• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Rouen Atkinson 70 yoshda: katta odam tanasiga qamalgan bolakay — janob Binning mashhurlikka erishish yo‘li

    Taniqli britaniyalik aktyor va taqlid ustasi Rouen Atkinson 6-yanvar kuni 70 yoshga to‘ldi. Faoliyati davomida u agent Jonni Inglish va Edinburg gersogidan tortib, taniqli janob Bingacha bo‘lgan ko‘plab personajlarni gavdalantirdi. Aktyorning yubileyi munosabati bilan uning mashhurlikka erishish yo‘li haqida ma’lumot beramiz.

    Bo‘lajak komediyachi 1955-yil 6-yanvarda Erik Atkinson va Ella Mey Bembrij oilasida tug‘ilgan. U bolaligini Angliyaning shimoli-sharqidagi Darem okrugida joylashgan Konset shahrida o‘tkazgan. Rouen uchunchi farzand bo‘lib, u ikkita akasi bor edi — Rodni va Rupert. Atkinsonlar katta oila bo‘lishsa-da, ular hech qachon moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmagan. Aktyorning otasi ilgari fermer bo‘lgan, o‘g‘li tug‘ilganda esa meva-sabzavot sotuvchi shirkat direktori edi. Aka- ukalar Daremdagi xususiy maktabda boshlang‘ich ta’lim oladi. Aytgancha, Buyuk Britaniyaning bo‘lajak bosh vaziri Toni Bler ham ular bilan birga o‘qigan.

    Rouen to‘liq o‘rta ma’lumotni Sent Bis maktabida oladi. Aktyorning eslashicha, sport o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasining muhim tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli u jismonan zaif bo‘lgani uchun o‘zini kamsitilgandek his qilgan. U ayniqsa jamoaviy o‘yinlarni yoqtirmasdi. Biroq u tabiiy fanlar bo‘yicha tengdoshlaridan orqada qolmasdi. Atkinson tirishqoq talaba edi, u ba’zida o‘qituvchilarni kulgili tarzda parodiya qilishni yaxshi ko‘rardi —ko‘pchilik uning aktyorlik qobiliyati kuchliligini aytishardi. Hatto nutqidagi kamchilik ham sezilmasdi. Qolaversa, Rouen obrazga kirganda duduqlanishi o‘z-o‘zidan yo‘qolardi. Uni sinfdoshlari hech ham masxara qilishmagan, chunki u o‘zi har kimni o‘xshatib, buni qoyilmaqom tarzda qilishi mumkin edi.



    Fizika va matematika bo‘yicha imtihonlarni eng yuqori ball bilan topshirgan Rouen Nyukasl universitetiga elektrotexnika bo‘yicha o‘qishga kiradi. Bakalavr darajasini tamomlab, Oksfordga yo‘l oladi. Bir paytlar otasi frontga ketgunga qadar shu yerda o‘qigan. O‘sha paytda Atkinson aktyorlik karyerasi haqida o‘ylamagandi ham. U muhandis bo‘lish niyatida qat’iy edi, hatto nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishni ham maqsad qilgan. Biroq taqdir uni boshqa yo‘lga boshlaydi.

    Atkinson hayotidagi burilish nuqtasi uning Richard Kertis bilan tanishishi bo‘ldi. Bo‘lajak rejissyor adabiyotshunoslik fakultetida tahsil olgan va talabalarning havaskor teatr tomoshalarida qatnashardi. Ular birgalikda Oksford universiteti “Dramatik jamiyat” deb nomlangan mahalliy ijodiy guruhining yig‘ilishida ishtirok etishadi. Ko‘p o‘tmay, Kertis va Atkinson o‘zlari yoqtirgan janr — qisqa kulgili sketchlar ola boshlaydi.

    Shuningdek, fransuz komediyachisi Jak Tatining “Janob Xulotning sarguzashtlari” nomli filmdagi rolidan ilhomlanib, Rouen janob Bin obrazini yaratadi. Qizig‘i shundaki, bu qahramonning sahnadagi debyuti Monrealdagi komediya festivalining fransuz bo‘limida bo‘ladi.

    1978-yilda Atkinson o‘z faoliyatini Atkinson People mualliflik radioshousining boshlovchisi sifatida boshlaydi. Bolaligidan nutqida muammolarga duch kelgan odam uchun bu g‘ayrioddiy kasb edi. Biroq u o‘zining nuqsonini chiroyli tarzda yenga oldi. Bir yil o‘tgach, Rouen katta ekranda “Konservalangan kulgi” filmi bilan debyut qilib, unda uchta epizodik qahramonni o‘ynaydi. 

    1983-yilda BBC afsonaviy-tarixiy “Qora ilon” sitkomini efirga uzatishni boshlaydi, unda Atkinson bosh qahramon, baxtsiz va xudbin Edinburg gersogi rolini o‘ynaydi. Serial olti fasl davom etadi va Britaniya televideniyesida sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

    Ammo “Janob Bin” kichik ekranlarda chiqqandan keyingina haqiqiy mashhurlikka erishadi. Atkinsonning o‘zi janob Binni kattalar tanasiga qamalgan bolaga qiyoslagan. Bu personaj yovuzlik qilishga qodir emas, lekin u turli shumliklarga aralashib yuradi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu shouning jozibasi ijrochining moslashuvchan yuz ifodalari bilan bog‘liq. Atkinsonning jilmayishi va yuz tuzilishi bu rolga juda mos kelgan. Janob Binning ajoyib muvaffaqiyatidan so‘ng, Rouen Britaniyaning eng mashhur komediya aktyorlaridan biriga aylandi.

