• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindiston va Pokistonni yarashtirgan Toshkent deklaratsiyasi, Jozefina bilan ajrashgan Napoleon va dunyodagi birinchi metropolitenning ochilishi. Kun xronologiyasida 10-yanvar

    10-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Toshkentda Hindiston va Pokistonni yarashtirgan deklaratsiyaning imzolanishi, Jozefina bilan ajrashgan Napoleon hamda dunyodagi birinchi metropolitenning qurilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Hindiston va Pokistonni yarashtirgan Toshkent deklaratsiyasi

    1966-yil 10-yanvar kuni Toshkentda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik mojaro hisoblangan Hindiston va Pokiston o‘rtasida hududiy nizolar bo‘yicha kelishuv bitimi imzolangan edi. O‘zining tarixiy ahamiyati bilan butun dunyoga mashhur Samarqand va Buxoro shaharlari joylashgan O‘zbekiston hududi bitim imzolanadigan davlat sifatida bejizga tanlanmagan edi. U logistika nuqtayi nazaridan qulay hisoblangan.

    Chapdan o‘ngga: Pokiston prezidenti Muhammad Ayyubxon, Hindiston bosh vaziri Lal Bahadur Shastri va SSSR Vazirlar Kengashi raisi Aleksey Kosigin

    Chapdan o‘ngga: Pokiston prezidenti Muhammad Ayyubxon, Hindiston bosh vaziri Lal Bahadur Shastri va SSSR Vazirlar Kengashi raisi Aleksey Kosigin
    Foto: “RIA Novosti”

    O‘zbekiston Hindistonga ham, Pokistonga ham yaqin joylashgan bo‘lib, davlat rahbarlari mintaqani tark etmasdi, shu bois ular o‘zlarini maksimal darajada qulay his qilgan. Muzokaralar boshlanishidan oldin Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro mintaqa barqarorligiga jiddiy xavf tug‘dirardi.

    U hududiy nizolar sabab yuzaga kelgan: Pokiston asosiy qismini musulmonlar tashkil etadigan Hindistonning Kashmir shtatida isyon boshlashga uringan. Qo‘zg‘alon bostirilgan, ammo sodir bo‘lgan voqea keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanishiga olib kelgan.

    “Hindiston kuchlari Pokistonda Amerika texnikasi bo‘lishiga qaramay, tanklar ishtirokidagi bir nechta janglarda ustunlikka erishgan”, — deb yozgandi tadqiqotchi Jorj Perkovich. Ikki yirik mamlakat o‘rtasidagi mojaro bundanda jiddiy urushga aylanib ketishi mumkin edi.

    Foto: “RIA Novosti”

    O‘sha vaqtda Pokistonning ittifoqchisi bo‘lgan Xitoy ham Hindistonga tahdid qila boshlagan. Bu esa SSSR va AQSHni tashvishga solib qo‘ygandi. Amerika hukumati Xitoy rahbariyatiga ta’sir ko‘rsata olmasa, SSSR esa umuman dushmanlik munosabatida edi. Shu bois ular o‘t ochishni to‘xtatish uchun BMT Xavfsizlik Kengashidagi ta’sir doirasidan foydalanishga qaror qilgan. Xavfsizlik Kengashi 1965-yil sentabrda tegishli rezolyutsiyani qabul qilganidan keyin ikkala tomon ham unga bo‘ysungan. Bu vaqtga kelib Hindiston va Pokiston jiddiy yo‘qotishlarga uchrab bo‘lgandi.

    Ammo mojaro istalgan vaqtda qayta tiklanishi mumkin edi va shu sababdan SSSR vaziyatni tartibga solish maqsadida mustahkam bitim ishlab chiqish kerakligini ilgari surgan. Taklif SSSR Vazirlar Kengashi raisi Aleksey Kosigindan chiqqandi. Davlat rahbari Leonid Brejnev bo‘lsada, o‘sha vaqtlarda uning pozitsiyasi u qadar kuchli emasdi: u hali Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi rahbari lavozimini sovet parlamenti — Oliy Kengash rahbari lavozimi bilan birlashtirib yubormagan edi. Mamlakatni Brejnev boshchiligidagi uchlik — Oliy Kengash prezidiumi raisi Nikolay Podgorniy va Vazirlar Kengashi rahbari Kosigin boshqargan.

