• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    Dharmendra hind kinosining afsonaviy siymosi bo‘lib, nafaqat Bollivud, balki SSSRdagi tomoshabinlarning ham sevimli yulduziga aylangan. O‘zining xarizmasi, aktyorlik mahorati va tashqi ko‘rinishi bilan mashhur bo‘lgan bu aktyor Hindiston va Sovet ittifoqi o‘rtasidagi madaniy aloqalarda muhim o‘rin egalladi. U Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, filmlari juda mashhur bo‘lgan SSSRda haqiqiy yulduzga aylandi. Aktyor siymosi sovet tomoshabinlari uchun romantika, qahramonlik va halollik timsoli edi. 

    Tarjimayi holi va karyerasining boshlanishi

    Dharmendra (asl ismi — Dharma Singh Deol) 1935-yil 8-dekabrda Panjob shtatining Sahneval qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq kinoga qiziqqan, ayniqsa, o‘sha davrlarda hind kinosining haqiqiy yulduzlari bo‘lgan Dilip Kumar va Ashok Kumar kabi aktyor bo‘lishni orzu qiladi. Aktyor bo‘lish orzusi bilan yongan Dharmendra imkoniyatlar izlab Mumbayga keladi.

    Aktyorlik faoliyatidagi dastlabki muvaffaqiyati yosh iste’dodlarni izlash uchun tanlovlar o‘tkazuvchi Filmfare jurnalining tanlovida qatnashganda yuz beradi. Bu voqea Dharmendraga kino sanoatiga kirib borish imkonini yaratadi. Uning ilk debyuti “Hayot ham, yurak ham sen uchun” (1960) filmida bo‘ladi, biroq haqiqiy muvaffaqiyat va e’tirof keyinroq keladi.

    Karyerasining boshida Dharmendra asosan romantik filmlarda suratga tushgan bo‘lsa-da, keyingi o‘n yilliklar davomida u turli xil rollarni ijro etib, hind kinosining eng serqirra yulduzlaridan biriga aylanadi. Iste’dodi unga ham romantik, ham jangovar qahramonlarni o‘ynash imkonini beradi, bu esa uni rejissyor va prodyuserlarning sevimlisiga aylantiradi.

    Mashhurlikka erishish

    1960-yillarning oxiridan 1970-yillarning o‘rtalarigacha Dharmendra Bollivudning yetakchi siymolaridan biriga aylanadi. Aynan shu davrda u o‘zining mardona ko‘rinishi va jangovar filmlardagi rollari tufayli “Bollivudning He-Mani” laqabini oladi. Uning o‘sha davrdagi eng esda qolarli filmlaridan biri “Gul va tosh” (1966) bo‘lib, u Dharmendraga katta shuhrat va tanqidchilar e’tirofini keltiradi. Filmda Dharmendra og‘ir taqdirli qahramonni ijro etdi, bu tomoshabinlarni alohida ta’sirlantirdi va uning yulduzlik maqomini mustahkamladi.

    Aktyorni “Qasos va qonun” (1975) filmi mashhur qiladi, bu barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli hind filmlaridan biridir. Unda Dharmendra shafqatsiz qaroqchi Gabbar Singhga qarshi kurashayotgan ikki do‘stdan biri — Viru rolini ijro etadi. “Qasos va qonun” nafaqat tijoriy muvaffaqiyatga erishadi, balki hind kinematografiyasi tarixining muhim qismiga aylanadi va Hindiston hamda undan tashqaridagi ommaviy madaniyatda o‘chmas iz qoldiradi. Dharmendra ushbu filmda o‘zining aktyorlik qobiliyatini namoyon etib, iste’dodining ham komediya, ham dramatik jihatlarini ko‘rsatadi.

    Bundan tashqari, Dharmendra Ramesh Sippi va Yash Chopra kabi taniqli rejissyorlar bilan tez-tez hamkorlik qilgan. U keyinchalik rafiqasi bo‘lgan Hema Malini kabi o‘z davrining eng mashhur aktrisalari bilan rol o‘ynagan.

    Dharmendra rol o‘ynagan ko‘plab filmlar orasida ularning aksariyati Sovet ittifoqida haqiqiy xitga aylanadi. Sovet tomoshabinlari 1950-1960-yillarda SSSR va Hindiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar tufayli hind kinosini sevib qolishadi. G‘arb ta’siriga ega filmlar fonida hind kartinalari o‘zining ta’sirchanligi, yorqin bo‘yoqlari, mehribonligi va ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi abadiy kurash mavzulari bilan o‘ziga jalb qiladi. Dharmendra bu kontekstga juda mos tushadi — uning obrazlaridagi mardligi, samimiyligi va mehribonligi sovet tomoshabinlariga yoqadi.

