“Barselona” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigo haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar a’zosi uni “qirollik klubi” safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb bilishi, lekin unga e’tibor kam bo‘layotganini aytdi:
Rodrigo — ajoyib futbolchi, o‘ziga xos fenomen. U ko‘rganlarim orasida eng yaxshilaridan biri. Afsuski, unga munosib baho berishmayapti. Menimcha, bu unga nisbatan adolatsizlik, deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal nashri.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya ham, Rodrigo ham Braziliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Ular La Ligadagi ikki azaliy raqib hisoblangan klublar sharafini himoya qilsa-da, real hayotda yaqin do‘st hisoblanishadi.
Ma’lumot uchun joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida barcha musobaqalar doirasidagi 50 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)