    Zamondoshlarining xotirlashicha, Kosigin Hindiston—Pokiston mojarosini tartibga solishda muhim rol o‘ynagan, chunki ikkala taraf ham unga ishonch bildirgandi. Shuningdek, Pokiston prezidenti Muhammad Ayyubxon o‘z davlatini Amerika siyosati ostida yuritgan bo‘lsa-da, SSSR bilan aloqalarni yaxshilashdan manfaatdor bo‘lgan.

    Muzokaralar jarayoni ijobiy hal etilishiga sababchi bo‘lgan asosiy omil ham sovet, ham Amerika hukumatlari mojaroning hal etilishidan manfaatdor edi. Toshkentdagi muzokaralarda ishtirok etish uchun Muhammad Ayyubxon va Hindiston bosh vaziri Lal Bahodir Shastri yetib kelgan. Ikkala yetakchi ham kuchli va tajribali siyosatchilar edi.

    Asli harbiy bo‘lgan Ayyubxon hokimiyatga harbiy to‘ntarish ortidan kelgan, keyin esa referendum o‘tkazish orqali davlat rahbarligi lavozimida o‘tirishini legitimlashtirgan edi. Shastri esa Hindistonda Javaharlal Nerudan keying ikkinchi mustaqil yetkachi bo‘lgan, mamlakat milliy kongressida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Muzokaralar oson kechmagan — tomonlar bir-birini ayblab, mojaroni boshlashda mas’uliyati o‘zlaridan soqit qilishga uringan. Biroq diplomatik sa’y-harakatlar besamar ketmagan: Hindiston va Pokiston Toshkent deklaratsiyasini imzolagan. Hujjat bilan jangovar harakatlar to‘xtatilgan, qurolli kuchlar o‘z pozitsiyalariga qaytarilgan, diplomatik munosabatlar qayta tiklangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Bir qator ekspertlarning fikricha, Toshkent deklaratsiyasidan zamonaviy mojarolarni hal qilishda saboq olish qiyin, biroq Topichkanovning fikricha, o‘shanda sovet diplomatiyasi keyinchalik qila olmagan ishni uddalagan: “SSSR faol edi va qulay sharoit yaratishga harakat qildi, inqirozda vositachilik qila oldi. Bu takrorlanish imkoniyati kam bo‘lgan muvaffaqiyatdir”.

    Jozefina bilan ajrashgan Napoleon

    1810-yil 10-yanvar kuni Napoleon va Jozefinaning nikohi bekor qilingan edi. Ular ko‘plab kelishmovchilik va ayriliqlarga qaramay, bir-biriga nisbatan iliq munosabatlarini saqlab qolgan.

    Napoleon va Jozefina

    Napoleon va Jozefina
    Foto: Grazia

    Jozefina Napoleon bilan tanishguniga qadar oilali edi — 16 yoshida u Aleksandr de Bogarnega turmushga chiqqan. Ularning ikki farzandi bo‘lgan: o‘g‘li Ejen va qizi Gortenziya. Eri Mayns mudofaasidagi harakatsizligi uchun qalt etilgunga qadar, ularning nikohi 15 yil davom etgan. O‘shanda Jozefinani ham qamab qo‘yishgan, ammo tez orada hokimiyat almashgan va u afv etilgan. Turmush o‘rtog‘ining vafoti sabab u bor narsasidan ayrilgan. Moliyaviy ahvolini yaxshilashga jazmanlari, xususan, vikont (Fransiyada baron bilan graf o‘rtasidagi dvoryanlik unvoni) Pol Barras yordam berib kelgan. U ayol va uning farzandlari uchun koshonani ijaraga olib, barcha xarajatlarini qoplagan. Aynan vikont Jozefinani Napoleon bilan tanishtirgan edi.

    Ular kechki bazmlardan birida uchrashgan: Barras Jozefinaga katta umidlar bildirilgan general Napoleonni tanishtirgan. Avvaliga yosh beva unga shunchaki yoqib qolgan, biroq kecha davomida u bilan suhbatlashib, Napoleon ayolni rostdan ham sevib qolgan. Napoleon ayoldan 6 yosh kichik bo‘lishi va uning bevaligiga qaramay, Jozefinaga uylanishga qaror qilgan. To‘y ikkala tomon uchun ham manfaatli edi: Bogarne yana jamiyat tomonidan hurmat qilinadigan xonim maqomiga ega bo‘lar, Napoleon esa salonni boshqaradigan xotinining nufuzli tanishlarini qo‘lga kiritardi.

