisa filmlarda faol rol o‘ynaydi, qizlari tarbiyasi bilan shug‘ullanadi va yangi loyihalarda ishtirok etishdan avval shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘rganib chiqadi.

    Foto: Instagram
    17.11.2024, 23:30   Izoh (0)   224090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Muhtasham yuz yil”#Maryam Uzerli

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmay turib, Xurram Sulton roliga qanday tasdiqlangan?

    21.05.2022, 13:57

    Xande Erchel, Kivanch Tatlitug‘, Maryam Uzerli: Turkiyaning eng muvaffaqiyatli hamda badavlat aktyorlari reytingi tuzildi

    03.10.2022, 15:43

    Maryam Uzerli, Fahriye Evjen va boshqa turk aktrisalari qanday uylarda yashaydi? (foto)

    09.11.2022, 19:31

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    12.06.2023, 13:37

    Turk aktrisasi Maryam Uzerli barcha davrlarning eng go‘zal ayollari ro‘yxatiga kirdi

    21.08.2023, 15:45

    Teshik tufli kiygan shahzoda, yirtiq kiyimdagi mashhur xonanda: Mukammal bo‘lishga intilmaydigan mashhurlar (foto)

    07.09.2023, 09:07

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Meryem Uzerli qizining tug‘ilgan kunini “Qizaloq va maymoq” multfilmi uslubida nishonladi (foto)

    11.01.2024, 12:20

    “Muhtasham yuz yil” serialining boshqa obrazlarda tanish qiyin bo‘lgan aktyor va aktrisalari (foto)

    06.02.2024, 16:27

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi tarixiy faktlar buzilgan holatlar

    04.03.2024, 12:43

    Burak O‘zchivit ro‘yxatda yo‘q: Turkiyaning eng badavlat aktyori kim?

    04.03.2024, 09:40

    O‘zga millat vakili bo‘lsa-da, turk kinosida shuhrat qozongan aktyor va aktrisalar (foto)

    16.04.2024, 16:35

    Turmush o‘rtog‘ining mashhurligi soyasida qolib ketgan aktrisa: Berguzar Korel haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    03.05.2024, 12:51

    Mashhur turk aktyorlari ishtirokidagi muvaffaqiyatsiz film va seriallar 

    10.07.2024, 18:34

    Turk aktrisasi Hande Erchel 2024-yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi (foto)

    15.07.2024, 13:39

    Ishdagi ishq: turk seriallarining suratga olish jarayonida rashk sabab yuz bergan shov-shuvli janjallar

    30.07.2024, 12:20

    Nega aktrisa Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil”dan qochib ketgan va hozirda nimalar bilan band?

    13.08.2024, 09:50

    Turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga mashhur qilgan obrazlar (foto)

    16.09.2024, 13:44

    Turk kinosi yulduzlari mashhurlikka erishishdan avval suratga tushgan 5 ta serial

    07.10.2024, 12:55

    Ibrohim Xadichaga uylanmagan: “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlarining taqdiri aslida qanday kechgan?

    08.11.2024, 13:55

    “Muhtasham yuz yil”ning davomi bor va gap “Ko‘sem” seriali haqida emas 

    31.10.2024, 14:46

     2024-yilgi turk seriallari: yangiliklar va mashhur loyihalarning yangi mavsumlari

    01.11.2024, 14:30

    “Muhtasham yuz yil”dagi Ibrohim — Okan Yalabik nega seriallarda ko‘rinmay qoldi?

    01.11.2024, 11:40

    Xurram va fitnalarning qurboni bo‘lmagan: “Muhtasham yuz yil”dagi Volida sultonning o‘limiga nima sabab bo‘lgan?

    06.11.2024, 17:24

    “Muhtasham yuz yil” seriali kadr ortida yuz bergan shov-shuvli mojarolar

    03.11.2024, 10:15

    “Muhtasham yuz yil”dan ham uzun: qaysi turk seriali rekord darajada ko‘p qismlarga ega?

    04.11.2024, 13:18

    Usmonlilar imperiyasiga sayohat: “Muhtasham yuz yil” seriali suratga olingan joylar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    04.11.2024, 17:15

    Bir necha yil sarflamaysiz: yirik loyihalardan qolishmaydigan qisqa turk seriallari (treyler)

    07.11.2024, 15:35

    Reyting bo‘yicha “Qo‘rg‘on sirlari” va “Muhtasham yuz yil”ni ortda qoldirgan turk seriali qaysi?

    06.11.2024, 12:20

    Xurram sulton roli bilan tanilgan, tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri 

    09.11.2024, 16:03

    “Turk seriallarini ko‘rmayman”: Burak O‘zchivit muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi

    13.11.2024, 17:25

    Instagram: Jenisbek Piyazov xonadonida to‘y, Indira Miftaxova qaynonasiga kvartira sovg‘a qildi, Munisa Rizayevaning Buenos-Ayresdagi uyiga sayohat 

    13.11.2024, 12:48

    “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari qayerda va qanday uylarda yashaydi? (foto)

    14.11.2024, 14:31

    “Muhtasham yuz yil” dagi Mohidavron — aktrisa Nur Fettaho‘g‘lu shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli depressiyani boshdan kechirmoqda

    15.11.2024, 17:14

    Turk aktrisasi Maryam Uzerli 11 yil deganda yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

    21.11.2024, 14:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35

    O‘zbekiston yerlarining yarmidan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 20:30

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.