    SSSR va Hindiston o‘rtasidagi madaniy ko‘prik

    Hindiston va SSSR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 1950-yillarda madaniy hamkorlik bu do‘stlikning muhim qismiga aylanadi. Hind filmlari, musiqasi va raqslari sovet madaniyatiga singib, haqiqiy hodisaga aylana boshlaydi.

    Sovuq urush va G‘arb bilan cheklangan aloqalar fonida Hindiston boy madaniyatga ega bo‘lgan do‘stona mamlakat sifatida namoyon bo‘ladi. Dharmendra ishtirokidagi filmlar tomoshabinlarga nafaqat qiziqarli hikoyalar, balki hind an’analari, qadriyatlari va turmush tarzi bilan tanishishni taklif qilib, ushbu madaniy yaqinlikni o‘zida mujassam etgan.

    Ko‘plab sovet tomoshabinlari 1970-80-yillarda Dharmendra va boshqa hind yulduzlari ishtirokidagi filmlar namoyishi uchun kinoteatrlar to‘la zallarni to‘plaganini sog‘inch bilan eslaydi. Aktyor o‘zining xarizmasi va iste’dodi bilan millionlab tomoshabinlar uchun ruhiy kuch, halollik va jasorat timsoliga aylanadi.

    Shaxsiy hayoti va oilaviy sulolasi

    Dharmendraning shaxsiy hayoti har doim jamoatchilik va matbuotning diqqat markazida bo‘lgan. 1979-yilda u o‘zining ko‘plab filmlardagi sherigi Hema Maliniga uylanadi, aktrisa ham Hindistonda, ham SSSRda mashhur shaxsga aylanadi. Ularning ekran va undan tashqaridagi munosabatlari ideal kino juftligi ramzi bo‘lib, bu esa ikkala aktyorning mashhurligini oshiradi.

    Dharmendra va Hemaning ikkita qizi bor — Esha Deol va Ahana Deol, ular ham ota-onasining izidan borib, aktrisa bo‘lishadi. Bundan tashqari, Dharmendraning birinchi nikohidan Sonni va Bobbi Deol ismli o‘g‘illari bor, ular ham oilaviy sulolani davom ettirib, Bollivudda taniqli aktyorlarga aylanishgan.

    Dharmendra har doim hamkasblari bilan iliq munosabatlarni saqlab qolgan va aktyorlarning yangi avlodini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan. Uning o‘g‘illari kino sanoati rivojiga hissa qo‘shib, karyerasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda, ammo Dharmendra nomi hali ham Bollivudning oltin asrining sinonimi bo‘lib qolmoqda.

    Jahon kinosi va merosiga ta’siri

    Ellik yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida Dharmendra 300 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Uning hind kinosiga qo‘shgan hissasini baholab bo‘lmaydi, u Bollivudning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va bir necha avlod aktyorlarini ilhomlantirdi.

    Uning rollari bugungi kunda ham dolzarb va mashhur bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, Dharmendra hind kinosining mamlakatdan tashqarida ommalashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 

    Dharmendra shunchaki aktyor emas, balki milliy chegaralarni oshib o‘tib, nafaqat Hindistonda, balki Sovet ittifoqida ham tomoshabinlarning sevimlisiga aylangan madaniy fenomen, davr ramzidir. Xarizmasi, ko‘p qirraliligi va iste’dodi uni Bollivudning haqiqiy afsonasiga va butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar kumiriga aylantirdi.

    11.12.2024, 16:50   Izoh (0)   90893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#Dharmendra#“Zita va Gita”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Afsonaviy hind aktyorlari avval va hozir

    14.05.2020, 11:26

    Ekrandan hayotga ko‘chgan sevgi uchburchagi: “Zita va Gita” filmi qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?

    17.05.2020, 18:31

    Hema Malini, Shridevi, Dharmendra: Hind kinosi afsonalarining taqdiri qanday kechgan?

