“Real Madrid” yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan, ammo bu yo‘lda ortiqcha xarajat qilishni istamayapti.

Avvalroq “qaymoqranglilar” “Bornmut” himoyachisi Milosh Kerkesh va “Benfika” futbolchisi Alvaro Fernandeshga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq klub bu ikki chap qanot himoyachisiga belgilangan narxlardan norozi bo‘ldi. Shu bois ushbu transferdan voz kechadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli Kerkesh uchun 55 million yevrodan ko‘proq, 22 yoshli Fernandesh uchun esa 50 million yevro so‘ralmoqda. Jurnalist Mario Kortejananing xabar berishicha, “Real” bu variantlardan voz kechishi va e’tiborni “Jirona” futbolchisi Migel Gutyerresga qaratishi mumkin.
23 yoshli Gutyerres — “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Klub avvalroq uni “Jirona”ga sotib yuborgan, ammo o‘shanda “Real” rahbariyati shartnomaga futbolchini belgilangan narxda qaytarib olish huquqini kiritgan. Hozirda “qaymoqranglilar” bitimdagi shu bandni faollashtirib, Migelni ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda. Ayni paytda Gutyerresning transfer narxi atigi 8 million yevroni tashkil qilmoqda.
Izoh (0)