• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 15-noyabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 15-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Zelenskiy Rossiya bilan yangi Minsk kelishuvlarini imzolamaydi

    Ukrainaga yangi va samarali xavfsizlik kafolatlari kerak, Minsk kelishuvlariga qaytish bundan mustasno. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G20 sammitida videomurojaatida aytib o‘tdi.

    “Biz Rossiyaning keyinchalik terror va global beqarorlikning yangi seriyasini boshlash uchun o‘z kuchlarini qayta to‘plashiga yo‘l qo‘ymaymiz. Hech qanday ‘Minsk-3’ kelishuvi bo‘lmaydi, chunki kelishuv imzolanishi bilan Rossiya uni buzadi”, — dedi Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishi, dunyo davlatlari esa Rossiya energiya resurslari uchun “narx potologini” kelishib olishi kerak.

    Ukraina rahbari Kyiv security compact (Kiyev Xavfsizlik shartnomasi) deb nomlangan kelishuv doirasida urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasini yaratishga chaqirdi. Shu bilan birga, u kelishuvlarning Minsk formatiga qaytishni istisno qilmoqda.

    Ma’lumot uchun Minsk kelishuvlari Donbassdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha 2014—2015-yillarda Ukraina, Rossiya va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillaridan iborat uch tomonlama aloqa guruhi tomonidan tuzilgan. Ularni Rossiya, Ukraina, Fransiya prezidentlari, shuningdek, Germaniya kansleri qo‘llab-quvvatlagan.

    Kelishuvlarda Ukraina sharqidagi mojaro tomonlarining o‘t ochishni to‘xtatish, mojaro zonasi hududiga og‘ir qurollarni joylashtirmaslik va asirlarni “hammasiga hamma” formatida almashish majburiyati mustahkamlangan edi. Indoneziyaning Bali orolida 15-noyabr kuni G20 mamlakatlari yetakchilarining sammiti boshlandi. Indoneziya prezidenti Joko Vidodo sammitdagi birinchi nutqida “urushni tugatish”ga chaqirdi.

     Ukraina bo‘yicha Xitoy va Fransiya davlat rahbarlari qanday pozitsiya bildirmoqda?

    Xitoy rahbari Si Szinpin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga chaqirdi. Ular bu haqda Indoneziyaning Bali orolida G20 sammiti boshlanishi oldidan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida aytdi.

    Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning Ukraina inqirozi bo‘yicha pozitsiyasi aniq va izchil. U o‘t ochishni to‘xtatish, harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini qayta boshlash tarafdori. “Xalqaro hamjamiyat buning uchun sharoit yaratishi kerak, Pekin o‘zining konstruktiv rolini davom ettiradi”, — deb qo‘shimcha qildi Xitoy rahbari.

    Makron, o‘z navbatida, Si Szinpindan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralar stoliga qaytarishni so‘radi, deb yozadi Le Monde. Rossiyaning Ukrainadagi bosqini boshlanganidan beri Xitoy neytral pozitsiyani egallab kelmoqda. Mamlakat Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi, biroq Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmadi. Sentabr oyida Xitoy tashqi ishlar vaziri tomonlar hech qanday shartlarsiz muzokaralarni davom ettirishi kerakligini aytgan edi. Uning fikricha, ikkala tomon ham mojaroga barham berish shartlarini muhokama qilishi kerak.

    Makron, o‘z navbatida, harbiy harakatlar boshlanganidan beri Putinga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, uni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. AFP Yelisey saroyining yuqori martabali vakiliga tayanib, Fransiya prezidenti G20 dan keyin rossiyalik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi ekanini xabar qilgan.

    Narendra Modi: “BMT dunyodagi alg‘ov-dalg‘ovlikni eplay olmadi”

    Ko‘p tomonlama institutlar, shu jumladan, BMT ham sayyoradagi xaos (tartibsizlik, alg‘ov-dalg‘ovlik) eplay olmadi va muammolarni hal qila olmadi. Bu haqda “Katta yigirmatalik” sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi aytib o‘tdi. Uning gaplarini The Indian Express gazetasi keltirdi.

