• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi

    Xitoy va Hindiston oliy rahbariyati vakillari 18-dekabr kuni Pekinda chegara muammosi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Unda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va XXR raisi Si Szinpinning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitidagi uchrashuvi davomida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

    Foto: Kommersant

    Bu so‘nggi besh yil ichida Xitoy va Hindiston yuqori darajadagi vakillarining chegara muammosi bo‘yicha birinchi uchrashuvidir. Unda XXR TIV rahbari Van I va Hindistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval ishtirok etdi. Bu uchrashuv 1962-yilgi urushdan keyin hal qilinmagan hududiy nizolar bo‘yicha ikki yetakchi Osiyo davlati o‘rtasidagi muloqotni qayta jonlantirdi.

    “Xitoy ikki mamlakat rahbarlari erishgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish, ikkala tomonni xavotirga soladigan sabablarni bartaraf etish, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni barqaror va sog‘lom rivojlanish yo‘liga tezroq qaytarish uchun muloqot orqali o‘zaro ishonchni mustahkamlash maqsadida Hindiston bilan hamkorlik qilishga tayyor”, deya ta’kidladi XXR TIV rasmiy vakili Lin Szyan.

    Hindistonning Dehlidagi yuqori martabali manbalari “2020-yildagi Galvan voqeasiga o‘xshash mojarolarning oldini olish uchun Xitoy bilan mazmunli muloqotga umid qilishi”ni bildirdi.

    Xitoy va Hindiston maxsus vakillarining hududiy nizolari bo‘yicha Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralari 2003-yildan buyon 23-muloqot bo‘ldi.

    Avvalgi, muzokaralarning 22-raundi 2019-yilda bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng Hindiston-Xitoy munosabatlarida keskin tanazzul yuz bergan, buning natijasida ikki davlat yangi urush yoqasiga kelib qolgandi.

    1959-yilda Hindiston Arunachal-Pradesh shtatining bir qismini Xitoy o‘zlashtirganini e’lon qildi va 1962-yilda qisqa, ammo qonli urush boshlanib, natijada Pekin taxminan 38 ming kvadrat kilometr hududni o‘z nazoratiga olgandi.

    Shu bilan birga, Hindiston bayonotida tilga olingan Galvandagi hodisa 1962-yilgi urushdan keyingi ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng past nuqta bo‘ldi. O‘shanda 2020-yil may oyidagi chegara voqealaridan so‘ng, 2020-yil 15-iyun kuni Sharqiy Ladakhning baland tog‘li hududida, Galvan daryosi vodiysi yaqinida 20 nafar hind harbiysi halok bo‘lgan qonli to‘qnashuvlar Hindiston va Xitoy uchun “qora kun”ga aylangan edi (Xitoy tomoni o‘z yo‘qotishlari haqida hech qanday ma’lumot bermagan).

    Foto: Reuters

    Shundan so‘ng, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoyni “dushman” deb atadi. Shu fonda Hindistonni norozilik namoyishlari to‘lqini qamrab oldi. Namoyishchilar Xitoy bayroqlari va Si Szinpinning portretlarini yoqib, Xitoy tovarlarini boykot qilishga chaqirdilar. Keyingi vaziyat keskinlashuvi davomida tomonlar chegara vazifasini bajaruvchi, umumiy uzunligi 3,5 ming kilometrga yaqin bo‘lgan nazorat chizig‘ida mudofaa inshootlari qurishni davom ettirdilar hamda chegara hududlariga qo‘shimcha harbiy bo‘linmalar va og‘ir qurol-aslahalarni joylashtirdilar.

    Xususan, Hindiston Sharqiy Ladaxga Hellfire yer-havo raketalari bilan jihozlangan Apache hujumkor vertolyotlarini, shuningdek, baland tog‘li hududlarga artilleriyani yetkazib bera oladigan Chinook vertolyotlarini joylashtirdi. Harbiy aerodromlarga esa qiruvchi samolyotlar joylashtirildi. Bundan tashqari, Hindiston harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Bengal qo‘ltig‘ida to‘planishi jadal sur’atda davom etdi.

    Uchrashuv yakunida “Sinxua” agentligi ikki davlat rahbarlari amaldagi nazorat chizig‘ida tinchlikni saqlab qolishga kelishib olganlari haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, XXR raisi hindistonlik hamkasbini “qo‘shni davlatlar uyg‘unlikda yashashi hamda yonma-yon rivojlanishi uchun to‘g‘ri yo‘l topishga” chaqirdi. Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Hindiston o‘z munosabatlarini raqiblar emas, balki hamkorlar sifatida qurishi lozim.

    O‘z navbatida, Narendra Modi X ijtimoiy tarmog‘ida “Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar har ikki mamlakat xalqlari uchun, shuningdek, mintaqaviy va global tinchlik hamda barqarorlik uchun muhim ahamiyatga ega” ekanini yozdi. Hindiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Vikram Misri o‘z bosh vaziri bayonotiga izoh berar ekan, chegara masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mintaqadagi tinchlik va osoyishtalikka putur yetkazmasligi muhimligini ta’kidladi va ikki davlat rahbari uchrashuvi uchun maydon taqdim etgani uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi.

    Ushbu bayonotlardan ko‘p o‘tmay, Hindiston va Xitoy Sharqiy Ladaxdagi Depsang va Demchok hududlarida joylashgan ilg‘or pozitsiyalardan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni boshladi. Hindiston va Xitoy qo‘shinlarining qismlari bosqichma-bosqich Sharqiy Ladaxdagi, 2020-yilgi qurolli to‘qnashuvgacha egallab turgan orqa pozitsiyalariga qaytarildi.

