“El-Klasiko” doirasida “Real” ustidan (3:2) qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Barselona” bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik o‘ziga xos natija qayd etib, “ko‘k-anorranglilar”ning sobiq ustozi Xosep Gvardiola erishgan natijani takrorladi. Bu haqda Opta Sport portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Flik “Barselona” tarixida “Real Madrid”ga qarshi dastlabki uchta “El-Klasiko”da ketma-ket g‘alaba qozongan ikkinchi murabbiyga aylandi. Bungacha faqat Gvardiola bunday natijaga erishgan edi — u kataloniyaliklar boshqaruvida dastlabki beshta “Real” bilan bellashuvda g‘alaba qozonishni uddalagan edi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Flik boshchiligidagi “Barselona” “Real”ni La Liga doirasida 4:0 hisobida mag‘lub etgan, shuningdek, Ispaniya Superkubogi finalida raqibdan 5:2 hisobida ustun kelgan edi.
Ma’lumot uchun, 26-aprel, shanba kuni Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” “Real”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.
Izoh (0)