    2001-yilda Rouen ishdan qisqa tanaffus qilishga qaror qiladi va oilasi bilan Keniyaga ta’tilga ketadi. Bu sayohat u uchun janob Bin bardosh bera olmaydigan sinovga aylanishini xayoliga ham keltirmagandi. O‘sha kuni bortida aktyor va uning oilasi bo‘lgan samolyot uchuvchisi hushini yo‘qotadi. Atkinsonning rafiqasi uni hushiga keltirmoqchi bo‘lgan bir paytda, aktyor hech ikkilanmay samolyot boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Albatta, u omadi kelishiga ishongan, chunki u bu sohada hech qanday ko‘nikmaga ega emasdi.

    So‘nggi yillarda aktyor katta ekranda kamnamo, bunga sabablardan biri yoshi bo‘lsa, ikkinchisi 7 yil oldin u uchinchi marta ota bo‘ldi. Rouen endi oilasiga ko‘proq vaqt ajratishga qaror qilgan. Biroq yaqin kelajakda uni kinoteatrlarda yana ko‘radiganga o‘xshaymiz. O‘tgan yili Atkinson ishtirokida ikkita film suratga olingani ma’lum bo‘ldi — “Jonni Inglish”ning to‘rtinchi qismi va janob Bin haqidagi yangi badiiy film.

    8 yanvar, 19:02   Izoh (0)   5582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Disney shedevrlaridan tortib kult klassikalargacha: barcha davrlarning eng yaxshi multfilmlari (foto)

    04.04.2024, 17:01

    “Operatsiyaga mashhur aktrisa bo‘lib kirdim va hech kim bo‘lib chiqdim”: Gollivudning unutilgan taniqli aktrisalari hozir qayerda?

    16.04.2024, 09:51

    Jahon kinosi yulduzlari aktyor bo‘lmaganida, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardi?

    17.04.2024, 18:17

    Jennifer Lopes, Bredli Kuper va boshqa mashhurlar ko‘rishni tavsiya qiladigan filmlar

    14.05.2024, 17:50

    Anjelina Joli 49 yoshda: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)

    07.06.2024, 13:43

    O‘rta Yer dengizidan Rim kazinolarigacha: barcha davrlarning eng yaxshi sarguzasht filmlari

    01.07.2024, 09:35

    2025-yilda Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladigan mashhurlar ismi tasdiqlandi 

    28.06.2024, 17:41

    Zendaya fenomeni. Qanday qilib oddiy qiz Gollivudning mashhur yulduziga aylandi?

    03.07.2024, 13:33

    Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan aktyorlar

    03.07.2024, 15:55

    Gollivudning eng boy aktyorlari beshtaligi: ular bu darajaga qanday erishdi? 

    20.08.2024, 17:30

    Yaqin qarindosh ekanliklarini ko‘pchilik bilmaydigan mashhur aktyorlar (foto)

    25.10.2024, 13:40

    Mashhur filmlardagi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan muhim detallar

    18.11.2024, 11:35

    “Sumerki”, “Temir odam” va boshqa mashhur filmlarda ijro etgan rollarini unutgan 6 ta aktyor

    02.12.2024, 15:59

    O‘z ampluasidan chiqa olgan: Turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantira olishini isbotlagan kino yulduzlari (foto)

    13.12.2024, 10:40

    “23 yil avvalgi o‘zimga sen buni, albatta, uddalaysan, degan bo‘lardim”. Sheron Stoun hayotidagi qiyin kunlarni esladi

    17.12.2024, 18:40

    Taniqli aktyorlarning farzandlari suratga tushgan 10 ta film (treyler) 

    13.12.2024, 13:35

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Gollivud yulduzi Jim Kerri moliyaviy qiyinchiliklar tufayli 30 yil yashab kelgan uyini sotdi  

    19.12.2024, 10:40

    “Uyda yolg‘iz” 35 yoshda: film aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band? (foto)

    31.12.2024, 09:34

    2024-yilda ota-onalik baxtiga erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.12.2024, 17:55

    Arnold Shvarseneggerning yangi videosi uning sog‘lig‘i borasida muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi

    20.12.2024, 17:58

    Jahon kinosining durdonasiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    29.12.2024, 12:55

    Gollivudni fermadagi hayotga alishgan: “Uyda yolg‘iz” filmidagi Marvin — Deniyel Stern hozirda qanday ko‘rinishda?

    29.12.2024, 10:55

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40

    Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    2 yanvar, 08:30

    Amerika ommaviy axborot vositalari Baydenning salomatligi bilan bog‘liq muammolarni yashirdi — WSJ

    3 yanvar, 20:42

    “Kalmar o‘yini 2”: yangi mavsumda ishtirok etgan aktyorlar haqida nimalar ma’lum?

    6 yanvar, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38

    O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 may, 21:25

    Toshkent viloyatida 22 yoshli qizni Rossiyaga fohishalik uchun olib ketayotgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 21:10

    O‘zbekistonda besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi

    O‘zbekiston | 27 may, 20:55

    Napoleon Bonapartning qilichi Parijdagi auksionda 4,7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 27 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.