• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chobahor porti: Hindistonning Markaziy Osiyoga kirish eshigiga nazar

    Markaziy Osiyodagi strategik va iqtisodiy o‘rnini mustahkamlash uchun muhim qadam sifatida Hindiston Eron bilan Chobahor portidan foydalanish bo‘yicha 10 yillik shartnoma imzoladi. Indian Ports Global Ltd. (IPGL) va Eronning Port va dengiz tashkiloti (PMO) o‘rtasida imzolangan ushbu uzoq muddatli shartnoma Hindistonga Chobahor port infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan Shahid Beheshti terminali ustidan operativ nazoratni taqdim etadi.

    Foto: Sputnik

    Bu kelishuv ikki tomonlama savdoni kengaytirishdan ko‘prog‘ini anglatadi, jumladan, Hindiston uchun Markaziy Osiyoning “yuragiga kirish” eshigi bo‘lib, mintaqadagi savdo dinamikasi va geosiyosiy munosabatlarni qayta belgilab beradi. Hatto Buyuk Ipak yo‘liga qadar miloddan avvalgi III asrda ham Hindistonning O‘rta Osiyo va Yevropa bilan aloqalari haqidagi dalillar mavjud.

    Hindistonning Yevropa bilan qadimiy savdo aloqalari haqida dunyodagi eng qadimgi sanskrit “Rigveda”da, savdo yo‘llar va Hindiston yarimorolining g‘arbidagi qadimgi Forsning bir qismi bo‘lgan mintaqalar bilan o‘zaro aloqalar ta’kidlab o‘tilgan. Qadimiy hind risolasi “Arthashastra”da g‘arb yurtlari bilan savdo haqida so‘z yuritiladi, u bilvosita Tis deb nomlanuvchi Chobahor mintaqasini o‘z ichiga oladi.

    Nima sababdan Chobahor porti Hindiston uchun katta ahamiyatga ega?

    Eron janubi-sharqida, Xitoy nazoratidagi Gvadar porti yaqinida joylashgan Chobahor porti strategik va logistik afzalliklari bilan ajralib turadi. U ikkita asosiy terminalni, Shahid Kalantari va Shahid Beheshtini o‘z ichiga oladi, ularning har biri beshta to‘xtash joyi bilan jihozlangan va muhim yuk tashish imkoniyatlarini sezilarli darajada osonlashtiradi.

    Eronning eng gavjum porti bo‘lgan Bandar Abbos va Chobahor porti Hind okeaniga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib, Hormuz bo‘g‘ozi yoqasidagi chuqur suv portidir. Bandar Abbos portining port operatorlari hozirda AQSH sanksiyalari ostida. Bu geografik afzallik nisbatan katta yuk kemalarini osonlik bilan qabul qilish, tezkor va xavfsiz joylashtirish imkonini beradi, ayni vaqtda uni Hindistonga eng yaqin bo‘lgan Eron portiga aylantiradi. Masalan, Chobahor Gujaratning Kandla portidan atigi 550 dengiz milya va Mumbaydan 786 dengiz milya uzoqlikda joylashgan.

    Strategik jihatdan Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bilan bog‘langan joyda joylashgan Chobahor porti Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo uchun ideal tranzit markazi bo‘lib xizmat qiladi.

    Ushbu port Hindistonga mintaqaviy savdo va logistika sohasida, ayniqsa, Pokiston yo‘nalishi orqali ko‘p uchraydigan tirbandliklarni chetlab o‘tishda muhim strategik ustunlikni taqdim qiladi.

    Strategik ahamiyat, muqobil savdo yo‘li

    Hindistonning Afg‘oniston va Markaziy Osiyoga olib boradigan anʼanaviy savdo yo‘llari ko‘p jihatdan turli yo‘llar orqali tranzitga bog‘liq edi. Biroq Chobahor porti Pokistonni chetlab o‘tuvchi boshqa bir muqobil yo‘l bo‘lib, shu bilan birga, Hindistonning boshqa mamlakatlarga qaramligini kamaytiradi. Bu mustaqillik uzluksiz savdo va geosiyosiy strategiyada hal qiluvchi ahamiyatga ega.

    Afg‘oniston va Markaziy Osiyoga chiqish imkoniyati

    Chobahor Hindistonga Pokistonni chetlab o‘tib, Afg‘oniston va Markaziy Osiyoga chiqish uchun muqobil savdo yo‘lini taklif qiladi. Bu ayniqsa Hindiston-Pokiston munosabatlari keskinlashgan davrda Hindistonning strategik manfaatlari uchun juda muhim.

    Port Hindiston, Eron, Rossiya va Yevropani bog‘lovchi multimodal tarmoq hisoblangan Xalqaro Shimol-Janub transport koridorining (INSTC) bir qismi bo‘lib, tranzit vaqtini va ushbu mintaqalar o‘rtasida tashiladigan yuk narxini kamaytiradi. Hindiston Chobahorni rivojlantirish orqali Eron va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan savdo aloqalarini mustahkamlovchi savdo markazi tashkil etishni maqsad qilgan. Port Markaziy Osiyoning boy tabiiy resurslariga, jumladan, neft, tabiiy gaz va foydali qazilmalarga kirishni qulaylashtiradi.

    Chobahor avvalo tijorat loyihasi sifatida tuzilgan bo‘lsa-da, strategik harbiy afzalliklarni ham o‘z ichiga oladi. Hindiston Hind okeanidagi dengiz floti ta’sirini kuchaytirish, dengiz faoliyatini kuzatish va dengiz aloqa yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu portdan foydalanishi mumkin.