    11.04.2021, 11:53

    Bollivudning yoshi nechada ekanini taxmin qilish mushkul bo‘lgan latofatli aktrisalari (foto)

    25.07.2021, 09:53

    Amitabh Bachchan, Rekha va Dharmendra: Bollivud yulduzlarining murakkab hayoti haqidagi ko‘pchilikka noma’lum faktlar (foto)

    06.09.2021, 17:45

    Suratga olish maydonchasida rejissor haydab yuborgan aktrisa Bollivudni zabt etdi: aktrisa Hema Malini haqida qiziqarli ma’lumotlar (foto)

    08.09.2021, 12:44

    Bollivudning yuzdan ortiq filmlarda suratga tushgan aktyorlari (foto)

    30.10.2021, 16:55

    Foto: Hind kinosining eng mashhur juftliklari yillar davomida qanchalik o‘zgardi?

    06.05.2022, 18:44

    Raj Kapur, Rajesh Xanna va boshqa Bollivud afsonaviy aktyorlari birinchi filmlarida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    16.06.2022, 14:41

    Kinodagi karyerasini bolaligidanoq boshlagan Bollivud yulduzlari (foto)

    28.06.2022, 21:46

    Hind kinosi afsonasi Amitabh Bachchan ikki va undan ko‘p obrazlarni gavdalantirgan filmlar (foto)

    14.07.2022, 15:27

    Muvaffaqiyat siri: Hind kino sanoatiga uyatchan aktyor sifatida kirib kelgan Dharmendra qanday qilib millionlab muxlislar qalbini zabt etdi? (foto)

    05.10.2022, 19:26

    “Zita va Gita” filmi 50 yoshda: nima uchun Hema Malini sakkiz yil davomida sevgan insoniga turmushga chiqa olmagan?

    06.01.2023, 16:36

    Esha Deol: Hind kinosi yulduzlari Dharmendra hamda Hema Malinining qizi nima uchun ularning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi?

    26.01.2023, 14:52

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    26.09.2023, 09:40

    Amitabh Bachchan 81 yoshda: Bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan yoza oladigan va bedavo kasallikdan aziyat chekadigan aktyor haqida (foto)

    11.10.2023, 13:06

    Uni qachonlardir syomka maydonchasidan haydab yuborishgan: Hema Malini qanday qilib hind kinosini zabt etgan?

    17.10.2023, 11:05

    Bollivuddagi taniqli oilalarga kuyov bo‘lgan hind aktyorlari (foto)

    06.01.2024, 13:35

    Instagram: Abdulla Qurbonov oilasida to‘y, Zohid Risqiyev qizini tug‘uruqxonadan olib chiqdi, Saida Saidbekova operatsiyani boshdan kechirdi 

    22.08.2024, 10:45

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Instagram: Buenos-Ayresdan kvartira izlayotgan Munisa Rizayeva, yangi uyli bo‘lgan bloger, “Qizim” seriali aktrisasiga uyushtirilgan syurpriz

    08.10.2024, 10:46

    Instagram: Feruza Karimova Sherzod Ergashevni plagiatda aybladi, Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Shohruxxon qiyofadoshi bilan uchrashdi 

    16.10.2024, 11:51

    Instagram: Mirjalol Ne’matov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Dilnoza Habibullayevaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Normatova Shahzod Sultonovga turmushga c...

    20.10.2024, 20:30

    Hind filmlarida ona obrazini gavdalantiruvchi aktrisalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2024, 23:10

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Qaynonasi bilan til topisha olmagan, ortiqcha vazni sabab tanqidlarga uchragan hind kinosi yulduzi Ayshvariya Ray 51 yoshda (foto)

    04.11.2024, 15:35

    Instagram: Dubayga kelin bo‘layotgan Sitora Farmonova, ilk bor ona bo‘lgan Xonzoda Do‘stova, qiz bazmi o‘tkazgan Dilnoza Habibullayeva

    03.11.2024, 13:28

    Afg‘on qizi Zinat Aman qanday qilib Bollivud kinosanoatida ozod ayol ramziga aylandi?

    07.11.2024, 12:15

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Bollivudga boshqacha nazar: hind kinolari haqida tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy filmlar (treyler)

    29.11.2024, 13:27

    Astronavt bo‘lishni orzu qilgan, afg‘on qizga uylangan, bir kechada mashhur bo‘lgan Ritik Roshanning muvaffaqiyati ortidan kelgan qayg‘uli taqdiri haqida

    02.12.2024, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainada urush natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni so‘nggi 3 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi — BMT

    Dunyo | 14 avgust, 22:10

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.