    Modi dunyo bugungi kunda to‘qnash kelayotgan muammolar qatorida iqlim o‘zgarishi, koronavirus pandemiyasi, Ukrainadagi voqealar va yetkazib berishlar global zanjirining uzilishini tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT bu muammolarga yechim topa olmagan.

    “Biz barchamiz tegishli islohotlarni o‘tkaza olmadik. Shu sababli bugungi kunda dunyoning G20 dan umidlari katta. Guruhimizning dolzarbligi yanada kattaroq ahamiyat kasb etdi”, — dedi bosh vazir. Narendra Modi Ukrainadagi nizoga alohida to‘xtalib o‘tdi. U diplomatiya yordamida o‘t ochishni to‘xtatish va ziddiyatga yechim topishga chaqirdi.

    O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegara chizig‘idan qancha xonadon ko‘chirilishi ma’lum qilindi

    Bosh vazir Abdulla Aripov parlament quyi palatasi yig‘ilishida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining yangi belgilanayotgan hududlaridan O‘zbekiston chegara chizig‘idan qancha xonadon ko‘chirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

    Abdulla Aripovning ta’kidlashicha, yangi chegara chiziqlarini belgilashda O‘zbekiston chegara chizig‘idan 130 ta xonadonni ko‘chirish nazarda tutilmoqda.

    Chegarani yangi delimitatsiya va demarkatsiya qilganimizdan keyin, uning himoya, ekspluatatsiya qilish hududlari bor. Bu hududlarda chegara chizig‘idan taxminan 50 metrgacha bo‘lgan qismi ochiladi. Chunki bu yerda chegaraning himoya yo‘lagi tashkil etilishi kerak. Undan keyin ikkita sim to‘siqlari joylashtirish lozim. Albatta, buning o‘z talablari bor. Mazkur talablar bajarilishi uchun ma’lum joylardan odamlarni ko‘chirishga majbur bo‘lamiz.

    Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, buning uchun taxminan 130 ta xonadonni ko‘chirish nazarda tutilmoqda. U yerdagi aholining hovlisi va uy ichidagi barcha narsalar, hatto daraxtlar narxigacha hisoblangan. Bunga bizdan taxminan 50 milliard so‘m kompensatsiya mablag‘lari ajratiladi.Agar ular xohlasa, uyining mablag‘ini kompensatsiya qilib, to‘lab beramiz. O‘zlari qurib olishlari uchun boshqa yerlardan joy ajratamiz. Yoki ularga yangi qurilgan uylar taklif qilamiz. Agar ular shuni istasa, o‘sha uylardan belgilangan tannarxi qiymatida kompensatsiya hisobidan sotib olish imkonini beramiz. Ya’ni biror odam norozi bo‘lmaydi”, — deya ma’lum qildi bosh vazir.

    15.11.2022, 22:31   Izoh (0)   9904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ukrainaga 80 dan ortiq raketa hujumi uyushtirildi” — Zelenskiy

    15.11.2022, 22:05

    Yevropa Ittifoqi “Tolibon”ning ayollarga nisbatan yangi cheklovlarini qoraladi

    15.11.2022, 21:59

    Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili sil kasalligiga tekshirilmoqda

    15.11.2022, 21:21

    G‘arbning Putin ustidan to‘liq g‘alaba qozonganini e’lon qilishga hali erta — OAV

    15.11.2022, 20:34

    Ukraina TIV Moskva qamoqxonasida jazo o‘tayotgan zambiyalik yigit urushda halok bo‘lganiga munosabat bildirdi

    15.11.2022, 20:10

    Isroil Eronga zarba berish uchun dronlar ishlab chiqmoqda — OAV

    15.11.2022, 20:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.