    1796-yilda sevishganlar oila quradi. Nikoh teng bo‘lishi uchun ular hujjatda yoshlarini o‘zgartirib ko‘rsatgan: Napoleonga 1,5 yosh qo‘shilgan bo‘lsa, Jozefina 4 yilga “yoshargan”. To‘y munosabati bilan bo‘lajak imperator rafiqasiga ichiga “Bu taqdir” deya yozilgan yoqut ko‘zli uzuk sovg‘a qilgan. Ammo nikoh marosimidan ikki kun o‘tib, Napoleon Italiyaga xizmatga chaqirilgan, Jozefina generalning barcha iltimoslarini rad etib, u bilan ketishni istamagan.

    Napoleon Bonopartning portreti

    Napoleon Bonopartning portreti
    Foto: Grazia

    Ayriliq vaqtida Napoleon sevgiga to‘la ta’sirli maktublar yozib turgan. Jozefina, albatta, bunday nomalardan xursand bo‘lgan. Ammo u oldingi hayot tarzidan ham voz kechish niyatida emasdi. Ayol boshqa erkaklar bilan munosabatlar o‘rnatishni davom etgan va barcha pullarini ko‘ngilxushlik hamda yangi kiyim-kechaklarga sarflagan.

    Oxir-oqibat Napoleon o‘z rafiqasining xiyonatlaridan xabar topadi — bu uni juda qattiq g‘azabga solgan. U xotiniga sodiq qolgani uchun ayoldan ham xuddi shunday munosabatni kutgandi. Jozefina o‘zining barcha nayranglarini ishga solib, sarkardani bularning barchasi mish-mish ekani, hech qanaqa xiyonat yo‘lidan yurmaganiga ishontirishga uringan. Napoleon unga ishongani va kechirgani uchun qarindoshlarining noroziligiga uchragan: ularga Jozefina yoqmas edi. Ayol sarkardaga merosxo‘r tug‘ib bera olmagan, barcha shifokorlar uning bepushtligini aytardi.

    Napoleon qaytganida Jozefina ko‘zida yosh bilan tiz cho‘kkanicha undan kechirim so‘ragan va bu yana yordam bergan. 1799-yilda u Direktoriyani ag‘darishga muvaffaq bo‘lgan va natijada imperatorga aylangan. Bu vaqtga kelib, Napoleon o‘ynashlarining biridan o‘g‘il ko‘rgandi. O‘g‘li tug‘ilishi unda ajrashish niyatini kuchaytirgan: demak, muammo unda bo‘lmagan va imperator farzand ko‘ra oladi. Ajrim jarayonidan ikki hafta oldin Napoleon davlat ishlarini yig‘ishtirib, butun vaqtini rafiqasiga bag‘ishlagan — u ayoli bilan shunday xayrlashgan edi.

    Jozefinaning portreti

    Jozefinaning portreti
    Foto: Grazia

    Ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolagan Napoleon ko‘zyosh to‘kkan, Jozefina esa hayajondan hatto gapira olmagan — unga senatorlar yordam bergan. Ayol turmushining oxirgi bir yilidagina Napoleonni haqiqatda sevishini tushunib yetgandi. Imperatorning talabi bilan Jozefina imperator rafiqasi maqomini saqlab qolgan. Bonapart esa Avstriya malikasi Mariya-Luizaga oila qurish taklifini bildirgan.

    Ajrashib ketishganidan keyin ham sobiq er-xotin bir-biri bilan muloqotda bo‘lib turgan, maktublar yozishgan. Jozefina hatto Napoleonni unga kichik merosxo‘rini ko‘rsatishga ham ko‘ndirgan. Biroq Napoleon II uzoq vaqt umr ko‘rmagan — u erta vafot etgan. Fransiyaning keyingi imperatori Napoleon III esa Gortenziyaning o‘g‘li, ya’ni Jozefinaning nabirasi edi.

    Dunyodagi birinchi metropolitenning ishga tushirilishi

    1863-yil 10-yanvar kuni Londonda dunyodagi birinchi metropoliten tarmog‘i ishga tushirilgan edi. 10 metr chuqurlikdagi metroning uzunligi 6 kilometrni tashkil etgan va 7 ta stansiyada iborat bo‘lgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    London metrosidagi birinchi ommaviy reys maksimal yuqori darajada amalga oshirilgan. Birinchi poyezdning faxriy mehmonlari orasida Uelsning merosxo‘r shahzodasi Albert Eduard (bo‘lajak qirol Eduard VII) ham bo‘lgan. Metro yangi va hali xavfsizligi sinovdan o‘tmagani uchun qirolicha Viktoriyani taklif qilishmagan.

