Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentiga rahbar tayinlanishi, Surxondaryoda ayol 3 yoshli qizni sababsiz pichoqlab o‘ldirishi, sirtqi taʼlimga qabul butunlay yopilishi – “Daryo” nashri 6-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Toshkent shahri va viloyatida qalbaki dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi (video)
Qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan dorilar Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi bir nechta dorixonalarga tarqatilgan.
Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentiga rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimni polkovnik Zufar Kurbanov egalladi.
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi
Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekistonda yerosti suvlariga quduqni noqonuniy burg‘ilash endi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi
Aybdorlar jarimaga tortiladi.
Navoiyda yoshlar yetakchilari vafot etgan YTHga tezlikni oshirish sabab bo‘lgan (video)
Nexia-3 yuk mashinasini quvib o‘tayotganda yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Surxondaryoda ayol 3 yoshli qizni sababsiz pichoqlab o‘ldirdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ruhiy nosog‘lom bo‘lgan.
Botir Qodirov ustidan Adliya vazirligiga shikoyat qilindi
U 4 ta sheʼrdan muallif ruxsatisiz foydalangan.
Rossiyada eri tashlab ketgan o‘zbekistonlik homilador ayol vatanga qaytarildi
U Yekaterinburgda turmush o‘rtog‘i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan.
Barchasi uzum ortidan: Buxoroda qishloqdoshini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi
Aybdor hech nima sodir bo‘lmagandek qotillikdan so‘ng to‘yda ham ishtirok etgan.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qatnovlar 8, 9, 10 va 11-may kunlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda unga bo‘lgan huquq bekor qilinadi
Yer kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.
Samarqandda ko‘chada “konsert” qo‘ygan erkak jazolandi (video)
U aybini izohlab, barchadan uzr so‘radi.
O‘zbekistonliklar 2025-yilning birinchi choragida eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohatga borgani ochiqlandi
Uch oyda jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Jizzaxda erkak 4 mln so‘m aliment pulini tangalarda to‘ladi
U sobiq turmush o‘rtog‘ining vaqti faqat tanga sanash bilan o‘tishini xohlagan.
Sirtqi taʼlimga qabul butunlay yopildi
Hozirda sirtqida o‘qiyotgan talabalar o‘qishni davom ettiradi.
Izoh (0)