“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jamoada qolishi mumkin.

Avvalroq u mavsum yakunida jamoadan ketishi haqida aytgan edi. Biroq De Bryuyne klub rahbariyatiga agar ular hamda Xosep Gvardiolaning o‘zining kelajagi haqidagi fikrlarini o‘zgartirsa, shartnomani uzaytirishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, belgiyalik futbolchida hamon yuqori darajada o‘ynay olishini isbotlash istagi kuchli.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne va “Manchester Siti” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Yaqinda u mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. Shu bilan futbolchi erkin agentga aylanadi hamda uni istalgan jamoa tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.
Izoh (0)