    Iqtisodiy manfaatlar

    Chobahorning iqtisodiy samaradorligi yuqori. Chobahor to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo yo‘lini ochish orqali Hindistonning Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Rossiya va Yevropaning resurslarga boy bozorlariga kirish imkoniyatini kengaytiradi. Bu Hindistonga savdo hamkorlari va yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi, ayrim tranzit yo‘llariga suyanib qolish xavflarini kamaytiradi.

    Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, INSTC yo‘nalishi xarajatlarni 30 foizga va transport vaqtini 40 foizga tejash imkonini beradi, bu esa raqobatbardosh narxlarda yuk tashuvini ta’minlaydi. Ushbu afzallik, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham foydalidir. Bu davlatlar Chobahor orqali Hind okeaniga chiqish va bozor imkoniyatlarini Hindistonga tomon kengaytirishga katta qiziqish bildirmoqda.

    Hindistonning loyihaga qo‘l urishi 2015-yilning may oyida, Chobahor portini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv memorandumi imzolangan paytdan boshlandi. 2016-yilning may oyida Hindiston, Eron va Afg‘oniston “Chobahor bitimi” nomidagi Xalqaro transport va tranzit yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha uch tomonlama bitimni imzolagandi. Ushbu kelishuv Chobahorni asosiy tranzit nuqtasiga aylantirish, uch davlat o‘rtasida transport va savdo aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan.

    Yaqinda tuzilgan 10 yillik shartnoma Hindistonning uzoq muddatli strategik qarashlarini mustahkamlaydi. Hindistonning Shahid Beheshti terminali ustidan operativ nazorati portning savdo logistikasi va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Ushbu rivojlanish katta sarmoyalarni jalb qilish va mintaqaviy savdo hamkorliklarini rivojlantirish, Chobahorning muhim logistika markazi sifatidagi rolini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

    “Olis qo‘shnilar” — Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni mustahkamlash

    Hindistonga Chobahor portini operativ nazorat qilish muhim strategik va iqtisodiy manfaatlar egasi bo’lgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyatini kengaytiradi. Bu hamkorlik Xitoy va Pokiston kabi boshqa kuchlarning ta’siriga qarshi, Hindistonga muqobil ravishda mintaqaviy savdo tarmoqlarida asosiy rolni o‘ynash imkonini beradi. Chobahor porti Hindistonning Markaziy Osiyo bozorlari va resurslariga erishish bo‘yicha kengaytirilgan strategiyasida muhim o’ringa ega bo‘lib, ko‘p qirrali rivojlanish platformasi zaminidir.

    Mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish

    Chobahor portining ishga tushirilishi iqtisodiy o‘sish va o‘zaro bog‘liqlikni rag‘batlantirish orqali mintaqaviy barqarorlikka hissa qo‘shishi kutilmoqda. Savdo yo‘llari va iqtisodiy faoliyatni kengaytirish Afg‘oniston va boshqa qo‘shni mamlakatlarda ish o‘rinlari va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish orqali barqarorlikka erishishda yordam beradi. Ushbu barqaror iqtisodiy rivojlanish Hindiston mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan mushtarak maqsad sababchisidir.

    Chobahor porti kelishuvi Hindistonning Markaziy Osiyoga nisbatan strategik va iqtisodiy siyosatida muhim bosqich hisoblanadi. Uzoq muddatli operatsion kelishuvni ta’minlash orqali Hindiston nafaqat an’anaviy to‘siqlarni chetlab o‘tadigan muhim savdo yo‘lini o‘rnatdi, balki o‘zini mintaqaviy savdo dinamikasida asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatdi. Portning strategik joylashuvi va logistik afzalliklari uni Shimoliy-Janub xalqaro transport yo‘lagining asosiy nuqtasiga aylantirib, Hindiston va uning hamkorlari uchun katta iqtisodiy manfaatlar va’da qilmoqda.

    Hindiston Chobahor portini rivojlantirish va ishga tushirishda davom etar ekan, savdoni kengaytirish, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish istiqbollari tobora oshib bormoqda. Bu kelishuv yaqin kelajakda Hindiston uchun Markaziy Osiyoga yangi eshiklarni ochib, o‘zaro hamkorlik va umumiy farovonlikni ta’minlaydi.

    Chandan Kumar.

    PhD (falsafa fanlari doktori), Dehli universiteti Satyavati instituti tarix kafedrasi assistenti

    15.06.2024, 08:40   Izoh (0)   10254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Erondan Chobahor portiga kirishni osonlashtirishni so‘radi 

    09.11.2023, 21:50

    Tojikiston Eronning Chobahor portidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi

    24.11.2023, 20:35

    “Ayrim geosiyosiy kuchlarni ko‘ndirishimiz kerak”: Markaziy Osiyo mamlakatlari okeanga chiqish ostonasida

    13.03.2024, 14:31

    AQSH ISHIDga aloqador uch nafar o‘zbekistonlikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    14.06.2024, 23:05

    Global isish tufayli Sibirda “do‘zax eshiklari” kengaymoqda

    14.06.2024, 22:30

    “Rossiya imperiyaviy ambitsiyalari sababli urush olib bormoqda” — Jozep Borrel

    14.06.2024, 21:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriyada ISHID rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

    Dunyo | 26 iyul, 19:52

    Avstraliyalik 38 yoshli ayol “hayotidagi eng yaxshi qaror”ni qabul qilib, qariyalar uyiga ko‘chib o‘tdi

    Qo‘ziqorin | 26 iyul, 19:29

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.