    Metro uchun Jon Fauler tomonidan maxsus o‘t qalaydigan qismi yo‘q metro loyihalashtirilgan, bekatlarda siqilgan bug‘ bilan yonilg‘i quyilgan. Ammo sinov vaqtida “xavfsiz” parvozdan bug‘ning chiqib ketishi sabab u portlab ketishiga bir bahya qolgan. Natijada birinchi metrodagi parovozlar Deniel Guchning oddiy seriyali konstruksiyasi bo‘lgan. Mashinist va o‘t qalash xonasida havo yaxshi aylanishi uchun tom qismi olib tashlangan xolos.

    Foto: Wikimedia Commons

    Sakkiz g‘ildirakli yog‘och vagonlar 1, 2 va 3-klassga bo‘lingan, ammo ular deyarli farq qilmagan, masalan, 1-klassdagi vagonda yorituvchi chiroq bitta emas ikkita bo‘lgan. Vagonlarning tomi ostidagi ingichka darcha shaffof bo‘lmagan shisha bilan qoplangan. Dizaynerlar bunda o‘z tamoyillaridan kelib chiqib ish ko‘rgan: yer ostida baribir hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi.

    Birinchi metro ochiq usulda qurilgan: kotlovan qazilgan, keyin esa uning usti yopilgan, shu boisdan ham London metrosining birinchi stansiyalari u qadar chuqurda joylashmagan. Metroning chuqur tarmog‘i ilk bor 1869-yilda Temza ostidan o‘tkazilgan (41 metr) va unda po‘lat o‘tkazgich qalqondan foydalanilgan. Metroning turli uchastkalarini har xil aksiyadorlik kompaniyalari qurgan, biroq ularning hammasi iqtisod qilgan va zarurat doirasidan tashqariga chiqmagan: hech kim yer ostidagi yo‘lovchilar uchun joy haqida o‘ylamagan. Faqat Ikkinchi jahon urushidan keyingina metro milliylashtirilgan, 2000-yildan boshlab u davlat-xususiy sherikchilik subyektiga aylangan.

    Foto: Wikimedia Commons

    XX asr boshlarida kelib London metrosida elektr energiyasidan foydalanish boshlangan va shunda bir masala yuzaga kelgan, qaysi tokdan foydalanish kerak — o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas. Natijada o‘zgarmas tok tanlangan. Uning yordamida poyezd lokomotivi mexanizmida foydalanilgan elektr qurilmalar elementlari minimumga tushirilgan: elektrodvigatel va unga reostat bo‘lsa kifoya edi.

    Bugungi kunda London metrosining yarmidan kamroq qismi yer ostida qolgan, 55 foizi — “yengil metro” tarmog‘i yer ustiga ko‘chgan. Uzunligi bo‘yicha London metrosi dunyoda Seul, Pekin va Shanxaydagidan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi (402 kilometr, 270 ta stansiya). Yo‘lovchilar oqimi yiliga 1,26 milliard kishini tashkil etadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Dog‘istonda 3 ming kishini asirga olgan chechen jangarilari, BMTning Nyu-Yorkdagi hashamatli shtab-kvartirasi va sapotekilarga tegishli noyob xazinaning topilishi. Kun xronologiyasida 9-yanvar

    10.01.2023, 09:39   Izoh (0)   34980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniya hududidan uchirilgan birinchi raketa orbitaga chiqa olmadi

    10.01.2023, 09:33

    Avstraliyada dunyodagi hidi eng yoqimsiz gul ochildi (foto)

    10.01.2023, 08:07

    “Tolibon” soqol qo‘ymagani uchun yetti nafar erkakni hibsga oldi

    09.01.2023, 23:55

    AQSH olimlari inson miyasida ilgari noma’lum bo‘lgan himoya qatlamini aniqladi

    09.01.2023, 23:41

    “Daryo” kundaligida 9-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    09.01.2023, 23:27

    Anomal sovuq: Qozog‘istonda havo harorati 43 darajagacha sovishi kutilmoqda

    09.01.2023, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.