    Bundan tashqari, Hindiston armiyasi va Xitoyning Xalq-ozodlik armiyasi 2020-yildan beri amalga oshirilmagan qo‘shinlar olib ketilayotgan hududlarda muvofiqlashtirilgan patrullikni tikladi.

    “Yaqin vaqtgacha Hindiston va Xitoyning ikki tomonlama siyosiy munosabatlari 2020-yildagi harbiy qarama-qarshilik tufayli deyarli barbod bo‘lgan, faqatgina savdo aloqalari saqlanib qolgan edi. Biroq, Qozonda ikki davlat rahbarining uchrashuvidan so‘ng va undan keyin keskinlikni yumshatish bo‘yicha qo‘yilgan qadamlar, jumladan Pekinda chegara muammosi bo‘yicha maxsus vakillarning 22-uchrashuvini o‘tkazilishi, amalda Hindiston-Xitoy munosabatlarini besh yil avvalgi holatiga qaytardi”, deya ta’kidladi taniqli hind eksperti Shastri Ramachandran Kommersant nashriga.
    18.12.2024, 23:28   Izoh (0)   5945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Hindiston#Xitoy#kelishuv

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” kundaligida 15-noyabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    15.11.2022, 22:31

    Hindiston va Pokistonni yarashtirgan Toshkent deklaratsiyasi, Jozefina bilan ajrashgan Napoleon va dunyodagi birinchi metropolitenning ochilishi. Kun xronologiyasi...

    10.01.2023, 09:39

    “Daryo kundaligi”da 24-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    24.03.2023, 22:40

    Mehmonxona, bank, va zavodlarga sarmoya: TXIF-2023 da 11 mlrd dollarlik investitsiya shartnomalari imzolandi

    30.04.2023, 13:30

    Qora oltin narxining pasayishi: Neft nega arzonlashib ketmoqda?

    01.12.2023, 20:59

    Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya O‘zbekistonda ofis ochmoqda 

    25.03.2024, 17:55

    Buyuk Britaniya o‘z sanksiyalariga qaramay, Rossiyadan 2,2 mlrd funt sterlingga neft sotib oldi — The Guardian

    07.05.2024, 20:30

    Chobahor porti: Hindistonning Markaziy Osiyoga kirish eshigiga nazar

    15.06.2024, 08:40

    O‘zmilliybank Xitoy davlat taraqqiyot bankining 2 mlrd yuan kredit liniyasini jalb qildi

    26.06.2024, 15:00

    O‘zbekistonga AES qurilishi nega kerak? Mutaxassislar bilan suhbat

    01.07.2024, 23:45

    AQSH dronlar ishlab chiqarish bo‘yicha 3 milliard dollardan ortiq xizmatlarni Hindistonga taklif qildi

    29.07.2024, 17:25

    O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi

    31.10.2024, 18:25

    AQSH joriy yilda harbiy razvedka uchun 29,8 mlrd dollar sarflagani ma’lum qilindi 

    01.11.2024, 20:20

    Tramp qayta saylanishidan kimlar “yutdi” va “mag‘lub bo‘ldi”?

    10.11.2024, 20:00

    Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin

    12.11.2024, 19:12

    Mahalliylashgan, fosh etilgan, qatl qilingan ingliz xufiyalari: Buyuk Britaniyaning Turkistondagi josuslik faoliyatiga bir nazar

    13.11.2024, 19:25

    Yevropa ittifoqi Rossiyani moliyaviy “qora ro‘yxat”ga qo‘shishga chaqirdi  

    14.11.2024, 20:45

    O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi

    15.11.2024, 18:12

    Hindiston birinchi gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi (video)

    18.11.2024, 10:25

    Hashamatni yoqtirmaydigan, poraxo‘rlikda ayblangan va Londondagi “Qirolichalar sahna”sida kuylagan ilk Sharq ayoli sifatida tarixga muhrlangan Munojot Yo‘lchiyeva

    28.11.2024, 12:52

    Prezident Kubogi. O‘zbekistonning eng yaxshi shaxmatchilari qatnashgan turnirda bosh mukofot Hindiston vakiliga nasib qildi

    29.11.2024, 17:05

    Tramp dollardan voz kechadigan davlatlarga tahdid qildi 

    01.12.2024, 19:30

    Plastikdan ifloslanishga qarshi global muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi 

    02.12.2024, 18:14

    FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov Gukeshni “quvish”da davom etmoqda, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov yuqoriladi

    04.12.2024, 09:50

    “Tolibon” TAPI gaz quvuri qurilishini boshladi (video)

    04.12.2024, 15:21

    Hindiston Rossiyadan qurol sotib olishni to‘xtatdi — Bloomberg  

    04.12.2024, 16:40

    Mevalar qiroli mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor? Diyetolog javob beradi

    10.12.2024, 19:21

    Zaharlab o‘ldirilgan Bibixonim: u kelinini dordan saqlab qolgani uchun shu tariqa tovon to‘lagan edimi?

    07.12.2024, 11:35

    Osmono‘par binolar, Eski shahar va orzudagi Toshkent haqida

    08.12.2024, 13:05

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50

    Kattalar uchun: har qanday tomoshabinni sehrli olamga yetaklaydigan ertak-filmlar (treyler)

    11.12.2024, 15:45

    O‘zbekistonning Rossiyadan qarzdorligi oshdi 

    11.12.2024, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.