Madridning “Real” klubi kiyinish xonasida bosh murabbiy almashinuvi yuzasidan faol muhokamalar ketmoqda. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” futbolchilari jamoa boshqaruviga Xabi Alonso kelishi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. U klubni tark etishi kutilayotgan Karlo Anchelotti o‘rnini egallashi mumkin.
“Real” ichkarisidagi manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis yaqinda jamoani tark etib, Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda.
Madrid klubi joriy mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasidan chorak final bosqichidayoq chiqib ketdi, shuningdek, Ispaniya Kubogi finalida ham mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda “Real” La Ligada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Ammo Anchelotti shogirdlari musobaqa turnir jadvalida peshqadam “Barselona”dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 7 ochkoga ortda qolmoqda.
Izoh (0)